Pirnazarov Ulug‘bek Umatalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtani havodan ajratish qurilmasining kirish quvuri parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4446
Ilmiy rahbar: Mamatqulov Orifjon Tursunovich Texnika fanlari falsafa doktori, dotsent Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori, professor. To‘raev Farxodjon Farmonovich., texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moilik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hozirgi zamon talablardan kelib chiqib, paxtani ajratish jarayonida havo oqimi tezligini samarali sekinlashtirish va oqim yo‘nalishini boshqarish imkonini beruvchi aerodinamik jihatdan takomillashgan diffuzor modellari ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani pnevmotransport jarayonidan so‘ng havo oqimidan samarali ajratib olish, chigitning shikastlanishini kamaytirish va tolalarning yo‘qotilishini oldini olish maqsadida takomillashtirilgan separator qurilmasi ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan separator kirish qismida paxtani havodan ajratish hamda vakuum-klapanga to‘liq yo‘naltirish imkonini beruvchi yuqori qismi 1500 sm2, quyi qismi 5400 sm2 o‘lchamli diffuzor-quvur konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separator qurilmasida turli massadagi paxta bo‘laklarining harakatlanishi va havo oqimidan ajratilishi holatini traektoriyaning gorizontal va vertikal yo‘nalishda vaqt bo‘yicha o‘zgarishini aniqlovchi matematik model ishlab chiqilgan;
paxta harakatining aerodinamik parametrlari asosida tolalarni yo‘qolishini va qurilma titrashini kamaytirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillar: diffuzor yuqori va quyi qismining ko‘ndalang yuzasi hamda mazkur qismlar o‘rtasidagi og‘ish burchagining optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani havodan ajratib beruvchi separator qurilmasi ishchi elementlarini ishlash prinsiplarini optimallashtirish bo‘yicha natijalar asosida: 
Paxtani havodan ajratuvchi separator qurilmasi «O‘zbekiston Respublikasi o‘zto‘qimachilik  uyushmasi» AJ tasarrufidagi “Namangan Pop paxta tozalash ART Soft cluster holding” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi» AJ ning 2024 yil  9-sentyabrdagi  №03/25-2447-sonli ma’lumotnomasi). Natijada separator qurilmasining kirish qismiga o‘rnatilgan yangi diffuzor ayri shaklda bo‘lganligi paxta bilan havo oqimi ikki qismga ajralib tezliklari kamayishiga, paxta chigitning mexanik shikastlanishi 2,8%dan 1,5%gacha kamayishiga erishilgan. Shuningdek, paxtaning to‘rli yuza bilan ta’sirlashish ehtimoli kamayishi hisobiga paxtani to‘rli yuzada soxta jinlash jarayonini oldi olinib, erkin tolalarni ishlatilgan havo oqimi bilan tashqi muhitga chiqib ketish holati bartaraf etilishi natijasida amaldagi separator diffuzorini taklif etilayotgan diffuzorga almashtirish orqali tolani yo‘qolishini o‘rtacha 3,01 kg/soatgacha kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish