Shonazarov O‘tkir A’zamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy talqini”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal.772
Ilmiy rahbar: Tilavov O‘ktam G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Musaev  Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ruzieva Ruxsora Xodievna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston yoshlarida jismoniy madaniyatini yuksaltirishning ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-madaniy omillarini ifodalovshi ilmiy-nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“yoshlar”, “yoshlar jismoniy tarbiyasi”, “yoshlar jismoniy madaniyati”, “yoshlarda srort madaniyati” tushunshalari qiyosiy tahlil qilingan, umumfalsafiy va metodologik ahamiyati asoslangan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirish jarayonida kuzatilayotgan differensatsiya va integratsiya jarayonlarining o‘ziga xosligi haqidagi zamonaviy konsersiyalar oshib berilgan;
yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishning kumulyativ, aksiologik, akmeologik, intellektual tashabbus, sotsiokreativ qonuniyat, etnomadaniy metodologiyasi oshib berilgan;
ma’naviy-ma’rifiy va diniy-falsafiy yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar asosida yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishning falsafiy jihatlari oshib berilgan;
yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishda ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-madaniy hamda g‘oyaviy-mafkuraviy tamoyillarning o‘zaro aloqadorligini ilmiy asoslangan;
ma’naviyat, ma’rifat va milliy g‘oyaning yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari kongnitiv, evristik yondashuv nuqtai nazaridan isbotlangan;  
globallashuv sharotida yoshlar jismoniy tarbiyasi va jismoniy madaniyatining ijobiy va rragmatik jihatlari oshib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston yoshlarida jismoniy madaniyatni yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini tadqiq etish asosida:
Ma’naviyat, ma’rifat va milliy g‘oyaning yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari kongnitiv, evristik yondasuv nuqtai nazaridan isbotlangan tadqiqot natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining   yoshlarda jismoniy madaniyatni yuksaltirish jarayonining ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-madaniy hayot tizimida hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalardan  foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 21-dekabr  №02-22/1454-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar ushun jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi zamonaviy falsafiy yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab shiqishda keng foydalanilgan;
Globallashuv sharoitida yoshlar jismoniy tarbiyasi va jismoniy madaniyatining ijobiy va pragmatik jihatlari ochib berilgan ilmiy yangiligida O‘zbekiston ekologik partiyasi o‘z dasturlari orqali Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy talqinini ochib berishda mazkur tadqiqot natijalaridan keng foydalanildi. (O‘zbekiston Ekologik Partiyasi 2024-yil 17-maydagi №01/210 ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijada, yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishda ma’naviyat, ma’rifat, axloq, milliy g‘oyaning tutgan o‘rniga doir umumfalsafiy va metodoligik tavsiyalar nazariy metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishda ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-madaniy hamda g‘oyaviy-mafkuraviy tamoyillarining o‘zaro aloqadorligi ilmiy yangiligida O‘zbekiston Ekologik Harakati “Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy talqini” mavzusidagi dissertasiyasida ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga, ona tabiatga yuksak mehr-muhabbatni kuchaytirish borasida ushbu dissertatsiyadan foydalandi. (O‘zbekiston Ekologik Harakati ma’lumotnomasi) Natijada yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishda iqtisodiy va texnologik taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan global raqobatbardoshlikni anglashiga munosib shart-sharoitlar yaratishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. 
Xususan mamlakatning yangi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojlanishi nuqtai nazaridan jismoniy madaniyatni ijtimoiy-falsafiy tushunish, agar davlatning demografik siyosati amalga oshirilsa va mamlakat tug‘ilish darajasi oshirishning asosiy maqsadlariga erishsa, zarurdir.Vaqt o‘tishi bilan, yangi yosh avlod muqarrar ravishda yangilanish muammosiga duch keladi hamda jismoniy madaniyatning yangi yo‘nalishlari bolalarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va qadriyatlaridan kelib chiqqan holda ta’minlanishi kerakligi; ma’naviy-ma’rifiy va diniy-falsafiy yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar asosida yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishning falsafiy jihatlari ochib berilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari agentligi 2024-yil 28-oktyabr 2-13-21-5569-son  ma’lumotnomasi) Natijada, dissertatsiya ishi mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,yoshlarni jismoniy va ma’naviy kamol toptirish, ularni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish