Zufarova Zul`fiya Ulugbek qizining
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Razrabotka funksional`nogo dizayna gidrokostyuma s povishennimi zashhitnimi svoystvami na osnove formirovaniya ego komponentov” 05.06.04 – “Tikuv buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5129 
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna,  texnika fanlari doktori, professor; Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekstremal ekspluatatsiya sharoitlarida hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi gidrokostyumning funksional dizayni va buyumning issiqlikdan himoyalash, mustahkamlik va eyilishga chidamlilik xususiyatlarini oshirish uchun materialning g‘ovakli strukturasini shakllantirish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    gidrokostyumning funksional xususiyatlariga ta’sir qiluvchi materialning tuzilishi, biriktiruvchi choklarning mustahkamligi, materialning elastiklik xossasi kabi ko‘rsatkichlari ahamiyatlilik koeffisientlarini ekspert baholash asosida aniqlangan;
    gidrokostyum uchun loyihalashtirilgan g‘ovakli elastomer materialining ekspluatatsion va issiqlikdan himoyalash xususiyatlarini ta’minlovchi turli o‘lchamdagi g‘ovaklarning tartibli joylashuvi orqali yangi tuzilma yaratilgan va materialning g‘ovaksimonligini ta’minlovchi ratsional tarkibi ishlab chiqilgan;
    neopren turidagi g‘ovakli materialning yangi tuzilishining fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda "odam-gidrokostyum-suv muhiti" tizimida dinamik muvofiqlik ko‘rsatkichlari asosida gidrokostyum konstruksiyasi uchastkalarining orqa qismi uzunligi va texnologik ishlov berish usullari kabi ratsional parametrlari olingan;    
    materialning issiqlik saqlovchi (sovuqdan himoya qilish) xususiyatini uning turli o‘lchamdagi g‘ovaklarining tartibli joylashuvi tuzilmasiga bog‘liqligi aniqlangan, shuningdek, takomillashtirilgan himoya xususiyatlariga ega bo‘lgan gidrokostyum qobig‘ining konstruktiv funksionaligini shakllantirish mexanizmi va tashqi mehanik ta’siri oqibatida emirilishdan himoyalovchi funksional dizayni ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Komponentlarini shakllantirish asosida yuqori fazoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan gidrokostyumning funksional dizaynini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv ostida elastiklik, issiqlik izolyasiyasi, mustahkamlik va ishqalanishga chidamlilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan neopren turidagi elastomer kompozision g‘ovakli material olish usuliga ixtiroga patent olingan («G‘ovakli material olish usuli», № IAP 7753 , 23.08.2023). Joriy etish natijasida ishning tezkorligi hisobiga samaradorlik 11% ga oshgan;
suv ostida qutqaruv va texnik ishlarni bajarish uchun yuqori ergonomik, eyilishga chidamlilik, mustahkamlik, issiqlik izolyasiyasi va funksional dizayn ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan gidrokostyum uchun patentlar (patent № SAP 02245, № SAP 02452) va «ProDeep,» ya’ni «professional chuqurlik» nomli gidrokostyum uchun firma savdo belgisi olingan (patent № MGU 47710). Natijada loyihalash jarayonida tezkor qaror qabul qilish hisobiga ish unumdorligi 14% ga oshishga erishilgan;
gidrokostyum  «Professional diving» MChJ va «DIGITAL TEXTILE» MChJ, «XUDOYBERDIEV DONIYoRVALIEVICh» XK tikuvchilik korxonalarida ishlab chiqarishda joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 27 avgustdagi 03/25-2277-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot asosida yaratilgan gidrokostyum narxi va taxlil etilgan Yamamoto brendi maxsuloti narxi bilan solishtirilganda, tavsiya etilgan gidrokostyumni ishlab chiqarish unumdorligini 16,8% ga oshirish imkonini berdi, shuningdek, gidrokostyumning himoya xususiyatlari yaxshilanishi hisobiga uning xizmat muddati uzaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish