Tog‘aev Jo‘rabek Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eksperemental o‘pka pnevmosklerozida yo‘g‘on ichak morfometrik ko‘rsatkichlarining xususiyatlari” 14.00.02 - Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib23 75.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituta, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna. tibbiyot fanlari doktori; Ragimov Razin Mirzekerimovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Eksperimental o‘pka pnevmosklerozida yo‘g‘on ichak devorlarining morfologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eksperimental o‘pka pnevmosklerozida yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi chambar ichak to‘qimalarida ta’siri sababli unda yuz beradigan gistomorfologik o‘zgarishlar aniqlangan;
ilk bor o‘pka pnevmosklerozining turli bosqichlarida yo‘g‘on ichakning ko‘richak qismi limfoid tugunlarini morfometrik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi aniqlangan;
eksperimental o‘pka pnevmosklerozida oq zotsiz kalamush to‘g‘ri ichagining shilliq qavati va shilliq osti qavatida, ayniqsa kriptalar devorlarida va qadahsimon hujayralarida Ki-67 markerining yuqori ekspressiyasi kuzatilib, (86,6% 80,8% va 68,2%) bu eksperimental pnevmoskleroz jarayonida hujayralarning proliferativ faolligi oshganligi isbotlangan;
ilk bor o‘pka pnevmosklerozida yuzaga keladigan o‘zgarishlar va to‘g‘ri ichakning qavatlaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari CD45 markeri uchun tumor-infiltratsiya qiluvchi limfotsitlar darajasiga ko‘ra, to‘qimada asosan o‘rtacha immun javob ustunligini ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituta muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024 yil 12 sentabr 04/7904-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Buxoro davlat tibbiyot institutining 30.09.2024 yildagi № 24-m/051 -sonli xati Ekspert kengashiga takdim etilgan);
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental o‘pka pnevmosklerozida yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi chambar ichak to‘qimalarida ta’siri sababli unda yuz beradigan gistomorfologik o‘zgarishlar aniqlangan tadqiqot natijalari Xorazm viloyat patologik anatomiya ekspertiza byurosi (buyruq 8.08.2024 y №3 8/4-son) hamda Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi (buyruq 8.08.2024 y №33-son) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Olingan tadqiqot ma’lumotlarini amalga oshirish o‘pka pnevmosklerozida ko‘tariluvchi chambar ichak epiteliy hujayralari va muskul qavatning morfologik tuzilishini, ko‘rinishini o‘rganish natijasida o‘ziga xos patomorfologik belgilarini aniqlash imkonini beradi. Ma’lumotlariga asoslangan holda xastalikni erta tashxislash, davolash, hayot sifatini yaxshilash va asoratlarni kamaytirish usullarini ishlab chiqish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: O‘pka pnevmosklerozidan kelib chiqqan ko‘tariluvchi chambar ichak to‘qimasida morfologik o‘zgarishlar bilan xastalangan bemorlarning klinik-morfologik ma’lumotlari asosida bashoratlashga sarf xarajatlarga shifoxonaning budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tashxislash uchun 156200 so‘mga iqgisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pka pnevmosklerozining turli bosqichlarida yo‘g‘on ichakning ko‘richak qismi limfoid tugunlarini morfometrik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi aniqlangan tadqiqot natijalari Xorazm viloyat patologik anatomiya ekspertiza byurosi (buyruq 8.08.2024 y №38/4-son) hamda Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi (buyruq 8.08.2024 y №3 3-son) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ilk bor eksperimental o‘pka pnevmosklerozida yo‘g‘on ichakdagining ko‘richak qismi limfoid tugunlarning morfometrik o‘zgarishlari aniqlangan. Gistomorfologik jihatlari asosida bu patologiyaning kelib chiqishi, rivojlanishi va klinik- morfologik ahamiyatini baholanganligi kasallikni tashxislash hamda pulmonolog va gastroenterolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Eksperimental tadqiqot natijalari oq zotsiz kalamushlarda o‘pka pnevmoskleroz bilan ta’sirlanishida yo‘g‘on ichakdagining ko‘richak qismi morfometrik parametrlariga ta’siri aniqlandi. O‘pka pnevmosklerozi paytida yo‘g‘on ichakdagining ko‘richak qismi muskul qavati parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlandi, klinik-morfologik ma’lumotlari asosida bashoratlashga sarf xarajatlarga shifoxonaning budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tashxislash uchun 156200 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental o‘pka pnevmosklerozida oq zotsiz kalamush to‘g‘ri ichagining shilliq qavati va shilliq osti qavatida, ayniqsa kriptalar devorlarida va qadahsimon hujayralarida Ki-67 markerining yuqori ekspressiyasi kuzatilib, (86,6%, 80,8% va 68,2%) bu eksperimental pnevmoskleroz jarayonida hujayralarning proliferativ faolligi oshganligi isbotlangan tadqiqot natijalari Xorazm viloyat patologik anatomiya ekspertiza byurosi (buyruq 8.08.2024 y №38/4-son) hamda Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi (buyruq 8.08.2024 y №33-son) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Eksperimental o‘pka pnevmosklerozi turli bosqichlarida to‘g‘ri ichakning immunogistokimyoviy tahlilarda to‘g‘ri ichak to‘qimasida patologiyalarning kelib chiqishi, rivojlanishi va klinik-morfologik ahamiyatini baholanganligi kasallikni tashxislash hamda pulmonolog va gastroenterolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi:To‘g‘ri ichakning muskul qavat va epiteliy hujayralarining o‘zgarishi immunogistokimyoviy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlanganligi budjet mablag‘lari bir nafar bemor hisobiga 156200 so‘mga bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
turtinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pka pnevmosklerozida yuzaga keladigan o‘zgarishlar va to‘g‘ri ichakning qavatlaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari CD45 markeri uchun tumor-infiltratsiya qiluvchi limfotsitlar darajasiga ko‘ra, to‘qimada asosan o‘rtacha immun javob ustunligini ko‘rsatishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: To‘g‘ri ichakning muskul qavat va epiteliy hujayralarining immunogistokimyoviy tahlilarda yadro- sitoplazmatik nisbatlarining o‘zgarishi, ekspressiyalanish darajasi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlangan, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. To‘g‘ri ichakning muskul qavat va epiteliy hujayralarining yadro- sitoplazmatik nisbatlarining o‘zgarishi, ekspressiyalanish darajasi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlanganligi budjet mablag‘lari bir nafar bemor hisobiga 156200 so‘m bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Xulosa: O‘pka pnevmosklerozida yuzaga keladigan o‘zgarishlar va to‘g‘ri ichakning qavatlaridagi morfologik va immunogistokimyoviy ekspressiyalanish darajasi, o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablaglarini 156200 so‘mga va byudjetdan tashqari mablaglarni 58000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Eksperemental o‘pka pnevmosklerozida yo‘g‘on ichak morfometrik ko‘rsatkich-larining xususiyatlari” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituta rektori tomonidan 2024 yil 23-dekabrdagi 04/1303 5-son xat yuborilgan.