Hamroeva Farida Faxriddinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotida muallif shaxsi va narratologiya masalalari (Frensis Skott Fisjerald va O‘tkir Hoshimov asarlari qiyosiy tahlili misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3610
Ilmiy rahbar: Dilorom Salohiy Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Musurmanov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xallieva Gulnoza Iskandarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotida muallif shaxsi va narratologiya masalalarini Frensis Skott Fisjerald hamda O‘tkir Hoshimov asarlari misolida qiyosiy-narratologik tahlil qilish hamda ushbu adiblarning hikoyalarida narrativ usullar va muallif pozisiyasining badiiy-funksional xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek adabiyotida narratologik bayon usullarining umumiy va xususiy jihatlari aniqlanib, S. Fisjerald novellalarida narratorning ishtirokchilik effekti ustuvorligi, O‘. Hoshimov hikoyalarida esa an’anaviy xalqona hikoyachilik shaklining yetakchiligi isbotlangan;
“The ice palace” va “Ikki eshik orasi” asarlarida mualliflar tomonidan yaratilgan qo‘shimcha narrativ strukturalarning xronotob nuqtai nazaridan janubiy va shimoliy mentalitet bilan bog‘liqligi, G‘arb va Sharq adabiyoti qiyosiy poetikasiga yangi yondashuvlar modelini namoyon etishi asoslangan;
S. Fisjerald va O‘. Hoshimov novellalarida asar strukturasidagi o‘zgarishlar va kompozision yondashuvlar, narrativ transpozisiya fenomenining janriy xususiyatlarga ta’siri, kognitiv-narratologik hodisaning lingvokognitiv hamda semiotik jihatlari, funksional ahamiyati ochib berilgan;
“The diamond as big as the Ritz” va “Ikki afsona” asarlarida fantastik va real hikoya makonlarining o‘zaro aloqadorligi, G‘arb va Sharq adabiyotida xayoliy makonning mifalogik motivlar bilan bog‘liqligi, ertak, afsona, rivoyatlarda ko‘proq uchrashi, yosh bola obrazida shakllanishi hamda uning badiiy-funksional modeli yaratilgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotida muallif shaxsi va narratologiya masalalarini aniqlash bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek adabiyotida narratologik bayon usullarining umumiy va xususiy jihatlari aniqlanib, S. Fisjerald novellalarida narratorning ishtirokchilik effekti ustuvorligi, O‘. Hoshimov hikoyalarida esa an’anaviy xalqona hikoyachilik shaklining yetakchiligiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” nomli grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 12-sentyabrdagi 2170/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, narratologiya va kompyuter lingvistikasi yo‘nalishida o‘quv materiallarini modernizatsiya qilish, badiiy matn tahlilining nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkoniyati yaratilgan.
“The ice palace” va “Ikki eshik orasi” asarlarida mualliflar tomonidan yaratilgan qo‘shimcha narrativ strukturalarning xronotob nuqtai nazaridan janubiy va shimoliy mentalitet bilan bog‘liqligi, G‘arb va Sharq adabiyoti qiyosiy poetikasiga yangi yondashuvlar modelini namoyon etishi kabi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan  I-204-4-5-son “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 12-sentyabrdagi 2171/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, qiyosiy adabiyotshunoslik, narratologiya va lingvistik texnologiyalar kesishmasida innovatsion yondashuvlarni shakllantirishga hissa qo‘shgan bo‘lib, oliy ta’lim tizimida virtual ta’lim resurslarini yaratishda nazariy va amaliy asos sifatida xizmat qilgan.
S. Fisjerald va O‘. Hoshimov novellalarida asar strukturasidagi o‘zgarishlar va kompozision yondashuvlar, narrativ transpozisiya fenomenining janriy xususiyatlarga ta’siri, kognitiv-narratologik hodisaning lingvokognitiv hamda semiotik jihatlari, funksional ahamiyatiga oid tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar  loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 12-oktyabrdagi 936/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, Adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik bo‘yicha innovatsion o‘quv dasturlariga integratsiya qilinib, talabalar uchun yangi dars materiallari hamda uslubiy qo‘llanmalar yaratishga asos bo‘lgan.
“The diamond as big as the Ritz” va “Ikki afsona” asarlarida fantastik va real hikoya makonlarining o‘zaro aloqadorligi, G‘arb va Sharq adabiyotida xayoliy makonning mifalogik motivlar bilan bog‘liqligi, ertak, afsona, rivoyatlarda ko‘proq uchrashi, yosh bola obrazida shakllanishi hamda uning badiiy-funksional modeli yaratilganiga oid natijalardan  Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 17-yanvardagi 01-07/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, televidenieda badiiy matnning narrativ xususiyatlarini sahnaviy yondashuv asosida tahlil qilish, hikoyachilik texnikalarini ommaviy auditoriyaga moslashtirish hamda adabiy-estetik tahlilni ommabop formatda taqdim etish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, ushbu tavsiyalar asosida milliy va xorijiy adabiyot an’analarini qiyosiy tahlil qilishga doir ko‘rsatuv mazmuni boyitilib, adabiy jarayonlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiluvchi uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish