Ergasheva Guli Ismoil qizining

filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimdagi tillarda genderga oid terminologiyaning shakllanishida lingvistik va ekstralingvistik omillar”, 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Fil78.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

Ilmiy maslahatchi: Bakieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Usmanova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori; Aleks Kruglov, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi milliy va xalqaro kontekstda gender diskursiga oid terminologiyaning shakllanishida lingvistik va ekstralingvistik omillarni ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

gender terminlar sistemasining inson huquqlariga oid diskurs doirasida professional kommunikatsiyani amalga oshiruvchi kognitiv struktura sifatida shakllanishida lingvistik va ekstralingvistik omillar dalillangan;

gender diskursi terminologiyasi va uni tarjimada berish muammolari germenevtik yondashuv asosida olamni konseptuallashtirish va kategoriyalashtirish nuqtai nazaridan ochib berilgan;

inson huquqlariga oid termin va tushunchalarni konseptuallashtirish va kategoriyalashtirishda freym, prototip, metaforali ideallashgan kognitiv modellar, tabiiy semantik metatil kabi semantik kategoriyalarining amaliy lingvistikaga tatbiqining ijtimoiy ahamiyati dalillangan;

gender terminologiyasi asosida o‘zbek tilida soha terminlarini unifikatsiyalash, xalqaro standartlar asosida me’yorlashtirish yo‘llari ochib berilgan;

gender terminlar sistemasida leksema, so‘zshakl va birikma terminlarning «toraygan – kengaygan» tamoyillari asosida izohlanishi isbotlangan;

leksikografiya sohasida gender terminlar sistemasini shakllantirish gender diskursi rivojlanishining muhim omili ekanligi ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Genderga oid terminlarning shakllanishida lingvistik va ekstralingvistik omillarni aniqlashga qaratilgan mazkur dissertatsiya ishi natijalari asosida:

gender terminlar sistemasining inson huquqlariga oid diskurs doirasida professional kommunikatsiyani amalga oshiruvchi kognitiv struktura sifatida shakllanishida lingvistik va ekstralingvistik omillarni dalillovchi materiallardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” (2007-2011) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 dekabrdagi 89-03-4187-son ma’lumotnomasi). Ayni ilmiy natijaning qo‘llanilishida sohaga oid terminlarni yaratishda tilning ichki ijodiy potensiali, terminlarni shakllanishida o‘ziga xos derivatsion va kognitiv xususiyatlarini tadqiq etish kabi masalalar o‘z echimini topgan;

gender diskursi terminologiyasi va uni tarjimada berish muammolarini germenevtik yondashuv asosida olamni kategoriyalashtirish va konseptuallashtirish nuqtai nazaridan tadqiq etishga doir xulosalar London Metropoliten universiteti ilmiy seminari tomonidan kelgusi tadqiqotlar uchun nazariy manba sifatida xizmat qilishi e’tirof etilgan (London Metropoliten universiteti, tarjimashunoslik fakul`teti ilmiy seminarining 2017 yil 5 apreldagi bayonnomasi, 974438-432-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilgan metoddan magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini yozishda foydalanish mumkin asoslangan;

inson huquqlariga oid termin va tushunchalarni konseptuallashtirish va kategoriyalashtirishda freym, prototip, metaforali ideallashgan kognitiv modellar, tabiiy semantik metatil kabi semantik kategoriyalarning amaliy lingvistikaga tatbiqining ijtimoiy ahamiyati borasidagi xulosalardan Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili” ta’lim yo‘nalishi modullarini o‘qitishda foydalanilgan  (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2018 yil 28 noyabrdagi 10-05/192-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimashunoslik va kognitiv semantika fanlarining integratsiyasi, amaliy lingvistikaning ijtimoiy potensiali kabi masalalar o‘z echimini topgan;

gender terminologiyasi asosida o‘zbek tilida soha terminlarini unifikatsiyalash, xalqaro standartlar asosida me’yorlashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat Kodeksining IV bobida foydalanish imkoniyati e’tirof etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2018 yil 2 fevraldagi 04/5-06-14-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda mavjud bo‘lgan “o‘zga” tushunchalarni termin doirasida shakllantirish, ularni mazmunan to‘g‘ri qo‘llash jamiyatning ushbu tushunchalarga nisbatan ongli munosabatini shakllantirish va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishida yordam beradi;

genderga oid terminlarni «toraygan – kengaygan» izohlash tamoyillariga oid xulosalardan 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan innovatsion hamkorlik shartnomasi asosida faoliyat olib borayotgan innovatsion guruhlar tomonidan yaratilayotgan sohaviy lug‘atlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 noyabrdagi 89-03-4111-son ma’lumotnomasi). Natijada sohaga oid terminlarni izohlash tamoyillari mukammallashgan, izohlarning ilmiy-manbaviy asoslari kuchaygan; 

leksikografiya sohasida terminlar sistemasini shakllantirish sohalararo diskurslar rivojlanishining muhim omili ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTning taraqqiyot dasturi hamkorligidagi loyiha doirasida Genderga oid termin va tushunchalar ensiklopedik lug‘atini tuzishda foydalanilgan (BMTTDning 2018 yil  30 martdagi 250/OL/GGC/210-son ma’lumotnomasi). Natijada leksikografik manba jamiyatda gender diskursini rivojlantirishda muhim omil sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish