Reyimbaev Sherzod Bozorboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Nochiziqli muhitda quyi tartibli nochiziqlilik va yuqori tartibli garmonikalar generatsiyasi», 01.04.11 – Lazer fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1162.
Ilmiy rahbar: Boltaev Ganjaboy Sapaevich, fizika-matematika fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.09.2020.FM.55.04.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Javdat Bakidjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Matnazarov Anvar Rustamovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi plazma holatidagi va uglerod tarkibli muhitlarning nochiziqli optik parametrlarini aniqlash va yuzaga keluvchi nochiziqli jarayonlar qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba uglerod tarkibli nochiziqli muhitlarda qisqa lazer nurlanishining uchinchi garmonikasi samarali generatsiyasi uchun nochiziqli mexanizmlar o‘rganilgan va uglerod nanozarrachalaridagi kuchli nochiziqli effektlar aniqlangan;
ilk marotaba suyuq muhitlarda lazer ablyasiyasi jarayonida Zn va ZnSe nanozarrachalarining shakllanishi tahlil qilingan va o‘lchamlari 100 va 200 nm bo‘lgan sferik nanozarrachalar eritmasi olingan;
muhitlarni z-skanerlash usuli yordamida Zn va ZnSe nanozarrachalardan tashkil topgan eritmalarning nochiziqli optik xossalari o‘rganilib, eritmalarning sindirish ko‘rsatkichi va yutilish koeffisientlari nanoo‘lchamli zarrachalarda yuzaga keluvchi kuchli kvant o‘lchamli nochiziqli effektlar xisobiga ortishi kuzatilgan va nochiziqli parametrlarning qiymatlari o‘lchangan;
ilk marotaba Zn va ZnSe nanozarralaridan tashkil topgan plazma muhitlarida o‘ta qisqa infraqizil lazer nurlanishining yuqori tartibli garmonika generasiyalari tajribada o‘rganilgan va yuqori foton energiyali, xususan energiysi 32 eV va 40 eV bo‘lgan kogerent nurlanish generasiyalari kuzatilgan;
ilk marotaba plazma holatidagi muhitlarda generatsiyalanuvchi yuqori energiyali fotonlarning kogerent nurlanish manbalarining energetik samaradorliklarini oshirish imkonini beruvchi usuli rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zn va ZnSe nanozarrachalarining sintez qilish va kogerent nurlanish manbalari yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
2018-2019 yillar davomida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida bajarilgan YoOT-Ftex-2018-161, “Ikki o‘zakli nurlotolada keng polosali nurlanishni qayta o‘rganish va zichlashgan chastotali optik kanallarni spektral ajratilish” mavzusidagi amaliy tadqiqot doirasida nurlotoladagi nochiziqli optik jarayonlarning chuqur tahlili, chastotalarni almashtirish jarayonining optimallashtirilgan modellarini ishlab chiqish va yuqori tezlikdagi optik signallarni uzatish texnologiyalarini takomillashtirish maqsadida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti 2024yil 11- sentyabrdagi 01/914-1715-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikki o‘zakli nurlotolalarda keng polosali nurlanishning parallel spektral kanallar orqali uzatish imkoniyatlarini kengaytirish, chastota almshtirish jarayonlarining samaradorligini oshirish va optik signallarni yuqori aniq ajratish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
turli optik muhitlarda aniqlangan quyi tartibli nochiziqlilik va yuqori tartibli garmonikalar generatsiyasi bo‘yicha olingan tajriba natijalarini Birlashgan Arab Amirlikalari Sharja shahridagi Amerika universiteti (American University of Sharjah, UAE) tadqiqot markazida olib borilgan FRG21-M-S34, FRG19-L-S61 va FRG-C-S56 ilmiy loyihalarida qo‘llanilgan. Natijada, lazer nurlanishining metal nanozarralaridan tashkil topgan lazer-plazmasi bilan o‘zaro ta’siri jarayonida to‘lqin uzunliklari 15-100 nm bolgan spektral sohalarda yuqori tartibli garmonikalar asosida samarador kogerent nurlanish manbalarini yaratish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.