Buranova Jazira Ergash qizining
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Raqamli transformatsiya sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotining inklyuziv o‘sishini ta’minlash, 08.00.02 – Makroiqtisodiyot, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2021.I.16.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sadikov Shoxrux Shuhratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli transformatsiya sharoitida iqtisodiyotning inklyuziv o‘sishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “milliy iqtisodiyotning inklyuziv o‘sishi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mamlakat aholisining barcha qatlamlari va ijtimoiy guruhlari iqtisodiy o‘sish natijalari va imkoniyatlaridan teng va adolatli foydalanishini ta’minlovchi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlik darajasini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikni yaxshilashga qaratilgan barqaror iqtisodiy taraqqiyot modelini raqamlashtirish imkoniyatlari jihatidan takomillashtirilgan;
aholiga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini raqamli texnologiyalar negiziga o‘tkazishda ijtimoiy to‘lov va subsidiyalarni belgilash va taqdim etish (IS=0,56), monitoring qilish va baholash (MB=0,28), ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rstishni avtomatlashtirish (IXA=0,16) jarayonlari o‘rtasidagi maqbul nisbatlarini belgilash orqali amalga oshirish taklifi asoslangan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra milliy iqtisodiyotning inklyuziv o‘sishini ta’minlashda davlat, jamiyat va biznes o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va o‘zaro hamkorlik mexanizmini barqaror bandlikni ta’minlash, mehnat samaradorligini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan “ijtimoiy shartnoma”orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning inklyuziv o‘sishi va raqamli transformatsiyasiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli transformatsiya sharoitida iqtisodiyotning inklyuziv o‘sishini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar va takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “milliy iqtisodiyotning inklyuziv o‘sishi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mamlakat aholisining barcha qatlamlari va ijtimoiy guruhlari iqtisodiy o‘sish natijalari va imkoniyatlaridan teng va adolatli foydalanishini ta’minlovchi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlik darajasini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikni yaxshilashga qaratilgan barqaror iqtisodiy taraqqiyot modelini raqamlashtirish imkoniyatlari jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy ta’limning 60310100 – “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “O‘rta makroiqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining  2025-yil 11-martdagi 97-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv adabiyotlarida foydalanish talabalarda iqtisodiy o‘sishning inklyuziv mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga imkon yaratgan;
aholiga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini raqamli texnologiyalar negiziga o‘tkazishda ijtimoiy to‘lov va subsidiyalarni belgilash va taqdim etish (IS=0,56), monitoring qilish va baholash (MB=0,28), ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rstishni avtomatlashtirish (IXA=0,16) jarayonlari o‘rtasidagi maqbul nisbatlarini belgilash orqali amalga oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” gi PQ-267-son qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-apreldagi 04/26-1-2-7729-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi dastlabki bosqichda barcha fuqarolar uchun elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqarish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra milliy iqtisodiyotining inklyuziv o‘sishini ta’minlashda davlat, jamiyat va biznes o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va o‘zaro hamkorlik mexanizmini barqaror bandlikni ta’minlash, mehnat samaradorligini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan “ijtimoiy shartnoma” orqali takomillashtirish taklifidan oliy ta’limning 60310100 – “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “O‘rta makroiqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining  2025-yil 11-martdagi 97-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv adabiyotlarida foydalanish talabalarda ijtimoiy shartnoma tizimi mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga imkon yaratgan;
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning inklyuziv o‘sishi va raqamli transformatsiyasiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2025-yil uchun “Byudjetnoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-apreldagi 04/26-1-2-7729-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi YaIM o‘sish sur’ati va aholi jon boshiga YaIM hajmi bo‘yicha o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish