Ismailova Hilola Inomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy-siyosiy matnlarda qo‘llanuvchi evfemizmlarning lingvokulturologik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1485
Ilmiy rahbar: Bektashev Otabek Qodiralievich filologiya fanlari bo‘icha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil 132.01
Rasmiy opponentlar: G‘anieva Dildora Azizovna filologiya fanlari doktori, dotsent; Ataboev Nozimjon filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy-siyosiy matnlarda ifodalangan evfemizmlarning pragmalingvistik va lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek madaniyatida evfemizmlarning nutqiy voqelanishi, tabu va evfemizmlarning shakllanish asoslari, ularning semantik tasnifi, mavzuiy guruhlari, qo‘llanish sohalari, ifoda imkoniyatlari, situatsion va kontekstual jihatlari lingvokulturologik aspekda o‘rganilib, evfemik birliklarning ijobiylik, salbiylik, neytrallik xususiyatlari hamda kommunikativ intensiyasi aniqlangan;
evfemizmlar muloqot jarayonida bayon etilayotgan fikrning salbiy ta’sirini kamaytirish, yumshatish maqsadida jamiyat ehtiyoji, muloqot ehtiyoji, axloqiy ehtiyoj sababli yuzaga kelishi va ularning semantik kategoriyalari: kasbga doir evfemizmlar, kasallikka doir evfemizmlar, o‘lim bilan bog‘liq evfemizmlar, jinoyat mavzusiga doir evfemizmlar, iqtisodiyot sohasiga doir evfemizmlar, siyosiy va harbiy sohaga doir evfemizmlarning lingvostilistik jihatlari asoslangan;
evfemizmlarning pragmalingvistik, sotsiolingvistik va paralingvistik jihatlari asosida ma’lum bir xalqning muloqot etiketi, madaniy o‘ziga xosliklari va manipulyasion strategiyalarining namoyon bo‘lishi fonetik, leksik, grammatik va tasviriy vositalar: metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya, idioma, alluziya, frazema, parafraza, vazifadoshlik kabi ma’no ko‘chish usullari orqali yuzaga chiqishi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi ijtimoiy-siyosiy matnlar, xususan, president.uz, daryo.uz,kun.uz,qalmpir.uz,ilmiybaza.uz,amudarya.uz,meros.uz.history.com,bbc.com,medium.com,theguardian,trumpwhitehouse.archives.gov,org.publications,bidenwhitehouse.archives.gov, facebook.com, twitter.com saytlaridagi ijtimoiy-siyosiy matnlarda ifodalangan evfemizmlarning milliy-madaniy, etik-estetik, pragmatik xususiyatlari va ularning lingvistik statusi ingliz va o‘zbek siyosatchilari nutqida qo‘llanilishi lingvistik aspekda o‘rganilib, evfemik birliklarning shaxslararo, xalqlararo, millatlararo va davlatlararo munosabatlarning barqarorligini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot yuzasidan nazariy va amaliy tavsiyalar va xulosalar quyidagilarga tatbiq etilgan:
ingliz va o‘zbek madaniyatida evfemizmlarning nutqiy voqelanishi, tabu va evfemizmlarning shakllanish asoslari, ularning semantik tasnifi, mavzuiy guruhlari, qo‘llanish sohalari, ifoda imkoniyatlari, situatsion va kontekstual jihatlari lingvokulturologik aspekda o‘rganilib, evfemik birliklarning ijobiylik, salbiylik, neytrallik xususiyatlari hamda kommunikativ intensiyasiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan 2020-2022-yillarda bajarilgan“FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar ilmiy yangiliklar asosida dastur hamda qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlanishiga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
evfemizmlar muloqot jarayonida bayon etilayotgan fikrning salbiy ta’sirini kamaytirish, yumshatish maqsadida jamiyat ehtiyoji, muloqot ehtiyoji, axloqiy ehtiyoj sababli yuzaga kelishi va ularning semantik kategoriyalari: kasbga doir evfemizmlar, kasallikka doir evfemizmlar, o‘lim bilan bog‘liq evfemizmlar, jinoyat mavzusiga doir evfemizmlar, iqtisodiyot sohasiga doir evfemizmlar, siyosiy va harbiy sohaga doir evfemizmlarning lingvostilistik jihatlariga oid nazariy tavsiyalardan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2020-2022-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172-sonli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 03-iyuldagi 04/1- 1743-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan evfemizmlarning semantik kategoriyalari asosida ingliz va o‘zbek xalqlariga xos til birliklari lug‘atini boyishi va milliy-madaniy xususiyatlarini takomillashuviga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi ijtimoiy-siyosiy matnlar, xususan, president.uz, daryo.uz,kun.uz,qalmpir.uz,ilmiybaza.uz,amudarya.uz,meros.uz.history.com,bbc.com,medium.com,the guardian, trumpwhitehouse.archives.gov,org.publications, bidenwhitehouse.archives.gov, facebook.com, twitter.com saytlaridagi saytlaridagi ijtimoiy-siyosiy matnlarda ifodalangan evfemizmlarning milliy-madaniy, etik-estetik, pragmatik xususiyatlari va ularning lingvistik statusi ingliz va o‘zbek siyosatchilari nutqida qo‘llanilishi lingvistik aspekda o‘rganilib, evfemik birliklarning shaxslararo, xalqlararo, millatlararo va davlatlararo munosabatlarning barqarorligini ta’minlashi isbotlanganligiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” tomonidan efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlarning 2024-yil fevral va may oyidagi sonlarida tadqiqotga tortilgan mavzu yuzasidan tayyorlangan ssenariyda foydalanilgan (O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 10-iyundagi 04-036-834-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar evfemiologiya sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlarning turli nazariy qarashlari, evfemizm terminining shakllanishi, mazkur vositalarning tasnifi va tahlili, verbal, noverbal muloqot turlarining nutq jarayonidagi o‘rni, vazifasi, milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlari kabi masalalarga oid ilmiy dalillar bilan boyitilgan.