Xadjaeva Umida Abduxamid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mashinasozlik sanoati ishchilarida kasbiy xavfni bashoratlash va mehnat sharoitini optimallashtirish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib3771.
Ilmiy rahbar: Iskandarov Aziz Bahromovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xashirbaeva Dinara Maxkambaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarish muhiti omillarini va ishlovchilar organizmininng funsional holatini fiziologik ko‘rsatkichlari dinamikasini kompleks baholash natijasida ishchilarida kasbiy xavfni bashoratlash va mehnat sharoitini optimallashtirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazish algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashinasozlik korxonasi ishchilarida mehnat sharotining modernizatsiyasiga qaramasdan kuni davomidagi ortiqcha yuklamalar natijasida funksional holatning pasayishi, asab, yurak-qon tomir tizimi, tayanch-harakat apparati hamda eshitish analizatori faoliyatining o‘zgarishi, jismoniy zo‘riqishlar, chuqur charchash bilan bog‘liq mehnat sharoitlarini nazorati bo‘yicha xavfga yo‘naltirilgan modelning asoslanganligi isbotlangan;
mashinasozlik korxonalarida metall, quyma, mahsulot va detallarga sayqal beruvchilar ish joylarining mehnat sharoiti sinfi “zararli” deb baholangan 3-sinf 3-darajadan 3-sinf 2-darajaga, boshqa kasbiy guruhlarga mansub ishchilarning mehnat sharoitlari 3-sinf 1-darajagacha pasayishi mashinasozlik sanoati ishchilarining salomatlik holati o‘rtacha va o‘rtachadan yuqori kasbiy xavf darajasini ilk maratoba baholash tartibi asoslangan;
mashinasozlik sanoatida nafaqat mikroiqlim, namlik, bo‘yash sexidagi kislota va bo‘yoqlarning kuchli kimyoviy hidining allergenlik xususiyati, mehnat sharotining psixofiziologik portreti va tashkiliy jihatlarini baholash dinamikasini tahlilida profilaktik chora-tadbirlarini tadbiq qilish samaradorligini oshirish imkon beradigan kasbiy xavfni darajasini tizimli bashoratlash modeli ishlab chiqilgan;
mashinasozlik sanoati korxonalarida mehnat xavfsizligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan texnik va texnologik chora-tadbirlarni ishlab chiqish orqali mehnat sharoitlarini optimallashtirish, zararli omillarning kasbiy xavfini kamaytirish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazish algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mashinasozlik sanoati ishlovchilari uchun kasbiy xavflarni prognozlash va mehnat sharoitlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: mashinasozlik korxonasi ishchilarida mehnat sharotining modernizatsiyasiga qaramasdan kuni davomidagi ortiqcha yuklamalar natijasida funksional holatning pasayishi, asab, yurak-qon tomir tizimi, tayanch-harakat apparati hamda eshitish analizatori faoliyatining o‘zgarishi, jismoniy zo‘riqishlar, chuqur charchash bilan bog‘liq mehnat sharoitlarini nazorati bo‘yicha xavfga yo‘naltirilgan modelning asoslanganligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/297-t-son bilan tasdiqlangan «Mashinasozlik sanoati korxonalarida sog‘lomlashtirish chora tadbirlarini optimallashtirish yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazqur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 21.05.2024 yildagi 31-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 20.05.2024 yildagi 87-P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/72-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan profilaktik chora-tadbirlar sog‘lom turmush tarzini asosiy tamoillarini tadbiq qilishga, mehnat faoliyatini sifatini yaxshilashga, ishlovchilarni o‘z ish joylari bilan qoniqishi, mehnat sharoitlari bilan bog‘liq nogironlikning oldini olishni va uzoq umr ko‘rishni ta’minlash imkonini berishga yo‘naltiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotilganlik bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik varaqalari uchun 5.783.768.772 so‘m mablag‘lar mashinasozlik korxonalarida ishlovchilarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: mashinasozlik korxonalarida metall, quyma, mahsulot va detallarga sayqal beruvchilar ish joylarining mehnat sharoiti sinfi “zararli” deb baholangan 3-sinf 3-darajadan 3-sinf 2-darajaga, boshqa kasbiy guruhlarga mansub ishchilarning mehnat sharoitlari 3-sinf 1-darajagacha pasayishi mashinasozlik sanoati ishchilarining salomatlik holati o‘rtacha va o‘rtachadan yuqori kasbiy xavf darajasini ilk maratoba baholash tartibi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/297-t-son bilan tasdiqlangan «Mashinasozlik sanoati korxonalarida sog‘lomlashtirish chora tadbirlarini optimallashtirish yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazqur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 21.05.2024 yildagi 31-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 20.05.2024 yildagi 87-P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/72-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan profilaktik chora-tadbirlar sog‘lom turmush tarzini asosiy tamoillarini tadbiq qilishga, mehnat faoliyatini sifatini yaxshilashga, ishlovchilarni o‘z ish joylari bilan qoniqishi, mehnat sharoitlari bilan bog‘liq nogironlikning oldini olishni va uzoq umr ko‘rishni ta’minlash imkonini berishga yo‘naltiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotilganlik bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik varaqalari uchun 5.783.768.772 so‘m mablag‘lar mashinasozlik korxonalarida ishlovchilarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: mashinasozlik sanoatida nafaqat mikroiqlim, namlik, bo‘yash sexidagi kislota va bo‘yoqlarning kuchli kimyoviy hidining allergenlik xususiyati, mehnat sharotining psixofiziologik portreti va tashkiliy jihatlarini baholash dinamikasini tahlilida profilaktik chora-tadbirlarini tadbiq qilish samaradorligini oshirish imkon beradigan kasbiy xavfni darajasini tizimli bashoratlash modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/297-t-son bilan tasdiqlangan «Mashinasozlik sanoati korxonalarida sog‘lomlashtirish chora tadbirlarini optimallashtirish yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazqur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 21.05.2024 yildagi 31-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 20.05.2024 yildagi 87-P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/72-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan profilaktik chora-tadbirlar sog‘lom turmush tarzini asosiy tamoillarini tadbiq qilishga, mehnat faoliyatini sifatini yaxshilashga, ishlovchilarni o‘z ish joylari bilan qoniqishi, mehnat sharoitlari bilan bog‘liq nogironlikning oldini olishni va uzoq umr ko‘rishni ta’minlash imkonini berishga yo‘naltiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotilganlik bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik varaqalari uchun 5.783.768.772 so‘m mablag‘lar mashinasozlik korxonalarida ishlovchilarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mashinasozlik sanoati korxonalarida mehnat xavfsizligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan texnik va texnologik chora-tadbirlarni ishlab chiqish orqali mehnat sharoitlarini optimallashtirish, zararli omillarning kasbiy xavfini kamaytirish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazish algoritmi takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/297-t-son bilan tasdiqlangan «Mashinasozlik sanoati korxonalarida sog‘lomlashtirish chora tadbirlarini optimallashtirish yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazqur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 21.05.2024 yildagi 31-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 20.05.2024 yildagi 87-P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/72-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan profilaktik chora-tadbirlar sog‘lom turmush tarzini asosiy tamoillarini tadbiq qilishga, mehnat faoliyatini sifatini yaxshilashga, ishlovchilarni o‘z ish joylari bilan qoniqishi, mehnat sharoitlari bilan bog‘liq nogironlikning oldini olishni va uzoq umr ko‘rishni ta’minlash imkonini berishga yo‘naltiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotilganlik bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik varaqalari uchun 5.783.768.772 so‘m mablag‘lar mashinasozlik korxonalarida ishlovchilarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish natijasida iqtisod qilinadi.