Juraev Olim Usmon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir tromboflebit bilan asoratlangan oyok venalari varikoz kasalligida jarrohlik taktikani optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4132.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Buranov Xayrullo Jumaboevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
oyoq venalari varikoz tomirlarining tromboflebiti bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor o‘tkir tromboflebit bilan asoratlangan oyok venalari varikoz kasalligida asosan C3 darajali surunkali venoz etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda rivojlanishi va ko‘p hollarda ostial klapanlar sohasida joylashishi aniqlangan;
trombotik jarayon darajasini va tromboembolik asoratlar xavfini aniqlashda ul`tratovushli dupleks angioskanerlash usulining samaradorligi isbotlangan;
safeno-femoral va safeno-popliteal kushilishlar satxida tromboz joylashishida, chuqur venalar trombozi va o‘pka arteriyasi tromboemboliyasini oldini olish maqsadida, dastlabki krossektomiyani o‘z ichiga olgan jarrohlik taktikasi ishlab chiqilgan;
ilk bor o‘tkir tromboflebit bilan asoratlangan oyok venalari varikoz kasalligida ikki bosqichli jarrohlik taktikasining klinik samaradorligi, yondashuv jarrohlik jarayonidan keyingi asoratlar sonini kamaytirishi, teri osti nervining shikastlanish xavfini minimallashtirish va umumiy jarrohlik natijalarini yaxshilashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir tromboflebit bilan asoratlangan oyok venalari varikoz kasalligida jarrohlik taktikani optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 13.11.2024 y. 08/46-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir tromboflebit bilan asoratlangan oyok venalari varikoz kasalligida asosan C3 darajali surunkali venoz etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda rivojlanishi va ko‘p hollarda ostial klapanlar sohasida joylashishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shaxar tibbiyot birlashmasi 22.10.2024 y. 1785-son buyrug‘i va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 22.10.2023 y. 149-I/CH-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: oyoq venalarning varikoz tomirlarining o‘tkir tromboflebitini o‘z vaqtida tashxislash va oqilona davolash jarayonni lokalizatsiya qilish va hayot uchun xavfli asoratlar rivojlanishining oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 5 kun uchun 2754480 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 754500 so‘m sarflanadi. Xulosa: Oyoq venalarining varikoz kengaygan holatdagi o‘tkir tromboflebiti eng ko‘p hollarda (48,1%) SEAR klassifikatsiyasiga ko‘ra surunkali venoz etishmovchiligining S3 darajasida uchraydi. 46,1% hollarda tromboz osteal qopqoqlar darajasida qayd etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: trombotik jarayon darajasini va tromboembolik asoratlar xavfini aniqlashda ul`tratovushli dupleks angioskanerlash usulining samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shaxar tibbiyot birlashmasi 22.10.2024 y. 1785-son buyrug‘i va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 22.10.2023 y. 149-I/CH-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoq venalarning varikoz tomirlarining o‘tkir tromboflebitini davolash taktikasi va ko‘lami trombotik jarayonning lokalizatsiyasi va tromboembolik asoratlar xavfi darajasi bo‘yicha dupleks ul`tratovush tekshiruvi ma’lumotlariga asoslanishi kerak. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umumiy o‘rtacha 2150400 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: O‘VTFda jarrohlik taktikasi va operatsiya hajmini tanlash trombotik jarayonning lokalizatsiyasi, ul`tratovushli dupleks angioskanerlash ma’lumotlari asosida tromboembolik asoratlar xavfi darajasi va kasallik davomiyligiga bog‘liq. 
uchinchi ilmiy yangilik: safeno-femoral va safeno-popliteal kushilishlar satxida tromboz joylashishida, chuqur venalar trombozi va o‘pka arteriyasi tromboemboliyasini oldini olish maqsadida, dastlabki krossektomiyani o‘z ichiga olgan jarrohlik taktikasi ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shaxar tibbiyot birlashmasi 22.10.2024 y. 1785-son buyrug‘i va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 22.10.2023 y. 149-I/CH-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir varikotromboflebit uchun dorivor aralashmani paravasal yuborish usuli ishlab chiqilgan va qo‘llanilgan, bu trombozlangan tomirlar atrofidagi og‘riq va yallig‘lanish jarayonini qisqa vaqt ichida bartaraf etish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ul`tratovushli dupleks angioskanerlash yordamida tekshirish bilan umumiy o‘rtacha 380000 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: Trombotik jarayon safeno-femoral va safeno-popliteal qo‘shilishlarga yaqin joylashganda, chuqur venalar trombozi (ChVT) va o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi (O‘AT) profilaktikasi maqsadida krossektomiya va konservativ terapiya optimal hisoblanadi. Yosh bemorlarda yallig‘lanish jarayoni susaygan hollarda bir vaqtning o‘zida amalga oshirilgan kombinatsiyalangan flebektomiya samaralidir.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir tromboflebit bilan asoratlangan oyok venalari varikoz kasalligida ikki bosqichli jarrohlik taktikasining klinik samaradorligi, yondashuv jarrohlik jarayonidan keyingi asoratlar sonini kamaytirishi, teri osti nervining shikastlanish xavfini minimallashtirish va umumiy jarrohlik natijalarini yaxshilashi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shaxar tibbiyot birlashmasi 22.10.2024 y. 1785-son buyrug‘i va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 22.10.2023 y. 149-I/CH-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ikki bosqichli jarrohlik aralashuvi yaraning yiringli-yallig‘lanishli asoratlari rivojlanish xavfini va o‘tkir nervlarning shikastlanishini kamaytirishga yordam beradi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 5173450 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 25% dan 30% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: Ikki bosqichli jarrohlik aralashuvi yallig‘lanishli-o‘tkir jarayonli yara asoratlari rivojlanish xavfini 13,9%dan 6,3%gacha pasaytirishga hamda teri osti nervlarining shikastlanish tez-tezligini 16,2%dan 6,3%gacha qisqartirishga yordam beradi. Bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish