Eshonqulov Sardor Sindarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Helicobacter Pylori bilan assotsirlangan surunkali yurak etishmovchiligi temir tanqisligi kamqonligi bilan kechganda tashxislash va kompleks davolashni muvofiqlashtirish” 14.00.05 - “Ichki kasalliklar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3. PhD/ Tib3021.
Ilmiy rahbar: Turakulov Rustam Ismatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mullabaeva Guzal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Helicobacter Pylori bilan assotsirlangan surunkali yurak etishmovchiligi temir tanqisligi kamqonligi bilan kechganda tashxislash va kompleks davolashni muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechgan Helicobacter Pylori bilan assotsirlangan bemorlarda bakteriya aniqlanmaganlarga nisbatan qon zardobidagi temir, ferritin, transferrin ishonchli kamayganligi va gepsidin ko‘rsatkichlarining yuqori ishonchli oshganligi kuzatilishi aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi Helicobacter Pylori bilan assotsirlangan va kamqonlik rivojlangan bemorlarda qon zardobidagi yallig‘lanish oldi sitokinlari bilan, xususan interleykin-6 bilan ishonchli va α-o‘sma nekrozi omili bilan yuqori ishonchli bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechgan Helicobacter Pylori bilan assotsirlangan bemorlarda bakteriya aniqlanmaganlarga nisbatan trigliseridlar miqdori (mos ravishda 66.4% va 37.8%) ishonchli, past va juda past zichlikdagi lipoproteidlar miqdori (77.1% va 26.7%) yuqori ishonchli balandligi aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi Helicobacter Pylori bilan assotsirlangan va kamqonlik rivojlangan bemorlarda antianemik muolajalar qo‘shib o‘tkazilgan kompleks davo negizida eradikatsion terapiya samaradorligini temir tanqisligiga barqarorlashtiruvchi ta’siri solishtirma baxolangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Surunkali yurak etishmovchiligi Helicobacter Pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonligini tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechgan Helicobacter Pylori bilan assotsirlangan bemorlarda bakteriya aniqlanmaganlarga nisbatan qon zardobidagi temir, ferritin, transferrin ishonchli kamayganligi va gepsidin ko‘rsatkichlarining yuqori ishonchli oshganligi kuzatilishi aniqlanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya markazi 24.01.2024 yildagi 72-U-sonli hamda Milliy tibbiyot markaz 01.12.2023 yildagi 01-3/5-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 12/58-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kamqonlikni erta aniqlash va klinik holatni baholash orqali bemorlarni davolashda shaxsiy yondashuv ishlab chiqish imkoniyatini berdi. Ushbu yondashuv, har bir bemorning individual holatiga qarab davolash usullarini tanlashni ta’minlaydi va natijada bemorlarning tez umumiy ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bu ko‘rsatkichlarning aniqlanishi kasallikning og‘ir shakllaridan himoya qilish imkonini yaratadi, bu esa bemorlarni sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va nogironlikni kamaytiradi.  imkonini beradi. Xulosa: Kasallikni rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga vaqtida aralashish orqali bemorlarning umumiy holatini yaxshilashga yordam berib, nafaqat bemorlarning davolash jarayonini tezlashtirish, balki davolash jarayonini optimallashtirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini yaratadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi Helicobacter Pylori bilan assotsirlangan va kamqonlik rivojlangan bemorlarda qon zardobidagi yallig‘lanish oldi sitokinlari bilan, xususan interleykin-6 bilan ishonchli va α-o‘sma nekrozi omili bilan yuqori ishonchli bog‘liqlik mavjudligi aniqlanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya markazi 24.01.2024 yildagi 72-U-sonli hamda Milliy tibbiyot markaz 01.12.2023 yildagi 01-3/5-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 12/58-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Bemorlarda yallig‘lanish sitokinlari (interleykin-6 va α-o‘sma nekroz omili) darajalarining ishonchli oshishi o‘z navbatida gepsidin darajasining oshishiga va ferritin hamda transferin saturatsiyasi ko‘rsatkichlarining kamayishiga olib kelishi kasallikning og‘ir kechishini, temir almashinuvi va yallig‘lanish jarayonlarining faollashishini anglatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning klinik holatini inobatga olgan holda, Helicobacter Pylori infeksiyasini erta aniqlash va temir tanqisligi kamqonligini tashxislashda nafaqat bemorlarni tezda tashxislashga imkon beradi, balki ularning davolashda individual yondashuvni qo‘llashni ham ta’minlaydi, bu o‘z navbatida kasalxonada yotishlar sonini qisqartiradi. Xulosa: Tashxisni aniq qo‘yish orqali davolash jarayonini muvofiqlashtirish va asoratlarning oldini olish mumkin, shuningdek, ularni kasallikning og‘ir shakllaridan himoya qilish imkonini yaratadi, bu esa bemorlarni sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va nogironlikni kamaytiradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechgan Helicobacter Pylori bilan assotsirlangan bemorlarda bakteriya aniqlanmaganlarga nisbatan trigliseridlar miqdori (mos ravishda 66.4% va 37.8%) ishonchli, past va juda past zichlikdagi lipoproteidlar miqdori (77.1% va 26.7%) yuqori ishonchli balandligi aniqlanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya markazi 24.01.2024 yildagi 72-U-sonli hamda Milliy tibbiyot markaz 01.12.2023 yildagi 01-3/5-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 12/58-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: lipid profilidagi o‘zgarishlar bilan surunkali yurak etishmovchiligi va kamqonlikning og‘irlashishini hamda aterosklerotik jarayonlarning faollashishini aniq ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Lipid profilining erta baholanishi, diagnostik tekshiruvlar va davolash jarayonlarini qisqartirishga olib keldi. Bu o‘z navbatida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini kamaytirishga va resurslarni tejashga imkoniyat yaratdi. Xulosa: surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda Helicobacter Pylori infeksiyasini inobatga olib lipidlar profilini baholash, aterosklerotik asoratlarni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini oshirishda muhim rol o‘ynadi. Lipid profilini baholash, kasallikning rivojlanishini erta aniqlashga, bemorlarning klinik holatini yaxshilashga va asoratlarning oldini olishga xizmat qildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi Helicobacter Pylori bilan assotsirlangan va kamqonlik rivojlangan bemorlarda antianemik muolajalar qo‘shib o‘tkazilgan kompleks davo negizida eradikatsion terapiya samaradorligini temir tanqisligiga barqarorlashtiruvchi ta’siri solishtirma baxolanganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya markazi 24.01.2024 yildagi 72-U-sonli hamda Milliy tibbiyot markaz 01.12.2023 yildagi 01-3/5-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 12/58-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda klinik holatni yaxshilash, qaytalanish xavfini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, davolash jarayonini yanada samarali qilishga yordam berdi. Bu yondashuv bemorlarning tez tiklanishiga, ularning sog‘lig‘ini tezda yaxshilashga imkoniyat yaratdi va kasallikning asoratlarini kamaytirdi. Shuningdek, davolashning optimallashtirilishi bemorlarning hayot sifatiga sezilarli darajada yaxshilanishga olib keldi, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: Kasallikni davolashda samarali usullarni qo‘llash, bemorlarni tezda tiklash va ularning kasalxonalarda qolish muddatini qisqartirish orqali umumiy xarajatlar sezilarli darajada kamaydi, shuningdek, qo‘shimcha tekshiruvlar va davolash xarajatlarining oldini olish imkonini bergan. Xulosa: surunkali yurak etishmovchiligi va temir tanqisligi kamqonligi bilan kechayotgan Helicobacter Pylori infeksiyasi mavjud bemorlarda ishlab chiqilgan individual davolash usullari davolash jarayonini optimallashtirib, bemorlarni yanada tezroq tiklash va kasallikning og‘irlashishini oldini olish imkonini bergan

Yangiliklarga obuna bo‘lish