Boltaeva Zulayxo Ollaberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksalarda umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklarining nevrologik ko‘rinishlarini kompleks reabilitatsiya dasturini takomillashtirish», 14.00.13-Nevrologiya, 14.00.12-Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2763.
Ilmiy rahbarlar: Adambaev Zufar Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Usmanxodjaeva Adibaxon Amirsaidovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Nargiza Obidjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ivanova Irina Ivanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keksalarda umurtqa pog‘onasi nevrologik buzilishlarning o‘ziga xos xususiyatlari va komorbid kasalliklarni aniqlash, ular asosida sanatoriyada davolanish uchun saralash algoritmi va kompleks reabilitatsiya dasturini ishlab chiqish va uning samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dorsalgiya bilan kasallangan keksalarda, umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan sindromlardan radikulopatiya va engil depressiya belgilari polimorfizmi bilan tavsiflanishi aniqlangan; dorsalgiya bilan og‘rigan keksalarda ichki a’zolarning komorbid kasalliklarini inobatga olgan xolda, tashxislash va davolashda mul`tidissiplinar yondashuvlar ilmiy asoslangan;
sanatoriyada dorsalgiyasi bo‘lgan keksalarni komorbid kasalliklari va neyroviziualogik tekshiruvlar natijalarini inobatga olgan holda sanatoriya guruhlariga ajratib, tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
dorsalgiya bilan og‘rigan keksalarni sanatoriya sharoitida reabilitatsiya qilish va uy sharoitida taqqoslama davolovchi jismoniy tarbiya dasturining samaradorligi bemorlarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va hayot sifatini yaxshilanish ko‘rsatkichlari bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklarining nevrologik ko‘rinishlari tashxisi qo‘yilgan keksa bemorlarda, bel og‘rig‘ining klinik nevrologik kechishi va komorbid kasalliklar xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: dorsalgiya bilan kasallangan keksalarda umurtqa pog‘onasining ko‘plab degenerativ-distrofik kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan nevrologik sindromlaridan ko‘p aniqlangan radikulopatiya va engil depressiya belgilarining polimorfizmi bilan tavsiflanishi aniqlanishi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot Markazi (XVKTTM) 01.07.2022 yildagi 68-sonli buyruq hamda Xorazm viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi 02.08.2022 yildagi 17-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yildagi 15 yanvardagi 11/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: keksalarda bel og‘rig‘ini ikkilamchi profilaktikasini ustunlik qiluvchi xavf omillari va birlamchi bel og‘rig‘ini patogenetik tiplarini hisobga olgan holda amalga oshirish, bu bemorlar orasida uni takroriy kelishini cheklab, keksa bemorlarda hayot sifatini yaxshilanishiga va nogironlikni kamayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: keksa yoshdagi bel og‘rig‘i bilan og‘rigan bemorlarni adekvat, tabaqalashtirilgan kompleks reabilitatsiya davolash usuli qo‘llanishi 100% hollarda nevrologik asoratlarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va qo‘shimcha shifoxonada yotishni talab qilmasligi hisobiga iqtisod qilingan. Xulosa: keksalarda bel og‘rig‘ini noto‘g‘ri tashxis va davolash bilan 100 nafar bemorning 20 foizida periferik nerv tizimida asoratlar rivojlanadi, bu esa 5-7 kun davomida shifoxonada davolanishni talab qiladi. Bu shifoxonada 20×6 (kun) hammasi bo‘lib 120 yotoq-kuniga to‘g‘ri keladi. Bir kunda 480 ming xarajat sarflansa, 100 nafar bemorga 48 million so‘m yoki bitta bemorga 0.48 mln so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: dorsalgiya bilan og‘rigan keksalarda ichki a’zolarning aniklangan komorbid kasalliklarini inobatga olgan xolda, tashxislash va davolashda multidissiplinar yondashuvlar ilmiy asoslangan, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (XVKTTM) 01.07.2022 yildagi 68-sonli buyruq hamda Xorazm viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida 02.08.2022 yildagi 17-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yildagi 15 yanvardagi 11/03-sonli xulosasi) aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: keksa bemorlarda yondosh kasalliklarini aniqlab, keyin davo muolajalari o‘tkazilsa, asoratlar rivojlanib ketishining oldi olinishi xisobiga hayot sifatini yaxshilanishiga va o‘lim ko‘rsatkichi kamayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: keksalarda bel og‘rig‘i bilan birga keladigan xavfli yondosh kasalliklarini aniqlab, to‘g‘ri kompleks reabilitatsiya qilinishi, yondosh kasalliklar asoratlarini rivojlanib ketib, qo‘shimcha statsionarda davolanishni talab qilmasligi orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: keksalarda bel og‘rig‘i bilan birgalikda yondosh kasalliklar xavfini aniqlagan holda, kompleks reabilitatsiya amalga oshirilishi, qo‘shimcha gospitalizatsiya qilishni talab qilmaydi. Noto‘g‘ri tashxis va davolash orqali bitta bemorga qo‘shimcha 5-7 kun koyka kuni va qo‘shimcha dori-darmonlar uchun byudjet mablag‘larni 2880000 (6×480000) so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: sanatoriya sharoitida bemorlarni diagnostik tahlillar natijasida guruhlarga (to‘liq davolovchi sanator tartib, cheklangan davolovchi sanator tartib, minimal davolovchi sanator tartib) ajratib, reabilitatsiya algoritmi ishlab chiqilgan. Keksalarda bel og‘rig‘ini uy sharoitida davolash uchun guruhlarda taqqoslama davolovchi jismoniy va aerob mashqlar monitoring dasturi ishlab chiqildi. Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot Markazi (XVKTTM) 01.07.2022 yildagi 68-sonli buyruq hamda Xorazm Viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi 02.08.2022 yildagi 17-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yildagi 15 yanvardagi 11/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bu algoritm va uy sharoitida keksalar uchun taqqoslama jismoniy tarbiya mashqlaridan foydalanilsa, kasallikning ikkilamchi profilaktikasi xisobiga bemorlarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish qobiliyati ortadi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritm va reabilitatsion dasturdan oqilona foydalanilganda, keksa bemorlarda kasallik remissiya davri uzoq vaqtga cho‘zilishiga olib keladi va qo‘shimcha dorilar qabul qilmasliklari va statsionarga yotmasliklari bilan iqtisod qilingan. Xulosa: sanatoriya kompleks reabilitatsiya dasturidan foydalanish va uy sharoitida taqqoslangan jismoniy tarbiya mashqlaridan foydalanish , keksa bemorlarda kasallik qo‘zishini oldini oladi va 1 nafar bemor uchun 2880000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: dorsalgiya bilan og‘rigan keksalarni sanatoriya sharoitida reabilitatsiya qilish va uy sharoitida taqqoslama davolovchi jismoniy tarbiya dasturining samaradorligi bemorlarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va hayot sifatini yaxshilanishi bilan isbotlangan. Bular natijasida o‘z-o‘ziga xizmat qilishning, ya’ni hayot sifatining pasayishiga olib keladi. Bu ko‘rsatkichlar korrelyasion bog‘liqligi aniqlanishi, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot Markazi (XVKTTM) 01.07.2022 yildagi 68-sonli buyruq hamda Xorazm viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi 02.08.2022 yildagi 17-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yildagi 15 yanvardagi 11/03- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: keksalarda bel og‘rig‘ini davolash samaradorligini baholash lozim bo‘lganda kompleks reabilitatsiya dasturidan tanlab foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: neyropsixologik shkalalardan dinamikada foydalanish natijasida qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilishni talab qilmasligi hisobiga iqtisod qilingan. Xulosa: neyropsixologik shkalalar dinamikada qo‘llanishi natijasida kompleks reabilitatsiya dasturini bemorga ijobiy yoki salbiy ta’sirini bilishga yordam beradi va qo‘shimcha tekshiruvlar uchun 1 ta bemorga 500-600 ming so‘m iqtisod qilingan.