Karabaeva Zilola Xurramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shisha plastikli konstruksiyalarni ishlab chikaruvchi ishchilarda surunkali allergik rinitni konservativ davolash va oldini olishni takomillashtirish», 14.00.04 –Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib.3284.
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Jaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Grigor`eva Alla Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Surgut davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
shisha plastikli konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi ishchilarida surunkali allergik rinitni konservativ davolash va oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, shisha tolali konstruksiyalarni ishlab chiqarish ishchilarida kasbiy surunkali allergik rinitning klinik kechishida pastki burun chig‘anoqlarining oldingi, o‘rta va orqa sohasida shilliq pardaning mahalliy shishishi, burun shilliq pardasi rangining turli tusda bo‘lishi kabi mikrosimptomlarning xos bo‘lishi isbotlangan;
shisha tolali konstruksiyalarni ishlab chikaruvchi korxona ishchilariga etilbenzol va stirol guruhidagi faol bo‘yoqlarning burun shillik pardasi orkali organizmga ta’siri tufayli qon zardobida Ig E tarkibini oshishi va leykotsitlarning fagotsitar faolligini pasayishi aniklangan;
shisha tolali konstruksiya ishlab chikaruvchi korxona ishchilarida “eliminatsiya simptomi”, “ekspozisiya sinamasi” va “reekspozisiya”ni uz ichiga olgan allergik rinitning diagnostik chora-tadbirlar sxemasi ishlab chiqilgan;
ilk bor, shisha tolali konstruksiya ishlab chikaruvchi korxona ishchilarida allergik rinitni kompleks davolash va profilaktika tadbirlarining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan natijalar Jizzax shahridagi viloyat tibbiyot birlashmasining LOR bo‘limiga hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limining klinik amaliyotiga joriy etildi. Dissertatsiya materiallari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar chop etildi:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, shisha tolali konstruksiyalarni ishlab chiqarish ishchilarida kasbiy surunkali allergik rinitning klinik kechishida pastki burun chig‘anoqlarining oldingi, o‘rta va orqa sohasida shilliq pardaning mahalliy shishishi, burun shilliq pardasi rangining turli tusda bo‘lishi kabi mikrosimptomlarning xos bo‘lishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: shisha plastikli sanoatda ishlovchilarda kasbiy surunkali allergik rinit SNOT-22 so‘rovnomasi ma’lumotlariga ko‘ra bolalar hayot sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi oddiy surunkali allergik rinitning simptomlari bilan taqqoslanganda, kasbiy surunkali allergik rinit bilan kasallangan bemorlarda burun bitishi, aksa urish va tumov ko‘proq bezovta qilishi aniqlangan (r>0,001). Kasbiy surunkali allergik rinitda yuzaga keladigan shikoyatlarning yaqqolligini hisobga olgan holda, AR etilbenzol va stirol fonida og‘irroq kechishini ko‘zda tutib, kompleks davo va bolalarda uning samaradorligi natijasida hayot sifatini yaxshilashi tufayli kasallikning asoratlarini hamda nogironlikni oldini olishga qaratilgan zamonaviy tashxisot va davolash usullari taklif etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: shisha plastikli sanoat ishchilarida kasbiy surunkali allergik rinit oddiy surunkali allergik rinitga qaraganda ifodalangan o‘ziga xos simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. Bemorlarning asosiy guruhida burundan ajralmalar to‘q yiringli tabiatga ega bo‘lib, shilliqli ajralmalar kuzatiladi. Profilaktika uchun bir bemorga 850000 so‘m iqtisodga erishildi va poliklinikaga 2-3 marotaba qatnovlar vaqtini qisqartirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 12 dekabrdagi 523-7-107-TV/2024 – raqamli va Jizzax viloyat tibbiyot birlashmasining 2025 yil 14 yanvardagi 777-10-148-TB/2024 – raqamli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Xulosa: zararli kimyoviy omillar fonida ishlovchilarda kasbiy surunkali allergik rinit (KSAR) oddiy surunkali allergik rinitga qaraganda ifodalangan o‘ziga xos simptomlar bilan kechadi. KSAR guruhida burundan ajralmalar ko‘p miqdorda va quyuq, ba’zan esa yiringli bo‘lishi isbotlangan. Kasbiy surunkali allergik rinit bilan kasallangan bemorlarni davolashda har bir bemor bolaga byudjetdan 850000 ming so‘m tejalgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: shisha tolali konstruksiyalarni ishlab chikaruvchi korxona ishchilariga etilbenzol va stirol guruhidagi faol bo‘yoqlarning burun shillik pardasi orkali organizmga ta’siri tufayli qon zardobida Ig E tarkibini oshishi va leykotsitlarning fagotsitar faolligini pasayishi aniklangan. Ijtimoiy samaradorligi: KSAR guruhidagi bemorlarda rinotsitogramma natijalarini taqqoslaganda limfositoz, monositoz va neytpofilez bilan birgalikda eozinofiliyaning kuzatilishi, shuningdek oddiy allergik rinit bilan kasallangan bemorlar guruhida faqatgina eozinofiliyaning qayd etilishi barcha guruhlarning qon zardobida E immunoglobulini oshishining qon ko‘rsatkichlari bilan bevosita korrelyasiyasi hisobga olingan. Allergik rinit tashxisotida rinotsitogramma va qon zardobida E immunoglobulini rolini baholash samarali diagnostik muolajani amalga oshirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: eozinofiliya bilan birgalikda limfositoz, monositoz va neytpofilez kuzatilgan KSAR guruhidagi bemorlar rinotsitogrammasining natijalarini faqat eozinofiliya qayd etilgan oddiy allergik rinit bilan kasallangan bemorlar guruhi (nazorat guruhi) bilan taqqoslagan holda, barcha guruhlar qon zardobida E immunoglobulini darajasining oshishi qon ko‘rsatkichlari bilan bevosita bog‘liqligi ko‘rsatilgan, E immunoglobulini miqdorini va rinotsitogrammani aniqlash esa davlat byudjetidan 307000 ming so‘m iqtisod qilishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 12 dekabrdagi 523-7-107-TV/2024 – raqamli va Jizzax viloyat tibbiyot birlashmasining 2025 yil 14 yanvardagi 777-10-148-TB/2024 – raqamli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Xulosa: KSAR bilan kasallangan bemorlar guruhida rinotsitogramma va qon zardobida E immunoglobulinini aniqlash uchun oddiy allergik rinit bilan kasallangan bemorlar guruhida (nazorat guruhi) 307000 so‘m tejalgan.
uchinchi ilmiy yangilik: shisha tolali konstruksiya ishlab chikaruvchi korxona ishchilarida “eliminatsiya simptomi”, “ekspozisiya sinamasi” va “reekspozisiya”ni uz ichiga olgan allergik rinitning diagnostik chora-tadbirlar sxemasi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: shisha plastikli sanoat ishchilarida kasbiy allergik rinit bugungi kunda kechish og‘irligi va rivojlanish xavfi faqat ishlab chiqarish binolarining gigienasiga rioya etish darajasi bilan bog‘liq patologiya sifatida ko‘rib chiqilmayapti. Kasallikning kechishi va rivojlanishi atrof muhitning tizimli xavf omillari va xo‘jayin organizmi bilan belgilanadi. Individual xavf omillarining aniqlanishi kasallikning patogenezini tushunish, xavf guruhiga kiruvchi shaxslarda kasbiy allergik rinitni davolash va oldini olishga o‘ziga xos yondashuvlarni ishlab chiqish uchun muhimdir. Mazkur patologiya patogenezi haqidagi tushunchalarning rivojlanishi bilan individuallashtirilgan terapiya va profilaktika vositalari va usullarini izlash uchun qiziqish uyg‘ondi. Xavf omillari sub’ektiv, ularning aniqlanishi esa individual tashxisot va xavfni prognozlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: Ushbu tavsiyalarda kasbiy allergik rinitning rivojlanishini belgilovchi ustuvor omillar, shisha plastikli sanoat ishchilarida klinik xususiyatlar va patogenetik mexanizmlar aniqlangan va belgilangan. Shisha plastikli sanoat ishchilarida kasbiy allergik rinit rivojlanishining statistik jihatdan isbotlangan xavf omillari bo‘lib hisoblangan shisha plastikli sanoat ishchilarida individual klinik-laborator ma’lumotlarni shisha plastikli ishlab chiqarishda ishlovchi bemorlarda profilaktika choralari va allergologik yordamni rejalashtirish paytida hisobga olish zarur. Ishlab chiqilgan usulning samaradorligi va uni klinik amaliyotda qo‘llash zarurati aniqlandi. Har bir bemorga 170 000 ming so‘m pul tejash imkoniyati paydo bo‘ldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 12 dekabrdagi 523-7-107-TV/2024 – raqamli va Jizzax viloyat tibbiyot birlashmasining 2025 yil 14 yanvardagi 777-10-148-TB/2024 – raqamli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Xulosa: Taxmin qilish mumkinki, taklif etilayotgan diagnostika algoritmining qo‘llanilishi kasbiy allergik rinitda kasb bilan bog‘liqlikni tashxislash va tekshirishga yagona uslubiy yondashuv uchun sharoitlarni ta’minlashga imkon beradi, uni tashxisot etish uchun 170 000 ming so‘m tejashga erishildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor, shisha tolali konstruksiya ishlab chikaruvchi korxona ishchilarida allergik rinitni kompleks davolash va profilaktika tadbirlarining samaradorligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: shisha plastikli sanoat ishchilarida kasbiy allergik rinitni davolash sanoat muhitining xususiyatlari fonida kasallik rivojlanishi patogenezining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan individual yondashuvni talab etadi, qaysikim bemorlar hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga va ijtimoiy moslashuvga yordam beradi. Shisha plastikli sanoat ishchilarida keng qamrovli terapiyaga mineral-o‘simlikli “Dolfin” vositasini kiritgan holda kasbiy allergik rinit terapiyasini biz ishlab chiqqan davolash kompleksi mazkur patologiya rivojlanishining yetakchi patogenetik mexanizmlariga ifodalangan darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bemorlarning ahvoliga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydi. An’anaviy davolashda umumiy oqim ko‘rsatkichlari uch baravar, kompleks davolashda esa to‘rt baravar oshdi va ikkala guruhda ham ishonchli qiymatlarga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlik taklif etilgan uslubiy tavsiyani klinik amaliyotda qo‘llash asosida hisoblab chiqildi. Xarajatlar samaradorligining tahlilini o‘tkazishda taqqoslanuvchi variantlar, xarajatlar minimizatsiyasi tahlilidan farqli o‘laroq, katta yoki kichik, ammo ekvivalent bo‘lmagan samaradorlik bilan tavsiflanadi. Shuning uchun keltirilgan ma’lumotlarning ishonchlilik darajasiga qarab tahlilni o‘tkazish maqsadga muvofiqligining darajasini baholash muhimdir. Binobarin, usul samaradorligini baholash bo‘yicha taklif etilgan uslubiy tavsiyalar shisha plastikli sanoat ishchilarida kasbiy allergik rinitni kompleks davolash samaradorligini oshishi byudjet mablag‘larini kasbiy allergik rinitni davolash bilan bog‘liq laborator tekshiruvlar o‘tkazish bilan iqtisod qilishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 12 dekabrdagi 523-7-107-TV/2024 – raqamli va Jizzax viloyat tibbiyot birlashmasining 2025 yil 14 yanvardagi 777-10-148-TB/2024 – raqamli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Xulosa: Taklif etilgan usuldan bemorning iqtisodi shundan iboratki, ushbu holat bemorni tez-tez shifokor qabuliga tashrif buyurishidan, shuningdek uzoq muddatli davolash uchun dori-darmonlarni sotib olishdan xalos etadi.