Alimova Dildora Damirovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish korxonalarining resurs salohiyatini boshqarish samaradorligini oshirish”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1251.
Ilmiy rahbar: Xayitov Sherbek Naimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30/30.09.2022.I.101.04
Rasmiy opponentlar: Zayavitdinova Nafisa Muxammadovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xizmat ko‘rsatish korxonalarining resurs salohiyatini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish korxonasi resurs salohiyatini integral baholashga yondashuv resurslar qaytimi, moliyaviy holat va umumfaoliyat natijadorligi hamda resurs salohiyatini alohida tasnifiy belgilari bo‘yicha guruhlagan holda baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohalari korxonalari “resurs salohiyati”ga yondashuv kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan resurslar va qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarish va foyda olish qobiliyatiga ko‘ra takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonasi resurslarini boshqarish tizimi, jumladan mehnat unumdorligini oshishi, korxona ishchi-xodimlarining kasb-malaka tarkibini shakllanishi hamda mehnatni motivatsiyalash va rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqishga ko‘ra  modellashtirilib, shu asosda xarajatlarni minimallashtirish imkonini kengaytirish asoslangan;
Buxoro viloyatida xizmatlar bozori barqaror rivojlanishi va jami xizmatlar hajmini oshirishning 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xizmat ko‘rsatish korxonalarining resurs salohiyatini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
xizmat ko‘rsatish korxonasi resurs salohiyatini integral baholashga yondashuv resurslar qaytimi, moliyaviy holat va umumfaoliyat natijadorligi hamda resurs salohiyatini alohida tasnifiy belgilari bo‘yicha guruhlagan holda baholashga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 19 dekabrdagi 04-10-33-18003-son  ma’lumotnomasi). Taklif xizmat ko‘rsatish korxonasida resurs salohiyatini ob’ektiv va kompleks baholash aniqligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan; 
xizmat ko‘rsatish sohalari korxonalari “resurs salohiyati”ga yondashuv kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan resurslar va qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarish va foyda olish qobiliyatiga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlanti-rish” dasturini resurslar ta’minloviga ko‘ra tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 19 dekabrdagi 04-10-33-18003-son  ma’lumotnomasi). Taklif resurslarning sifat tavsifiga egaligini hamda istiqbolda jalb etiladigan resurslar miqdori va sifatini hamda qo‘shimcha qiymat yaratishda resurs omili ahamiyatini e’tiborga olgan holda xizmat ko‘rsatish sfatini joriy va istiqbol davrda oshirishga muayyan darajada uslubiy jihatdan xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonasi resurslarini boshqarish tizimi, jumladan mehnat unumdorligini oshishi, korxona ishchi-xodimlarining kasb-malaka tarkibini shakllanishi hamda mehnatni motivatsiyalash va rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqishga ko‘ra  modellashtirilib, shu asosda xarajatlarni minimallashtirish imkonini kengaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 19 dekabrdagi 04-10-33-18003-son  ma’lumotnomasi). Taklif xizmat ko‘rsatish korxo-nalarida biznes jarayonlarini modellashtirish asosida resurslarni boshqarish samaradorligini oshirish tizimini optimallashtirish imkoni-yatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Buxoro viloyatida xizmatlar bozori barqaror rivojlanishi va jami xizmatlar hajmini oshirishning 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 19 dekabrdagi 04-10-33-18003-son  ma’lumotnomasi). Taklif Buxoro viloyati bo‘yicha prognoz davrida jami xizmatlar hajmini 3,8 %ga va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘rtacha mehnat unumdorligini 1,5 %ga oshishi imkoniyailarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish