Shakirova Muxlisa Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipofiz adenomasi bo‘lgan katta yoshlilarda o‘sish gormoni tanqisligi (klinika va tashxislash)», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib23
Ilmiy maslaxatchi: Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Ya.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Istiniya Universiteti, Turkiya
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: gipofizning turli o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda O‘GEning o‘ziga xosligini va geninjeneriyada o‘sish garmoni yordamida davolashda gipofizni selektiv adenoektomiyasidan so‘ng bemorlarning hayot sifatini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipofiz adenomasi bilan xastalangan bemorlarda nafaqat o‘sish gormonining etishmasligi, balkim tropgarmonlarning ko‘p miqdorda etishmasligi asoslangan;
o‘sish gormonining etishmasligi bo‘lgan gipofiz adenomasi bilan xastalangan bemorlarni hayot sifati, o‘sish gormonining etishmasligi bo‘lgan gipofiz adenomasi bilan og‘rigan bemorlarning qiyosiy aspektlari, O‘GE bemorlarida KJning sezilarli darajada pasayishi fonida STG va IFR-1ni pasayishi, IMTni ortishi isbotlangan;
birinchi bor geninjeneriya garmoni terapiyasi fonida gipofiz selektiv adenoektomiyasidan so‘ng bemorlar hayot sifati dinamikasi va uni o‘rnini bosuvchilarsiz olib borilgan terapiya davolash guruhi natijalari bilan solishtirish tartibi asoslangan;
sub’ektiv va garmonal tadqiqotlar asosida o‘sish gormoni etishmasligining og‘irlik darajasini baholash shkalasi ishlab chiqilgan;
kattalarda o‘sish gormoni etishmasligini erta tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan bu esa gipofiz tropfaoliyatining pasayishi erta muddatlarida ushbu toifa bemorlarini aniqlash imkonini bergan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gipofiz adenomasi bo‘lgan katta yoshlilarda o‘sish gormoni tanqisligining tashxislash va klinikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘sish gormoni etishmovchiligida gipatalamo-gipofizar tizimi xajmining shakllanishi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 8n-d/78-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma birinchi gipofiz adenomalarida bo‘y o‘sish gormonining etishmovchiligini klinikasi va tasxishlash tizimini tashkillashtirish imkonini bergan;
«Kattalarda turli gipofiz adenomalarida bo‘y o‘sish gormonining etishmovchiligini tashxislash va bemorlarni olib borish taktikasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 8n-d/78-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma kattalarda turli gipofiz adenomalarida bo‘y o‘sish gormonining etishmovchiligini davolashgacha va davolashdan keyin bemorlarni olib borish taktikasi tanlangan davolash tizimini yaratish imkonini bergan;
gipofiz adenomasi bo‘lgan katta yoshlilarda o‘sish gormoni tanqisligining tashxislash va davolashni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari endokrin dispanseri klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 04 dekabrdagi 8n-z/224–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi o‘sma tajovvuzkorligining neyrovizualizatsion markeri bo‘lib total o‘sishini turli variantlari bo‘lishi, jumladan, 46,2% supra-infralateroselliyar o‘sish, supra-infraselliyar o‘sish kuzatilgan va nogironlikning oldini olish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini bergan.