Karimova Gulnoza Mamanazar qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonda inklyuziv turizmni konseptual rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2073  
Ilmiy rahbar: Alieva Mahbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.33/08.05.2024. I.176.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Yarasheva Vasila Kamolovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va sevis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda inklyuziv turizm xizmatlarini konseptual rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “inklyuziv turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni turizm xizmatlarini isteʼmol qiluvchilarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy hamda funksional jihatlarini hisobga olgan holda dam olish va hordiq chiqarish jarayonida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar va qulaylikni ko‘zda tutuvchi ijtimoiy tenglikni ta’minlash bilan bir qatorda turizm sohasining barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy jihatdan foydali yo‘nalish nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan; 
inklyuziv turizmning ijtimoiy yordamga yo‘naltirilganlik tavsifi bilan bir qatorda uning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydigan sektor sifatida rivojlanishida samarali hamkorlik tizimini yaratishga qaratilgan besh bosqichli jarayonni qamrab oluvchi yo‘riqnomalar asosida inklyuziv turizm segmentini nafaqat isteʼmolchi, balki turistik faoliyatni amalga oshiruvchi subekt sifatida shakllantirish taklifi asoslangan; 
inklyuziv turizm xizmatlarini tizimli rivojlantirish va samaradorligini oshirishda Turizm qo‘mitasi huzurida inklyuziv turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha strategik dasturlarni ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini samarali boshqarish, inklyuziv turistik yo‘nalishlarni yaratish va ularni rivojlantirishga oid loyihalarni muvofiqlashtirishni ta’minlovchi maxsus “inklyuziv turizm markazi”ni tashkil etish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda inklyuziv turizm xizmatlari hajmi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bogʻliqlikning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.         
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inklyuziv turizm xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “inklyuziv turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni turizm xizmatlarini isteʼmol qiluvchilarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy hamda funksional jihatlarini hisobga olgan holda dam olish va hordiq chiqarish jarayonida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar va qulaylikni ko‘zda tutuvchi ijtimoiy tenglikni ta’minlash bilan bir qatorda turizm sohasining barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy jihatdan foydali yo‘nalish nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy matreallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turistik mahsulotlar marketingi” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-0660 raqamli guvohnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida  turizm xizmatlarini isteʼmol qiluvchilarning jismoniy, aqliy, kongnitiv xususiyatlaridan qatʼiy nazar, dam olish va hordiq chiqarish jarayonida ishtirok etishi uchun teng sharoitlar va qulaylikni ta’minlovchi jarayon jihatidan takomillashtirilgan inklyuziv turizm tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
inklyuziv turizmning ijtimoiy yordamga yo‘naltirilganlik tavsifi bilan bir qatorda uning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydigan sektor sifatida rivojlanishida samarali hamkorlik tizimini yaratishga qaratilgan besh bosqichli jarayonni qamrab oluvchi yo‘riqnomalar asosida inklyuziv turizm segmentini nafaqat isteʼmolchi, balki turistik faoliyatni amalga oshiruvchi subekt sifatida shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-20-son “O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining  2025-yil 7-apreldagi 03-10-17-3017-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida inklyuziv turizm xizmatlarini “davlat-xususiy sherikchilik” tamoyili asosida inklyuziv turizmni rivojlantirish bo‘yicha  aholi o‘rtasida xabardorlikni oshirish, targʻibot qilish, yangi turistik yo‘nalishlar tashkil etish hamda inklyuziv turizmni ragʻbatlantirish tavsifidagi dastaklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratilgan;
inklyuziv turizm xizmatlarini tizimli rivojlantirish va samaradorligini oshirishda Turizm qo‘mitasi huzurida inklyuziv turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha strategik dasturlarni ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini samarali boshqarish, inklyuziv turistik yo‘nalishlarni yaratish va ularni rivojlantirishga oid loyihalarni muvofiqlashtirishni ta’minlovchi maxsus “inklyuziv turizm markazi”ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirishni ilmiy tadqiq etishda vazirlikning yo‘l xaritalari va dasturlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining  2025-yil 7-apreldagi 03-10-17-3017-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi respublikadagi turistik obekt va subektlarning turistlarga xizmat ko‘rsatish faoliyatini hokimiyat va iqtisodiyotning boshqa subektlari faoliyati bilan o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini yaratgan;
O‘zbekistonda inklyuziv turizm xizmatlari hajmi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bogʻliqlikning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mamlakatimiz bo‘ylab qulay sharoitlarda sayohat qilishlari uchun turizm infratuzilmasining imkoniyatlarini yanada takomillashtirish dasturini tuzishda va uni amalga oshirish ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining  2025-yil 7-apreldagi 03-10-17-3017-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognozlashtirish natijasi kelgusida inklyuziv turizmni rivojlantirish vazifalarini samarali amalga oshirish hamda ichki va xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi joylashtirish vositalari va turistik korxonalar hamkorlikda rivojlanishi uchun maqsadli parametrlarni samarali belgilash imkonini yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish