Djuraeva Dilbar Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Immun trombotsitopeniyani rivojlanishining klinik va molekulyar-genetik xususiyatlari” 14.00.29 - Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.I.PhD/Tib4718.
Ilmiy rahbar: Matkarimova Dilfuza Saburovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori, Ibragimova Sapura Zaxidovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik, laborator va molekulyar-genetik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda immun trombotsitopeniya rivojlanishi va og‘irligining diagnostik yondashuvlari va prognostik mezonlarini takomillashtirishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
Surxondaryo viloyatida ITPni birlamchi aniqlanish darajasini jins va yoshga nisbatan solishtirma tahlili 100000 kattalar aholiga 1,43 holatni, ayol va erkaklar o‘rtasidagi nisbat 3,3:1ni  tashkil qilganligi aniqlangan;
ITPning rivojlanishi va og‘ir kechishida immun jarayoniga jalb qilingan bir nukleotidli polimorf  (IL17F -His161Arg va TGFβ -C509T) va trombotsitar reseptorlari ITGAβ3 (T1565C) genlarning ishonchli darajada ahamiyatliligi  isbotlangan;
immun jarayonning regulyator TGFβ1 (Arg25Pro), TLR9 (T1237C) va ITGβ3 (T1565S) genlarning og‘ir darajadagi trombotsitopeniyaning shakllanishida yuqori  havfi asoslangan; 
ITPning rivojlanishida TGFβ (S509T), TGFβ1 (Arg 25Pro), TLR9 (T1237C), IL17A (G-197A), ITGA2 (C807T) genlarning prognostik ahamiyatsiz ekanligi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Immun trombotsitopeniyani og‘ir kechishining shakllanishi va rivojlanishining klinik va molekulyar-genetik prognostik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Surxondaryo viloyatida ITPni birlamchi aniqlanish darajasini jins va yoshga nisbatan solishtirma tahlili 100000 kattalar aholiga 1,43 holatni, ayol va erkaklar o‘rtasidagi nisbat 3,3:1ni  tashkil qilganligi aniqlanganligi  Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 17.12.2024 yildagi 17-sonli va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.10.2024 yildagi 372-I-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024yil 29 yanvardagi 01/065 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur ilmiy yangilik kasallikning erta tashxisi va prognozi samaradorligini oshirishga, shuningdek, ITP xavfini bashorat qiluvchilarni og‘ir trombotsitopeniya shakllanishining mustaqil molekulyar genetik belgilarini aniqlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: ITP rivojlanishida molekulyar genetik komponentning rolini aniqlash va ularning asoratlarini oldini olish maqsadida, bemorlarning kasalxonada yotishi kunlarini qisqartirish va tavsiya etilgan davolash rejimi ushbu kasallikning oldini olishga imkon berdi. Xulosa: ITP ning erta genetik bashoratchilarini aniqlash orqali kasallikning erta tashxisi va prognozi samaradorligini oshirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ITPning rivojlanishi va og‘ir kechishida immun jarayoniga jalb qilingan bir nukleotidli polimorf  (IL17F -His161Arg va TGFβ -C509T) va trombotsitar reseptorlari ITGAβ3 (T1565C) genlarning ishonchli darajada ahamiyatliligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 17.12.2024 yildagi 17-sonli va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.10.2024 yildagi 372-I-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024yil 29 yanvardagi 01/065 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: molekulyar biologik tahlillar asosida bemorlarda IL17F (His161Arg, TGFb-C509T) va ITGAb (T1565C) genetik markerlarning lokuslari aniqlash orqali ITP klinik kechishining og‘irlashini oldini olish va bemorlarning nogironligining oldini olishga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: genetik belgilarni o‘rganish samaradorligining mantiqiy asoslari bemorlarning bir kunda kasalxonada qolishi va har bir bemorga kasalxonada o‘tkazish vaqtini qisqartirish orqali tejash va tavsiya etilgan diagnostik sxema iqtisod qilish imkoni berishga muayyan darajada xizmat qilgan. Xulosa: ITP bilan og‘rigan bemorlarda IL17F (His161Arg, TGFb-C509T) va ITGAb (T1565C) genetik belgilarning noxush allel va genotiplarining rolini asoslash orqali bemorlarga erta tashxis quyish va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. 
 uchinchi ilmiy yangilik: immun jarayonning regulyator TGFβ1 (Arg25Pro), TLR9 (T1237C) va ITGβ3 (T1565S) genlarning og‘ir darajadagi trombotsitopeniyaning shakllanishida yuqori havfi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 17.12.2024 yildagi 17-sonli va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.10.2024 yildagi 372-I-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024yil 29 yanvardagi 01/065 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: davolash samaradorligini oshirishga ITP rivojlanish xavfini 3,4 (χ2=7.0; R=0.01) va 2,3 (χ2=2.7; R=0.1) baravar oshiradigan zaiflashgan gen TGFb1 (Arg25Pro) hamda  (Pro va Arg/Pro) lokuslarining funksional faolligini oshirishni asoslash orqali erishiladi bu ularning kasallik patogenezidagi rolini ko‘rsatishda hizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: ITP ni oshirishda zaiflashgan TGFb1 (Arg25Pro) gen allel va genotipini (Pro va Arg/Pro) aniqlash davolash samaradorligini oshirish, ITP rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: ITP bilan og‘rigan bemorlarda TGFb1 (Arg25Pro) gen lokuslarini (Pro va Arg/Pro) ITP shakllanishiga qo‘shgan hissasini isbotlash orqali davolash samaradorligi va kasallikka erta tashhis quyish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ITPning rivojlanishida TGFβ (S509T), TGFβ1 (Arg 25Pro), TLR9 (T1237C), IL17A (G-197A), ITGA2 (C807T) genlarning prognostik ahamiyatsiz ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 17.12.2024 yildagi 17-sonli va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.10.2024 yildagi 372-I-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024yil 29 yanvardagi 01/065 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur ilmiy yangilik ITP bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish, uning shakllanishi xavfida genetik markerlarning rolini asoslash orqali amalga oshirishda xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: polimorf genlarning ITP paydo bo‘lish xavfi ortishiga ta’sirini isbotlash bilan yiliga kasalxonada yotishlar sonini kamaytirish va tavsiya etilgan diagnostik va prognostik genetik belgilar erta tashxislash imkoni berishga muayyan darajada xizmat qilgan. Xulosa: TGFb1 (Arg25Pro) polimorf genning ITP xavfini oshishiga qo‘shgan hissasini isbotlash zaiflashgan Pro allelni tashilishi ITP xavfini 2,6 barovar (χ2=3.0; R=0.1), zaiflashgan Pro allel va Arg/Pro genotip esa og‘ir trombotsitopeniya rivojlanish xavfini 4,1 (χ2=8,2; R=0.01) va 2,7 barovar (χ2=3.0; R=0.001) oshiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish