Sharipova Dilnoza Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek adabiyotida ramzlarning lingvopoetik va lingvokulturologik tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.1.PhD/Fil1182.
Ilmiy rahbar: Saidov Yoqub Siddiqovich, filologiya fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qosimova Nafisa Farxodovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek adabiyotidagi ramzlarning lingvopoetik va lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz va o‘zbek tillaridagi ramzlarning til va nutqda yuzaga kelish sababiyati, ijtimoiy-siyosiy va lisoniy manbalari, shakllanish mexanizmi, badiiy matndagi o‘rni, vazifasi hamda ahamiyati, semantik mazmun-mohiyati lingvopoetik va lingvokulturologik omillar ta’sirida voqelanishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillarda ramzlar lisoniy va nolisoniy omillar natijasida paydo bo‘lishi, lisoniy omil asosida voqelanishida tabiiy va konseptual aloqa hamda belgiga aylangan aloqadan kelib chiqadigan mohiyatni o‘zida aks ettiruvchi birlik sifatida ahamiyat kasb esa, milliy o‘ziga xosliklar, urf-odatlar va tushunchalar esa ramzlarning nolisoniy omil sifatida shakllanishiga asos bo‘lishi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi ramzlar millat mentaliteti va madaniyatini o‘zida to‘liq namoyon etuvchi eng muhim lisoniy hodisaligi, jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etishi, biron-bir g‘oyani o‘zida mujassamlashtiruvchi badiiy obraz sifatida namoyon bo‘lishi, ijtimoiy-tarixiy va madaniy faktlar haqidagi axborot-ma’lumotlarni o‘zida tugal saqlovchi lingvokulturologik birlik ekanligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek adabiyotida ramzlar tizimi har bir xalqning dunyoqarashi¸ madaniyati¸ tasavvurlari va ruhiyati bilan uzviy bog‘liqligi, ular mazmun va yoʻnalishiga ko‘ra nisbiy tarzda fitomorf, zoomorf, gender kabi turlarga bo‘linishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek adabiyotida ramzlarning lingvopoetik va lingvokulturologik tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi ramzlarning til va nutqda yuzaga kelish sababiyati, ijtimoiy-siyosiy va lisoniy manbalari, shakllanish mexanizmi, badiiy matndagi o‘rni, vazifasi hamda ahamiyati, semantik mazmun-mohiyati lingvopoetik va lingvokulturologik omillar ta’sirida voqelanishiga oid nazariy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 6-dekabrdagi  №39-01-2649-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi ramzlar haqidagi yangi qarashlar adabiyotshunoslik lug‘atlarini takomillashtirishda, she’rshunoslik lug‘atlarini boyitishga erishilgan; 
qiyoslanayotgan tillarda ramzlar lisoniy va nolisoniy omillar natijasida paydo bo‘lishi, lisoniy omil asosida voqelanishida til vositalari muhim ahamiyat kasb esa, milliy o‘ziga xosliklar, urf-odatlar va tushunchalar esa ramzlarning nolisoniy omil sifatida shakllanishiga asos bo‘lishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 18-avgustdagi №152/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi ramzlarning lisoniy hodisa va lingvomadaniy birlik ekanligiga doir tavsiflar ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodologiyasini ishlab chiqishga doir qarashlarni mukammallashtirishga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi ramzlar millat mentaliteti va madaniyatini o‘zida to‘liq namoyon etuvchi eng muhim lisoniy hodisaligi, jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etishi, biron-bir g‘oyani o‘zida mujassamlashtiruvchi badiiy obraz sifatida namoyon bo‘lishi, ijtimoiy-tarixiy va madaniy faktlar haqidagi axborot-ma’lumotlarni o‘zida tugal saqlovchi lingvokulturologik birlik ekanligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan  (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 21-avgustdagi №02-09-217-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi ma’lumotlar milliy-ma’naviy merosni targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘rsatuvlar ssenariysini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish