Ergasheva Go‘zal Qurbonalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus va o‘zbek tillari psixologiya terminlarining leksik-semantik xususiyatlari”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil90.
Ilmiy rahbar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna filologiya fanlari doktori.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Xamidullo Aripovich filologiya fanlari doktori, professor; Latipov Oqil Juraqulovich filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: rus va o‘zbek tillari psixologiya terminlarining leksik-semantik xususiyatlarini chog‘ishtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rus va o‘zbek tillaridagi psixologiya terminlarining sinonimik, antonimik, giponimik, graduonimik munosabatlari chog‘ishtirma-tipologik asosida isbotlangan;
rus va o‘zbek tillaridagi psixologiya terminlari o‘rtasidagi omonimik (boshqa terminologik sistemadagi terminlar bilan), paronimik munosabatlar dalillangan;
rus va o‘zbek tillarida psixologiya terminlarining hozirgi bosqichdagi holati izohlangan, terminologiyaning ichki leksik zaxirasi tashqi leksika ta’siri hisobiga boyib borishi isbotlangan, o‘zlashmalarning miqdoriy darajasi aniqlangan;
psixologiya terminlarining qo‘llanish darajasiga ko‘ra turlari tasnif qilish natijasida ularining ishlatilishi jamiyat a’zolarining mentaliteti, dini, urf-odatlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rus va o‘zbek tillari psixologiya terminlarining leksik-semantik xususiyatlari yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
rus va o‘zbek tillaridagi psixologiya terminlarining sinonimik, antonimik, giponimik, graduonimik munosabatlari chog‘ishtirma-tipologik asosida isbotlangan xulosalardan A-1-209 raqamli «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 22 dekabrdagi FTA-02-11/1348-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologik terminlarning yasalishi, struktur - semantik andozalari va genetik tahlili yuzasidagi nazariy qarashlar boyitilgan;
rus va o‘zbek tillaridagi psixologiya terminlari o‘rtasidagi omonimik (boshqa terminologik sistemadagi terminlar bilan), paronimik munosabatlar dalillangan xulosalardan IOT-2013-1-55 raqamli «Jurnalistika fakul`tetlari bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun o‘quv qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratish va nashrga tayyorlash» mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 21 dekabrdagi 89-03-3363-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistlar uchun tayyorlangan qo‘llanmada dissertatsiya materiallari jurnalistika sohasida qo‘llanilayotgan psixologiya terminlarini yoritib berishda manba bo‘lib xizmat qilgan;
rus va o‘zbek tillarida psixologiya terminlarining hozirgi bosqichdagi holati izohlangan, terminologiyaning ichki leksik zaxirasi tashqi leksika ta’siri hisobiga boyib borishi isbotlangan, o‘zlashmalarning aniqlangan miqdoriy darajasidan FA-F1-G041 raqamli «O‘zbek tili leksikasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 22 dekabrdagi FTA-02-11/1348-son ma’lumotnomasi). Natijada inson va uning psixologiyasini belgilovchi mezonlarni yoritib beruvchi terminlarning shakllanishi, mavzuiy guruhlariga oid ilmiy qarashlarning boyitilishga xizmat qilgan;
psixologiya terminlarining qo‘llanish darajasiga ko‘ra turlari tasnif qilish natijasida ularining ishlatilishi jamiyat a’zolarining mentaliteti, dini, urf-odatlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «O‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2-9-sinflar uchun o‘zbek tili fani davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish hamda Vazirlar Mahkamasining 803-Farmoyishi asosida 10-11-sinflar uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining 2018 yil 20 fevraldagi 01/11-01/4-221-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologiya terminlarining qo‘llanish darajasiga ko‘ra turlari tasniflashtirilgan.