Raximov Rashid G‘ulomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tola tozalash mashinasi ishchi elementlarini takomillashtirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5198
Ilmiy rahbar: Sultonov Mirzaolim Mirzaraxmatovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdul-Malik Xamidovich, t.f.d., professor, Narmatov Elmurod Avazovich, t.f.f.d., dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolasini iflosliklardan tozalash mashinasi kolosnikli panjarasi kolosniklari sonini ko‘paytirish orqali tozalash samarasini oshirish hamda tolani chiqindiga chiqib ketishi oldini oluvchi tizim ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tolasini iflosliklardan tozalash samaradorligini oshirish maqsadida sakkizta  kolosnikli hamda birinchi kolosnik va cho‘ta orasidagi masofasi o‘zgartirilib takomillashtirilgan ko‘p kolosnikli tola tozalagich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan tola tozalagichda tolalarni chiqindiga chiqib ketishini oldini olish hamda tola tozalash saradorligi yanada oshirish maqsadida kolosniklar oralig‘i hamda birinchi kolosnik va cho‘tka o‘rtasidagi masofa uchun optimal qiymatlarni aniqlash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan; 
takomillashtirilgan kolosnikli panjarada tola tutamining harakati va ularning iflosliklardan ajralishida tozalash jarayonining fizik-dinamik qonuniyatlari asosida tozalagichning asosiy parametrlari (kolosniklar oralig‘i, burchaklari, tebranish amplitudasi, havo oqimi yo‘nalishi va h.k.) uchun maqbul qiymatlar aniqlangan;
intensiv tozalash sharoiti talablaridan kelib chiqib, tola tozalagichdagi kolosniklar soni, ishchi organlarning harakat parametrlari (tezlik, chastota, amplituda) qiymatlari aniqlangan va texnologik jarayolar, tozalash samaradorligini oshiruvchi va tola yo‘qotilishini kamaytirish uchun optimal ish rejimi taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tolasini iflosliklardan tozalash mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan ko‘p kolosnikli tola tozalagich konstruksiyasi “Chust g‘alla klaster” MChJga qarashli Pop paxta tozalash korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining 2025 yil 27 yanvardagi 03/25-181 son maʼlumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan tola tozalagichdan keyin ajratilgan iflosliklardagi tola miqdori paxtaning sanoat naviga bog‘liq holda 11-15,6 % ga tushirilishiga, mavjud texnologiyaga nisbatan o‘rtacha 13 % ga kamayishiga hamda koroxonada tola ishlab chiqarish 6-7% gacha ortishiga, tola sifati oshishi hisobiga tola tozalash samaradorligi 64 % ga etishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish