Mamatov Vaxidjon Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fosfor o‘g‘itlarining chiqindisi asosida ko‘pikfosfogipsli bloklarni optimal tarkibi va ishlab chiqarish metodologiyasi”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2959.
Ilmiy rahbar: Sattorov Zafar Muradovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Rahimboy Atajanovich, texnika fanlari doktori, professor; Shakirov Tuyg'unjon Turg'unovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Mahalliy fosfor o‘g‘itlari chiqindisi va kalsiy gidroksidning suvli eritmasidan foydalanib, kompozision ko‘pikfosfogipsli bloklarning optimal tarkibini ishlab chiqish, ularning fizik-mexanik va fizik-kimyoviy xossalarini chuqur o‘rganish hamda ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gips 70%, fosfor o‘g‘itlarining chiqindisi 30% va ularning umumiy massasiga nisbatan kalsiy gidroksidning (Ca(OH)2) 56% suvli eritmasini qo‘shib, gips bog‘lovchini 30% tejash imkonini beruvchi ko‘pikfosfogipsli bloklarning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
gips, fosfor o‘g‘itlarining chiqindisi va kalsiy gidroksidning suvli eritmasining o‘zaro ta’siri natijasida ko‘pikfosfogipsli bloklarning fizik-mexanik, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini aniqlash va tanlab olingan tarkiblarni matematik model orqali tizimli ravishda optimallashtirilgan;
fosfor o‘g‘itlari chiqindisi tarkibidagi sulfat kislotasi qoldiqlarini kalsiy gidroksid suvli eritmasi bilan tozalash, reaksiya natijasida neytral muhitga ega bo‘lgan CaSO4·2H2O hosil qillish orqali chiqindidan samarali foydalanish usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor ko‘pikfosfogipsli bloklarni ishlab chiqarishda fosfor o‘g‘itlari chiqindisiga kalsiy gidroksidning suvli eritmasi bilan ishlov berish orqali olingan xom ashyodan foydalanilganda u asosida tayyorlangan bloklarning mustahkamlik ko‘rsatkichlari 11–15% ga oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fosfor o‘g‘itlarining chiqindisi va kalsiy gidroksidning suvli eritmasi qo‘shilgan ko‘pikfosfogipsli blok buyumlarning tarkiblarini loyihalash va xossalarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Fosfor o‘g‘itlari chiqindisi va kalsiy gidroksidning suvli eritmasi bilan modifikatsiya qilingan optimal tarkibli ko‘pikfosfogipsli bloklarni ishlab chiqarish samaradorligi oshirilgan va energiya tejamkor texnologiyasi asosida devorbop bloklar uchun ko‘pikfosfogipsli blok buyumlari ishlab chiqarish Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi “Ferghana Ceramics industry” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 18-noyabrdagi 04/15-3510-sonli ma’lumotnomasi). Natijada D900 markadagi ko‘pikfosfogipsli bloklar qorishmasining suvga talabchanligini 15-20% kamaytirishga erishilgan;
Fosfor o‘g‘itlari chiqindisi va kalsiy gidroksidning suvli eritmasining ta’sir qilish mexanizmi asosida modifikatsiya qilingan yangi optimal tarkibli ko‘pikfosfogipsli bloklarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish asosida ichki to‘siq konstruksiyalari uchun ariqcha-taroqli bloklar buyumlari ishlab chiqarish Toshkent shahridagi “MARMARIS” QK MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 18-noyabrdagi 04/15-3510-sonli ma’lumotnomasi). Natijada D900 markadagi ko‘pikfosfogipsli blok qorishmasida mustahkamligini saqlagan holda gips sarfini 20-30% kamaytirishga erishilgan.