Toshtemirova Saodat Abdurashidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitishning modifikatsion metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped777.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Atakulovich, tarix fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xaynazarov Baxrom Baxtiyorovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitish metodikasini xalqaro talablarga ko‘ra modifikatsiyalash hamda izchillik va tizimlilik tamoyillariga muvofiq takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari ochiq ta’lim muhitida tizimlararo interaktiv jarayonlar atributlari elementlarining pedagogik dinamikasini tasniflash, o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishi va ta’lim mazmunining adaptiv moslashuvchanligini ta’minlashga qaratilgan strukturali modellashtirish asosida aniqlashtirilgan;
klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitish modeli tarixga oid kompetensiyalarni ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi turlariaro aloqadorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ishchan-ijodiy muhitni bosqichma-bosqich shakllantirish hamda bilimdan kompetensiyaga paradigmasi doirasida kognitiv faoliyat va refleksiv tahlil asosida takomillashtirilgan;
klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitishning modifikatsion metodik modeli ta’lim oluvchilarning tarixiy manbalar bilan ishlashga yo‘naltirilgan individual akademik traektoriyasini vaqt, makon va jarayon kabi fundamental kategoriyalar asosida dinamik transformatsiya qilish hamda axborotni qayta ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ma’lumotlarni oddiydan murakkabga qarab vizuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitish samaradorligi nazariya va amaliyot integratsiyasini ta’minlovchi innovatsion faollik, refleksiv monitoring komponentlarining didaktik yaxlitligini uzviy ta’minlash hamda sensor va metodik adaptatsiyani hisobga olish, differensial-modullashtirish variativligini tadrijiy ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitish jarayoni ta’limni personallashtirish, kasbiy kompetensiyalarni talabalar vaqt byudjetini hisobga olishga mos rivojlantirish hamda topshiriqlarni xalqaro baholash dasturlari talablariga ko‘ra standartlashtirish, formativ va summativ baholash mezonlaridan samarali foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Klaster tizimida tarix fanlarini integrativ asosda o‘qitishning modifikatsion metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalar asosida:
ochiq ta’lim muhitida tizimlararo interaktiv jarayonlar atributlari elementlarining pedagogik dinamikasini sinergetik tasniflash hamda ta’lim mazmunining adaptiv moslashuvchanligini strukturali va transdissiplinar modellashtirish asosida aniqlashtirilgan klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitishning pedagogik imkoniyatlariga oid taklif va tavsiyalar “Tarix o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-son buyrug‘i, 232-412-raqamli guvohnoma). Natijada, tarix ta’limi mazmunini xalqaro standartlar va dasturlar asosida takomillashtirish hamda o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishga erishilgan;
tarixga oid kompetensiyalarni ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan ishchan-ijodiy muhitni bosqichma-bosqich shakllantirish hamda bilimdan kompetensiyaga paradigmasi doirasida kognitiv faoliyatni refleksiv tahlil qilish asosida takomillashtirilgan klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitish modeliga oid fikrlar “Tarbiya fanlarini o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-164-raqamli guvohnoma). Natijada, ta’lim turlari hamkorligini oshirishga qaratilgan mexanizmlari orqali davlat talablariga mos mantiqiy tarix ta’limi mazmunining o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
ta’lim oluvchilarning tarixiy manbalar bilan ishlashga yo‘naltirilgan individual akademik traektoriyasini vaqt, makon va jarayon kabi fundamental kategoriyalar asosida dinamik transformatsiya qilish hamda axborotni qayta ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ma’lumotlarni oddiydan murakkabga qarab vizuallashtirish asosida takomillashtirilgan klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitishning modifikatsion metodikasi modeliga oid takliflar “Umumiy pedagogika” (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 noyabrdagi 429 -son buyrug‘i, 429-raqamli guvohnoma) va “Kasbiy ma’naviyat” (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 5 dekabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-raqamli guvohnoma) darsliklari mazmuniga singdirilgan. Natijada, klaster yondashuvi asosida tarix fanlarini fanlararo integratsiya asosida o‘qitish samaradorligiga erishilgan;
nazariya va amaliyot integratsiyasini ta’minlovchi innovatsion faollik, refleksiv monitoring komponentlarining didaktik yaxlitligini uzviy ta’minlash hamda sensor va metodik adaptatsiyani hisobga olishda differensial-modullashtirish variativligini tadrijiy ta’minlash asosida takomillashtirilgan klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitish mexanizmlariga oid takliflar “Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-164-raqamli guvohnoma). Natijada, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan metodikalarni ishlab chiqish orqali shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilishiga erishilgan;
ta’limni personallashtirish, kasbiy kompetensiyalarni talabalar vaqt byudjetini hisobga olishga mos rivojlantirish hamda topshiriqlarni xalqaro baholash dasturlari talablariga ko‘ra standartlashtirish, formativ va summativ baholash mezonlaridan samarali foydalanish asosida takomillashtirilgan klaster tizimida tarix fanlarini integrativ o‘qitish jarayoniga oid takliflar Lublin Texnologiya Universitetida bajarilgan PPI/APM/2019/1/00004-raqamli “3D Digital Silk Road” (2020 - 2022 yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Chirchiq davlat pedagogika universitetining 2025 yil 17 fevraldagi 04/548-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini zamon talablariga ko‘ra ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish