Kadirov Marat Jalgasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jarroxlikda yangi maxalliy gemostatik “Xemoben” implantatining parenximatoz organlarda samaradorligini klinik va eksperimental baholash», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3902.
Ilmiy rahbar: Xodjiev Doniyar Shomuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shonazarov Iskandar Shonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Belarus davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Qorin bo‘shlig‘ining parenximali a’zolari jarohatlanganda yangi mahalliy gemostatik implant "HEMOBEN" samaradorligini o‘rganish, gemostatik tizimning normal yoki buzilgan sharoitlarida gemostazni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar va usullarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
HEMOBEN gemostatik implanti organlarning nam yuzasiga, shuningdek, biologik to‘qimalarga yuqori yopishqoqlikka ega va kollagen gubkalardan sezilarli darajada oshganligi aniqlangan; 
HEMOBEN implanti tarkibida Sa2+  ionlarining mavjudligi va barcha mahalliy qonning ta’siri tufayli gemostatik faollikni yo‘kotmasligi isbotlangan;
HEMOBEN implantning jigar va taloq parenximasining shikastlangan sohasi bilan o‘zaro ta’sirining morfologik xususiyatlari aniqlangan bo‘lib, nisbatan past immunitetli javob, yuqori rezorbsiya, qon bilan aloqa qilishda yopishqoq va gigroskopik xususiyatlar, barqaror gemostatik ta’siri ta’minlangan;
taloqning shikastlanishini simulyasiya qilish uchun eksperimental usul ishlab chiqilgan bo‘lib, u aralash turdagi faol qon ketishiga imkon yaratib, bu esa o‘z navbatida gemostatik choralarsiz qaytalanishga va o‘limga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Jarroxlikda yangi maxalliy gemostatik “Xemoben” implantatining parenximatoz organlarda samaradorligini klinik va eksperimental baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.07.2024 y. 03/22-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: HEMOBEN gemostatik implanti organlarning nam yuzasiga, shuningdek, biologik to‘qimalarga yuqori yopishqoqlikka ega va kollagen gubkalardan sezilarli darajada oshganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 20.10.2023 y. 34-son buyrug‘i va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.12.2023 y. 167-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yangi mahalliy gemostatik implant “ HEMOBEN” biologik to‘qimalarga yuqori yopishish qobiliyati bilan ajralib turadi va Qorin bo‘shlig‘i jarroxligida aralash parenximal qon ketishni to‘xtatish uchun ishlatilishi mumkinligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: HEMOBEN gemostatik implantidan foydalanishda bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 2166480 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 957370 so‘m sarflanadi. Bemorlarda to‘liq yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 2115900 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: ex vivo sharoitda eksperimental baxolash shuni ko‘rsatdiki, HEMOBEN kukuni jigar to‘qimalariga yuqori darajada yopishish darajasiga ega, uning parametrlari tadqiqotdan 20 minut ichida 35,4 ± 2,1 dan 15,6 ± 2,9 g gacha o‘zgargan. sm2, xolbuki foydalanish bilan qon so‘rgich bu kiymatlar dastlab atigi 8,4±0,6 g/sm2 ni tashkil etdi va vaqt  o‘tishi bilan 0 ga kamaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: HEMOBEN implanti tarkibida Sa2+  ionlarining mavjudligi va barcha mahalliy qonning ta’siri tufayli gemostatik faollikni yo‘kotmasligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 20.10.2023 y. 34-son buyrug‘i va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.12.2023 y. 167-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar yarasidan aralash qon ketishini to‘xtatish uchun tavsiya etilgan usuldan foydalanish, xatto eksperimental ravishda ko‘zg‘atilgan dori gipokoagulyasiyasi sharoitida xam yaxshi va barkaror gemostazni ta’minlashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: HEMOBEN implanti orqali umumiy o‘rtacha 2185500 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan implant yordamida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4123500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: amaliy sog‘lom kalamush donorlari qoni bilan olib borilgan in vitro eksperimental tadqiqotlar qon ivish tizimini kuchaytirishga nisbatan "HEMOBEN" kukunining yuqori faolligini ko‘rsatdi, bu esa QIV tezligini 9,3 ± 0,9 minutgacha kamaytirishni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: HEMOBEN implantning jigar va taloq parenximasining shikastlangan sohasi bilan o‘zaro ta’sirining morfologik xususiyatlari aniqlangan bo‘lib, nisbatan past immunitetli javob, yuqori rezorbsiya, qon bilan aloqa qilishda yopishqoq va gigroskopik xususiyatlar, barqaror gemostatik ta’siri ta’minlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 20.10.2023 y. 34-son buyrug‘i va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.12.2023 y. 167-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: faol takroriy qon ketishi bilan yara hosil bo‘lishi sababli taloqning eksperimental shikastlanishining tavsiya etilgan modeli mahalliy gemostazning turli usullarining samaradorligini ob’ektiv baxolash imkonini berishi aniqlandi, keyinchalik ular klinik amaliyotda ko‘llanilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu gemostatik implant yordamida bemorlarning statsionar sharoitda davolanishining yotoq kunlari qisqarganligini inobatga olsak, odatda umumiy o‘rtacha 1450400 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan mikroxolesistektomiya jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4112800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kalamushlarda dori gipokoagulyasiyasi fonida jigar yarasidan parenximal qon ketishining shakllanishida yangi maxalliy maxsulot "HEMOBEN" dan foydalanish qon yo‘qotish xajmini kamaytirishi, gemostaza erishish muddatini qisqartirishi mumkin.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: taloqning shikastlanishini simulyasiya qilish uchun eksperimental usul ishlab chiqilgan bo‘lib, u aralash turdagi faol qon ketishiga imkon yaratib, bu esa o‘z navbatida gemostatik choralarsiz qaytalanishga va o‘limga olib kelishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 20.10.2023 y. 34-son buyrug‘i va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.12.2023 y. 167-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jigar shikastlanishlaridan farkli o‘laroq, gemostatik implantlarni izolyasiya qilingan holda dori gipokoagulyasiyasi fonida taloq jaroxatidan parenximal qon ketishi takrorlanishi mumkinligi aniqlandi, shuning uchun mutlak gemostaza erishish uchun, ko‘shimcha ravishda yaraga katta charvini fiksatsiya qilinishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: HEMOBEN implantining boshqa gemostatik gubkalardan farqi o‘laroq, ancha sifatli va arzonligi, mahalliy fishlab chiqarishda bo‘lganligi uchun odatda umumiy o‘rtacha 2356430 byudjetdan tashqari mablag‘lar iqtisod qilingan. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 1148800 so‘mni (1 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: yangi maxalliy “HEMOBEN” implantini klinik amaliyotga joriy etishning birinchi natijalari parenximal qon ketishini to‘xtatish uchun uni qo‘llash istikbollarini ijobiy tavsiflashga imkon berdi, shuning uchun jigar yoki taloqning cheklangan shikastlanishlarida birlamchi gemostazning samaradorligi yukori bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish