Bekmuradova Laylo Tursunmamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonning xalqaro mehmondo‘stlik industriyasiga integratsiyalashuvining strategik yo‘nalishlarini takomillshtirish, 08.00.17- “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/iqt2068
Ilmiy rahbar: Alieva Mahbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.33/08.05.2024.I.176.01
Rasmiy opponentlar: Astanakulov Olim Tashtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Matyoqubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonning xalqaro mehmondo‘stlik industriyasiga integratsiyalashuvining strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xalqaro mehmondo‘stlik industriyasiga integratsiyalashuv” tushunchasining iqtisodiy mazmuni milliy mehmondo‘stlik industriyasining global iqtisodiyotga samarali integratsiyasini ta’minlash, sohaga investisiyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlik mexanizmlari asosida xizmatlar raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
integratsiya jarayonini institutsional asosda rivojlantirish uchun “Mehmondo‘stlik industriyasi mezonlari” milliy standartini ishlab chiqishda milliy mehmondo‘stlik standartlariga ega mehmonxonalar va turistik obektlar (MTOMMS ≥ 60%), sertifikatlangan mehmonxonalar va turistik xizmat ko‘rsatuvchi obektlar (MTOS ≥ 50%), xalqaro standartlarga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi turistik tashkilotlar (TTXS ≥ 70%) ulushlarining miqdoriy chegaralarini ta’minlash taklifi asoslangan;
strategik yo‘nalishlarni belgilash hamda vertikal integratsiyani amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonning xalqaro mehmondo‘stlik industriyasiga integratsiyalashuvini rivojlantirish algoritmi “Mehmondo‘stlik sohasida smart-klasterlar va innovatsion biznes-modellar” tarkibiy elementini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda zamonaviy xizmatlarning marjinal ta’sirlarini baholash asosida mehmondo‘stlik xizmatlarining ahamiyatli determinantlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning xalqaro mehmondo‘stlik industriyasiga integratsiyalashuvining strategik yo‘nalishlarini aniqlash yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xalqaro mehmondo‘stlik industriyasiga integratsiyalashuv” tushunchasining iqtisodiy mazmuni milliy mehmondo‘stlik industriyasining global iqtisodiyotga samarali integratsiyasini ta’minlash, sohaga investisiyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlik mexanizmlari asosida xizmatlar raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirish nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turistik mahsulotlar marketingi” nomli darslik (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-0660-raqamli guvohnomasi) tayyorlashda foydalanilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida oliy o‘quv yurt talabalarida takomillashtirilgan mehmondo‘stlik industriyasi tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
integratsiya jarayonini institutsional asosda rivojlantirish uchun “Mehmondo‘stlik industriyasi mezonlari” milliy standartini ishlab chiqishda milliy mehmondo‘stlik standartlariga ega mehmonxonalar va turistik obektlar (MTOMMS ≥ 60%), sertifikatlangan mehmonxonalar va turistik xizmat ko‘rsatuvchi obektlar (MTOS ≥ 50%), xalqaro standartlarga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi turistik tashkilotlar (TTXS ≥ 70%) ulushlarining miqdoriy chegaralarini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 7-apreldagi 03-10-17-3016 – sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm tarmog‘i raqobatbardoshligi ortib, iqtisodiy va investision jozibadorlik kuchaygan;
strategik yo‘nalishlarni belgilash hamda vertikal integratsiyani amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonning xalqaro mehmondo‘stlik industriyasiga integratsiyalashuvini rivojlantirish algoritmi “Mehmondo‘stlik sohasida smart
klasterlar va innovatsion biznes-modellar” tarkibiy elementini joriy etish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-102-sonli Farmoniga 3-ilova “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 7-apreldagi 03-10-17-3016 – sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonning xalqaro imijini yaxshilash va turistik oqimni oshirish borasida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda zamonaviy xizmatlarning marjinal ta’sirlarini baholash asosida mehmondo‘stlik xizmatlarining ahamiyatli determinantlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishning 2024-yildagi ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 7-apreldagi 03-10-17-3016 – sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida yangi innovatsion xizmat turlarining joriy etilishi, turistlarning ehtiyojlariga moslashuvchanlikni kuchaytirib, mamlakatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirgan.