Gulova Munisaxon Afzalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Migrenning arterial gipertenziya kasalligi bilan birgalikda kelganida rivojlanadigan surunkali miya ishemiyasi shakllanishining zamonaviy klinik, gemodinamik va ba’zi biokimyoviy jihatlari», 14.00.13 – Nevrologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2764.
Ilmiy rahbar: Saidvaliev Farrux Saidakromovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karakulova Yuliya Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: xafaqon kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda  migrenning klinik, gemodinamik, neyrovizual, bioximik o‘ziga xosligini o‘rganish, tomir asoratlari rivojlanishining asosiy tashxislash mezonlarini aniqlab surunkali miya ishemiyasining erta tashxislash algoritmini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik, nevrologik, neyropsixologik o‘zgarishlarga ko‘ra migrenning xafaqon kasalligi bilan hamkor kechganida  surunkali miya ishemiyasi erta rivojlanishi asoslangan;
migrenning xafaqon kasalligi bilan hamkor kelganida elektroensefalografiya usuli asosida surunkali miya ishemiyasi rivojlanishining yuqori (HRVD=3) va o‘ta yuqori (HRVD=4) xavf darajaga ega neyrofiziologik prognostik me’zoni aniqlangan;  
xafaqon kasalligi bilan birga kechadigan migrenda serebral tomirlar autoregulyasiyasi va miya zaxira holatining keskin pasayishi, ensefalomalyasiya o‘choqlarining shakllanishi, trigliserid, PZLP, kortizol, SRO, D-dimer miqdorining oshishi kasallik erta davrida tomir ensefalopatiyasi rivojlanishining asosiy me’zonlari ekanligi isbotlangan;
xafaqon kasalligi hamkorligida kechadigan migren` fonida shakllana-digan surunkali miya ishemiyasini erta tashxislash algoritmi patomorfologik xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Migrenning xafaqon kasalligi bilan hamkor kechishida erta rivojlanadigan surunkali miya ishemiyasining klinik, gemodinamik, biokimyoviy kompleks tekshiruvlar ilmiy natijasi asosida:
migrenning xafaqon kasalligi bilan hamkor kechishida tashxislash tamoyiliga asoslangan «Xafaqon kasalligi bilan komorbid kechuvchi migrenning tashxislash algoritmi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 30 sentyabrdagi 24-m/045-sonli ma’lumotnomasi). O‘tkazilgan tadqiqot natijasi Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi, Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/79-sonli xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi migrenning xafaqon kasalligi bilan hamkor kechishida nevrologik, bosh miya qon-tomir asoratlarini erta tashxislash, profilaktik tadbirlarini ishlab chiqish, og‘ir va qaytmas nevrologik asoratlarning (surunkali miya ishemiyasi) oldini olish va shu orqali nogironlik darajasini kamaytirishga imkon yaratgan. 
birinchi ilmiy yangilik: klinik, nevrologik, neyropsixologik o‘zgarishlarga ko‘ra migrenning xafaqon kasalligi bilan hamkor kechganida  surunkali miya ishemiyasi erta rivojlanishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: xafaqon kasalligi hamkorligida kechgan migrenli bemorlarda klinik, nevrologik, neyropsixologik, psixoemotsional zararlanish belgilari asosida bemor yoshidan qat’iy nazar surunkali miya ishemiyasi rivojlanishini erta aniqlashga erishilgan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: xafaqon kasalligi hamkorligida kechgan migrenda nevrologik, gemodinamik, neyrofiziologik, neyrovizual buzilishlar ambulator sharoitida erta aniqlanganligi orqali statsionar davo muddatini qisqartirishga imkon yaratildi. Tekshiruvlar asosida surunkali miya ishemiyasi rivojlanishini erta aniqlash orqali statsionar davolanish davomiyligi 10 kundan 8 kunga qisqargan, bu esa 238700 so‘m kunlik xarajat hisobidan har bir bemorda byudjet mablag‘laridan 477400 so‘m iqtisod qilishga erishilgan va 20 nafar bemor uchun 40 statsionar davo/kun va 9548000 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: Olingan natijalarga asoslanib xafaqon kasalligi hamkorligida kechgan migrenli bemorlarda rivojlanadigan bosh miya qon-tomir asoratlarini ertaaniqlash natijasida har bir bemorga 2 statsionar davo/kun, 477400 so‘m koyka/kun hisobidan, 252642 so‘m dori-vositalari hisobidan mablag‘ iqtisod qilingan va har bir bemor uchun 730042 ming so‘mlik iqtisodiy samaraga erishilgan, kasallik asorati rivojlanishining oldi olingan, natijada hayot sifati yaxshilangan, ishga yaroqlilik ko‘rsatkichi tiklangan, shu bilan ijtimoiy samaraga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik. migrenning xafaqon kasalligi bilan hamkor kelganida elektroensefalografiya usuli asosida surunkali miya ishemiyasi rivojlanishining yuqori (HRVD=3) va o‘ta yuqori (HRVD=4) xavf darajaga ega neyrofiziologik prognostik me’zoni aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: migrenning xafaqon kasalligi bilan komorbid kechganida gemodinamik, neyrovizual, neyrofiziologik, biokimyoviy (gemostaziogramma, lipid spektri) ko‘rsatkichlarning patologik o‘zgarishi asosida tomir ensefalopatiyasining erta shakllanishi isbotlangan holda nevrolog, terapevt va umumiy amaliyot shifokorlari uchun erta profilaktik tadbirlarni tanlash va o‘tkazishga xizmat qiladi, shuningdek, ushbu kasallik ustidan nazorat qilish, ushbu bemorlarga differensiallashgan yondashishhamda chuqur kognitiv faoliyat buzilishi oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ambulator va statsionar sharoitida gemodinamik, neyrovizual, neyrofiziologik, biokimyoviy (gemostaziogramma, lipid spektri) ko‘rsatkichlarini tahlil etish orqali migrenning xafaqon kasalligi bilan komorbid kechganida davolashning differensial usuli tanlanadi, bu esa poliprogmaziyaning oldini olib dori vositasiga ketadigan mablag‘ni uchdan bir qismga qisqartirish imkonini beradi, ushbu miqdor har bir bemor uchun byudjet xarajatlarini 1 kunda 126321 sum, 10 kunda esa 1263210 so‘mga iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: migrenning xafaqon kasalligi bilan komorbid kechganida gemodinamik, neyrovizual, neyrofiziologik, biokimyoviy ko‘rsatkichlarning patologik o‘zgarishi surunkali miya ishemiyasining erta rivojlanishi isbotlanganhamda bashoratlashdagi ahamiyati tasdiqlangan. 
uchinchi ilmiy yangilik. xafaqon kasalligi bilan birga kechadigan migrenda serebral tomirlar autoregulyasiyasi va miya zaxira holatining keskin pasayishi, ensefalomalyasiya o‘choqlarining shakllanishi, trigliserid, PZLP, kortizol, SRO, D-dimer miqdorining oshishi kasallik erta davrida tomir ensefalopatiyasi rivojlanishining asosiy me’zonlari ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotda olingan nitajalar asosida ehtimoli kuchli tomir ensefalopatiyasi, chuqur kognitiv buzilishlar sabab hayot sifatining pasayishi, nogironlik rivojlanishining oldini oluvchi profilaktik yondashish hamda erta tashxislash imkonini beruvchi tashxislash mezonlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: migrenning xafaqon kasalligi bilan komorbid kechganida nevrologik va bosh miya qon-tomir asoratlarini erta tashxislash natijasida har bir bemor hisobiga 10 kunda 1263210 so‘m dori vositalari, 2387000 so‘m statsionar davo/kun hisobiga (jami: 3650210 so‘m) so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Olingan ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishi migrenning xafaqon kasalligi bilan komorbid kechganida rivojlanadigan nevrologik, tomir asoratlarini kamaytirish, tibbiyot xodimlarining ushbu kasallik to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish, bemorlarni yanada samarali davolash, kasallik erta davrida profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tanlash  imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. xafaqon kasalligi hamkorligida kechadigan migren` fonida shakllana-digan surunkali miya ishemiyasini erta tashxislash algoritmi yaratilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotda olingan nitajalar asosida ehtimoli kuchli surunkali miya ishemiyasi, chuqur kognitiv buzilishlar sabab hayot sifatining pasayishi, nogironlik rivojlanishi profilaktikasiga imkon yaratuvchi erta tashxislash algoritmi yaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: migrenning xafaqon kasalligi bilan komorbid kechganida nevrologik va bosh miya qon-tomir asoratlarini erta tashxislash algoritmi ortiqcha tekshiruv usullarini tadbiq etmaslikni taqozo etgan va bu bilan 1124000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Olingan ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishi migrenning xafaqon kasalligi bilan komorbid kechganida rivojlanadigan surunkali miya ishemiyasini erta tashxislash bemorlarda asoratlar profilaktikasini o‘tkazish, erta, maqsadli va individual davo tanlash imkonini bergan va bu bilan nogironlikni pasaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish