Murtazaeva Feruza Rashitovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Rus, o‘zbek va inglizzabon “ayol nasri” da badiiy psixologizmning o‘ziga xosligi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2. DSc/Fil579.
Ilmiy maslahatchi: Pardaeva Zulfiya Juraevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor, Gafurov Baxtiyor Zokirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus, o‘zbek va inglizzabon “ayol nasri”da badiiy psixologizmning o‘ziga xosligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ayol mualliflar personajlar psixologiyasini, ularning hissiyotlari, tuyg‘ulari, ichki ziddiyatlar, hissiy kechinmalarini sezgilari orqali ochib berishning irratsional jihatlariga e’tibor berib, empatiya orqali personajlarning individual dunyosini jonli va hissiyotga to‘la xususiyatlarini voqelantiruvchi tasvirlarni yaratsa, erkak mualliflar psixologiyani yoritishda ratsional jihatlarga ahamiyat qaratishi isbotlangan;
rus, o‘zbek va inglizzabon “ayollar nasri”da birinchi va uchinchi shaxs roviyligi ayol obrazlari tipologiyasini aks ettirishning asosiy usullari ekanligi, birinchi shaxs narratorligi qahramonlarning ichki dunyosiga sho‘ng‘ish imkonini bersa, uchinchi shaxs roviyligi orqali muallif oraliq masofa hosil qilishi, voqealarni kuzatish va ayol personajlarning harakatlari, o‘y-fikrlarini obektiv baholash imkonini berishi dalillangan;
ayol nutqining psixologik belgilari, qahramonlarning individualligi va hissiy holatini ishonchli etkazish personajlarning nutq xususiyatlari va psixologik koordinatalarini bevosita og‘zaki ifodalaydigan vosita sifatida xizmat qiluvchi epistolyar janrga taalluqli asarlarda yaqqol namoyon bo‘lishi aniqlangan;
rus, o‘zbek va inglizzabon “ayollar nasri”da adibalar zo‘ravonlik holatlarida ayol qahramonlarning qarshilik, moslashish, qochish va o‘z-o‘zini yo‘q qilish kabi to‘rt turdagi xulq-atvor strategiyalarini tanlashda ijtimoiy-madaniy munosabatlar, shaxsiy e’tiqod, o‘z-o‘zini hurmat qilish, o‘zgalarning qo‘llab-quvvatlashi, tasodifiy hayotiy sharoitlar kabi omillarning yetakchilik qilishi aniqlangan;
ayol mualliflar ijodida tushlar va xotiralar ayol qahramonlar ichki dunyosini tasvirlashning dominant shakllari o‘laroq tushlarda ayol ichki dunyosining ko‘zgusi sifatida kundalik hayotda anglashilmaydigan yashirin istaklar, qo‘rquv va his-tuyg‘ular o‘z aksini topsa, xotiralarda shaxsning shakllanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadigan o‘tmish voqealari va tajribalarining voqelanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus, o‘zbek va inglizzabon “ayollar nasri”da badiiy psixologizmning o‘ziga hosligini tahlil qilish jarayonida erishilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
personajlar psixologik aspektlarini o‘zida mujassam etish usullari va shakllarining xilma-xilligi muallifning ayollar ichki dunyosini ochib berishga individual yondashuvini aks ettirishi, erkak mualliflar, odatda, psixologizmni yoritishda ratsional jihatlarga, ayol mualliflar esa hisssiyotlar, tuyg‘ular, kechinmalar va sezgi kabi irratsional jihatlarga e’tibor berishi, shunga ko‘ra ayol va erkak yozuvchilarning psixologizmni tasvirlash usullari farqlanishi, biroq umumiy usullar ham erkak, ham ayol yozuvchilar tomonidan bir xilda ishlatilishi mumkinligi doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 17-oktyabrdagi №01/10-2154-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotlarni taqqoslash natijasida rus, o‘zbek va jahon ayollar nasrida ayollar ichki dunyosini ochib berishga yordam beruvchi psixologizmni tasvirlashning o‘ziga xos shakllari aniqlangan va bu loyihaning monografik tadqiqotlari tezaurusini adabiy atamalar bilan boyitish hamda xulosalarini ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
rus, o‘zbek va inglizzabon “ayollar nasri”da birinchi va uchinchi shaxs roviyligi ayol obrazlari tipologiyasini aks ettirishning asosiy usullari ekanligi, birinchi shaxs narratorligi o‘quvchiga chuqur hissiy ta’sir etib, qahramonlarning ichki dunyosiga sho‘ng‘ish imkonini bersa, uchinchi shaxs roviyligi orqali muallif oraliq masofa hosil qilishi, voqealarni kuzatish va ayol personajlarning harakatlari, o‘y-fikrlarini obektiv baholash imkonini berishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 11-apreldagi №17.01/55-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallarining ilmiy qarashlar, yangi adabiy an’analar doirasidagi innovatsion yondashuvlar bilan boyitilishiga erishilgan; 
ayol nutqining psixologik belgilari, qahramonlarning individualligi va hissiy holatini ishonchli etkazish personajlarning nutq xususiyatlari psixologik koordinatalarini bevosita og‘zaki ifodalaydigan vosita sifatida xizmat qiluvchi epistolyar janrga taalluqli asarlarda yaqqol namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 yillarda bajarilgan  PZ – 2020042022 “Turkiy  tillarning lingvodidaktik  elektron  platformasini  yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 2-noyabrdagi №01/10-2320-son ma’lumotnomasi). Natijada bunday tarjima amaliyoti natijasida turli madaniyat va millatga mansub ayollar nasridagi badiiy psixologizmni o‘rganish zamonaviy adabiy jarayonni yaxshiroq tushunish, o‘zbek xalqining adabiy merosi haqidagi bilimlarni kengaytirish imkonini bergan va o‘zbek tili lug‘atini ishlab chiqishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
xronotopik psixologizm ayol mualliflar ijodida ayol personajlarning ichki dunyosini ochib berishning muhim badiiy uslubi bo‘lib, badiiy psixologizm personajlarning ichki dunyosiga e’tibor qaratishi, xronotop esa ularning harakatlari sodir bo‘ladigan va voqealar rivojlanadigan kontekstni ifodalashiga oid ilmiy  xulosalardan Qozon federal universitetining filologiya va madaniyatlararo aloqa instituti 45.04.01 – Filologiya mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrant talabalari o‘quv jarayonida “Jahon adabiyotining zamonaviy yo‘nalishlari”, “Rus adabiyoti jahon kontekstida” va “Badiiy matn tahlili” fanlaridan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tishda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universitetining 2023-yil 12-dekabrdagi №01.2.10.1.01–09/726/2023-son ma’lumotnomasi). Natijada natijalari ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarni ayol narratorlar qo‘llaydigan psixologik usullar haqidagi yangi ma’lumotlar bilan boyitishga yordam bergan. Magistrlar jahon adabiyoti kontekstida zamonaviy ayollar nasrining yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, shuningdek, matnni adabiy tahlil qilish va psixologik jihatlar bilan bog‘liq badiiy uslublarni talqin qilish ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishgan;
rus, o‘zbek va inglizzabon “ayollar nasri”da adibalar zo‘ravonlik holatlarida ayol qahramonlarning qarshilik, moslashish, qochish va o‘z-o‘zini yo‘q qilish kabi to‘rt turdagi xulq-atvor strategiyalarini tanlashda ijtimoiy-madaniy munosabatlar, shaxsiy e’tiqod, o‘z-o‘zini hurmat qilish, o‘zgalarning qo‘llab-quvvatlashi, tasodifiy hayotiy sharoitlar kabi omillarning yetakchilik qilishiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Rus madaniyati markazining “Rus tili va adabiyotini o‘qitishda yangi texnologiyalar” ilmiy-amaliy seminarlari doirasida o‘tkazilgan “Jahon adabiyoti kontekstida ayollar nasri” mavzusidagi seminarda foydalanilgan (O‘zbekiston Rus madaniyati markazining 2023-yil 25-sentyabrdagi №02-68-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy va madaniy sohada “ayollar nasri”, “ayollar dunyosi”, “ayollar dunyoqarashi”, “ayol obrazlari va xarakterlari tipologiyasi” kabi tushunchalar qo‘llanila boshlagan; 
ayol mualliflar ijodida tushlar va xotiralar ayol qahramonlar ichki dunyoni tasvirlashning dominant shakllari ekanligi, tushlarda ayol ichki dunyosining ko‘zgusi sifatida kundalik hayotda anglashilmaydigan yashirin istaklar, qo‘rquv va his-tuyg‘ular o‘z aksini topsa, xotiralarda shaxsning shakllanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadigan o‘tmish voqealari va tajribalarining voqelanishi oid xulosa va natijalardan Ozbekiston Respublikasi oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 3912292-raqamli nashr guvohnomasi asosida 51122500-O‘zga tili guruhlarda rus tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan «Sovremenniy literaturniy protsess» (“Zamonaviy adabiiy jarayon”) nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 16-noyabrdagi №01-04/4478-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy ayol yozuvchilar asarlarida aks ettirilgan turli janr va mavzular bilan birga, ayollarning zamonaviy adabiyotga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida, “ayollar nasri” ning o‘rni  bilan bogliq metodologik va nazariy tushunchalar boyicha materialning bayon etilish sifati oshirilgan;
rus, o‘zbek va inglizzabon “ayollar nasri”da adibalar zo‘ravonlik holatlarida ayol qahramonlarning qarshilik, moslashish, qochish va o‘z-o‘zini yo‘q qilish kabi to‘rt turdagi xulq-atvor strategiyalarini tanlashda ijtimoiy-madaniy munosabatlar, shaxsiy e’tiqod, o‘z-o‘zini hurmat qilish, o‘zgalarning qo‘llab-quvvatlashi, tasodifiy hayotiy sharoitlar kabi omillarning yetakchilik qilishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Psixolog huzurida”, “Intervyu+”, “Oqshomda suhbat” teledasturlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-oktyabrdagi № 02-09-287-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning jahon, rus va o‘zbek adabiyotida ayol xarakterining tiplari, kechinmalari va psixologiyasi haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga  erishilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish