Abduraximov Abduxalim Xoliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 o‘tkazgan qandli diabeti bor bemorlarda buyrak etishmovchiligini erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish” 14.00.03 – Endokrinologiya, 14.00.31 – Urologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2657.
Ilmiy rahbarlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shadmanov Alisher Kayumovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Telman Tulaganovich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedov Rustam Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 o‘tkazgan qandli diabeti bor bemorlarda buyrak etishmovchiligini erta tasxishlash orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan qandli diabeti bor bemorlarda o‘tkir buyrak shikastlanishini erta tashhislash maqsadida siydikda KIM-1 va VEGF biomarkerlari ahamiyati asoslangan;
COVID-19 bilan kasallangan qandli diabeti bor bemorlarda o‘tkir buyrak shikastlanishini erta aniqlashda KIM-1 va VEGF biomarkerlarining bashoratlash qiymati aniqlangan;
qandli diabeti bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda va KIM-1 yuqori bo‘lgan bemorlarda KFT darajasining erkaklarda 76,85±16,44 ml/min gacha, ayollarda esa 48,96±3,5 ml/min gacha pasayishi ushbu markerning o‘tkir buyrak shikastlanishida yuqori prognostik marker sifatida tasdiqlanishi asoslangan;
qandli diabeti bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida o‘tkir buyrak shikastlanishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar aniqlanib o‘tkir buyrak shikastlanishini erta tashxislash va samarali davolash usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 o‘tkazgan qandli diabeti bor bemorlarda buyrak etishmovchiligini erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan qandli diabeti bor bemorlarda o‘tkir buyrak shikastlanishini erta tashhislash maqsadida siydikda KIM-1 va VEGF biomarkerlari ahamiyati asoslanganligi Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 02.05.2024-yildagi 44-son, hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi Shoshilonch tibbiy yordam shifoxonasi bo‘yicha 03.06.2024-yildagi 23-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024-yil 10-dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan va qandli diabeti bor bemorlar orasida o‘tkir buyrak shikastlanishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarning aniqlanishi shifokorlarga kasallikni oldindan tashxislash va erta aralashuv choralarini ko‘rish imkonini bergan. Bu og‘ir asoratlarning oldini olishga va o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf guruhidagi bemorlarning oldindan aniqlanishi profilaktik choralarning o‘z vaqtida qo‘llanishiga imkon yaratgan hamda davolash uchun ajratiladigan mablag‘larni kamaytirgan. Xulosa: Tadqiqot natijalari buyrak asoratlarining oldini olish strategiyalarini ishlab chiqishga zamin yaratib, sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirish va iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga xizmat qilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan qandli diabeti bor bemorlarda o‘tkir buyrak shikastlanishini erta aniqlashda KIM-1 va VEGF biomarkerlarining bashoratlash qiymati aniqlanganligi Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 02.05.2024-yildagi 44-son, hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi Shoshilonch tibbiy yordam shifoxonasi bo‘yicha 03.06.2024-yildagi 23-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024-yil 10-dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan va qandli diabeti bor bemorlarda o‘tkir buyrak shikastlanishini erta aniqlash maqsadida siydikda KIM-1 va VEGF biomarkerlari o‘rganilishi shifokorlarga kasallikni erta bosqichda tashxislash imkonini bergan. Bu esa bemorlarni o‘z vaqtida samarali davolashga, buyrak etishmovchiligining oldini olishga va nogironlik hamda o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: KIM-1 va VEGF biomarkerlarini klinik amaliyotga joriy etish an’anaviy tashxis usullariga nisbatan kasallikni erta aniqlash imkonini yaratib, har bir bemor uchun 380000 so‘m miqdorida xarajatlarni tejashga yordam bergan. Erta tashxis tufayli qimmatbaho dializ va buyrak transplantatsiyasi kabi og‘ir muolajalar ehtimoli pasayib, sog‘liqni saqlash tizimi uchun moliyaviy harajatlar kamaygan. Xulosa: tadqiqot natijalari diagnostika jarayonining aniqligini oshirib, sog‘liqni saqlash tizimida resurslardan samarali foydalanish imkonini bergan. Bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga yordam bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: qandli diabeti bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda va KIM-1 yuqori bo‘lgan bemorlarda KFT darajasining erkaklarda 76,85±16,44 ml/min gacha, ayollarda esa 48,96±3,5 ml/min gacha pasayishi ushbu markerning o‘tkir buyrak shikastlanishida yuqori prognostik marker sifatida tasdiqlanishi asoslanganligi Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 02.05.2024-yildagi 44-son, hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi Shoshilonch tibbiy yordam shifoxonasi bo‘yicha 03.06.2024-yildagi 23-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024-yil 10-dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan va qandli diabetga chalingan bemorlarda o‘tkir buyrak shikastlanishini erta aniqlashda KIM-1 va VEGF biomarkerlarining bashoratlash qiymati baholangan. Bu esa yuqori xavf guruhidagi bemorlarni oldindan aniqlash va ularning holatini doimiy monitoring qilish imkoniyatini kengaytirgan. Natijada, o‘tkir buyrak shikastlanishining og‘ir asoratlari kamaygan. Bu esa bemorlarning sog‘lig‘i yaxshilanishiga hamda umr davomiyligi oshishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: KIM-1 markeri an’anaviy tashxis usullariga nisbatan 2 kun oldinroq tashxis qo‘yish imkonini yaratish orqali yuqori xavf guruhidagi bemorlarni an’anaviy tashxis usullariga nisbatan tezroq aniqlash va profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qo‘llash imkoniyatini yaratgan. Bu esa davolash xarajatlarini kamaytirib, qimmatbaho intensiv terapiya, dializ va buyrak transplantatsiyasi ehtimolini pasaytirgan. Xulosa: biomarkerlar yordamida buyrak shikastlanishini erta bosqichda bashorat qilish usuli shifokorlarning qaror qabul qilish jarayonini optimallashtiradi, bemorlar uchun sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilaydi va iqtisodiy jihatdan samarador tibbiy yondashuvni ta’minlaydi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qandli diabeti bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida o‘tkir buyrak shikastlanishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar aniqlanib o‘tkir buyrak shikastlanishini erta tashxislash va samarali davolash usullari aniqlanganligi Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 02.05.2024-yildagi 44-son, hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi Shoshilonch tibbiy yordam shifoxonasi bo‘yicha 03.06.2024-yildagi 23-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024-yil 10-dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan va qandli diabeti bor bemorlar uchun ishlab chiqilgan yangi klinik algoritm shifokorlarga o‘tkir buyrak shikastlanishini erta tashxislash imkoniyatini yaratgan. Bu esa kasallikning kech asoratlarini kamaytirish, nogironlik va o‘lim holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: erta tashxislash va samarali davolash usullari jarayonni aniqroq va samaraliroq qilish orqali sog‘liqni saqlash tizimida resurslardan oqilona foydalanishga imkon bergan. Erta tashxis qo‘yish natijasida qimmatbaho davolash usullari, reanimatsion muolajalar va uzoq muddatli kasalxonaga yotqizish ehtiyoji kamaygan. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimi uchun xarajatlarni optimallashtirishga yordam beradi. Xulosa: erta tashxislash va samarali davolash usullari COVID-19 bilan kasallangan qandli diabeti bor bemorlarni erta tashxislash va samarali davolashga yo‘naltirilgan innovatsion yondashuv bo‘lib, KIM-1 markerini qo‘llash an’anaviy tashxis usullariga nisbatan 2 kun oldinroq tashxis qo‘yish imkonini yaratgan hamda har bir bemor uchun 380000 so‘m miqdorida xarajatlarni tejashga yordam bergan. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimida resurslardan samarali foydalanishga va davolash xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilgan.