Berdiev Anvar Adivalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Suv resurslaridan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.13-“ Menejment”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4226.
Ilmiy rahbari: Turdiev Abdulla Sagdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Axmedov Sayfullo Normatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanishni boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra suv resurslaridan foydalanishni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi suv resurslarini barqaror boshqarish va rivojlantirishga qaratilgan, suv resurslaridan samarali, adolatli va ekologik barqaror tarzda foydalanishni ta’minlash uchun turli sohalar va manfaatdor tomonlarning hamkorligini talab qiluvchi integratsiyalangan suv resurslarini boshqarish konsepsiyasi asosida takomillashtirilgan;
suv resurslarini baholash usullarining qiyosiy tahliliga ko‘ra manbadagi va iste’mochidagi suvni hisoblash, suvning sifat tarkibini baholash, suvdan foydalanishda yo‘qotishlarni inobatga olish kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha xarajatlar usuli (XU = 3,5), daromadlar usuli (DU = 3), renta usuli (RU = 1,5), marjinal xarajatlar usuli (MXU = 4,5) mezonlari qiymati aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatida ikki martadan ko‘p marta hosil olinadigan er maydonlarida etishtiriladigan qo‘shimcha mahsulotlar hajmining 2027 yilgacha qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlarida suvdan foydalanishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv resurslaridan foydalanishni boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra suv resurslaridan foydalanishni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi suv resurslarini barqaror boshqarish va rivojlantirishga qaratilgan, suv resurslaridan samarali, adolatli va ekologik barqaror tarzda foydalanishni ta’minlash uchun turli sohalar va manfaatdor tomonlarning hamkorligini talab qiluvchi integratsiyalangan suv resurslarini boshqarish konsepsiyasi asosida takomillashtirilgan taklifi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatida suv resurslaridan samarali foydalanishning uslubiy asoslari kengaytirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 dekabrdagi 05/27-4767-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida bir gektar maydonga sarflangan suv miqdorinig hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan suvdan foydalanish hajmini 4 foiz kamaytirishga erishilgan;
suv resurslarini baholash usullarining qiyosiy tahliliga ko‘ra manbadagi va iste’mochidagi suvni hisoblash, suvning sifat tarkibini baholash, suvdan foydalanishda yo‘qotishlarni inobatga olish kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha xarajatlar usuli (XU = 3,5), daromadlar usuli (DU = 3), renta usuli (RU = 1,5), marjinal xarajatlar usuli (MXU = 4,5) mezonlari qiymati aniqlangan taklifi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 dekabrdagi 05/27-4767-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyati hududlarida suvdan foydalanish holati baholanib, tumanlarda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini 17 foizga oshirish va qishloq xo‘jaligi sohasida tomchilab sug‘orish ishlarini tashkil etishda va boshqarishda tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida ikki martadan ko‘p marta hosil olinadigan er maydonlarida etishtiriladigan qo‘shimcha mahsulotlar hajmining 2027 yilgacha qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 dekabrdagi 05/27-4767-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida ikki martadan ko‘p marta hosil olinadigan er maydonlarida etishtiriladigan qo‘shimcha mahsulotlar hajmining uzoq muddatli istiqboldagi asosiy ko‘rsatkich va parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlarida suvdan foydalanishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 dekabrdagi 05/27-4767-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha 2027 yilgacha bo‘lgan strategiyasini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.