Mavlyanov Sarvar Iskandarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki kasalliklar amaliyotida farmakoterapiyaga tarafdorlik muammolari va uning neyropsixologik va genetik jihatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib412.
Ilmiy maslahatchi: Xamraev Abror Asrarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jabborov Ozimboy Otaxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Ismailova Jadida Axmedjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipertoniya kasalligi misolida surunkali ichki kasalliklar bilan xastalangan bemorlarda davo jarayoniga moyillik darajasi, komplaentligi va uning tarkibiy qismlarini, bemorning asab tipi psixofenotip xususiyatlari hamda ba’zi genlar polimorfizmi bilan bog‘liqligini aniqlash orqali moyillikni baholash va uni oshirish yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorlarning komplaentligi etarli darajada emasligi, uning ijtimoiy, hissiy va fe’l-atvoriy tarkibiy qismlarining turli darajada buzilganligi, ularning davo jarayoniga moyilligini deyarli yo‘qligi hamda qoniqarsiz bo‘lishida aks etib, aksariyat hollarda shifokorlar tavsiyasini butkul yoki to‘liq bajarilmasligi va inkor qilinishida namoyon bo‘lishi hamda davo samaradorligini pasayib ketishi bilan kechishi aniqlangan;
gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorlarning fe’l-atvoriy, xarakter xususiyatlarining namoyon bo‘lish darajalari turlicha bo‘lishi va ular bilan davo jarayonlariga moyilligi hamda komplaentligi tarkibiy qismlari orasida aloqadorlik mavjud bo‘lib, muay’yan fe’l-atvor va xarakter turlarini namoyon bo‘lish darajasiga mos ravishda moyillik hamda komplaentlik ko‘rsatgichlari turlicha bo‘lishi isbotlangan;
gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorlarda asab tizimining simpatik va parasimpatik turlari uchrashi hamda ular bilan fe’l-atvor va xarakter turlari orasida bog‘liqlik kuzatilib, mos ravishda davo jarayoniga moyillik hamda komplaentlik holatida farqlanishi aniqlangan;
gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorlarda neyromediator tizimi nazoratini ta’minlovchi DRD2 geni S>T S2137T rs 1800497 va SOMT geni A/G (Val158 Met) rs 4680 genlarining genotiplarini turlicha uchrashi hamda bemorlarning fe’l-atvor va xarakter turlarini yuqori, past darajada namoyon bo‘lishini ta’minlashi va davo jarayoniga moyilligi va komplaentligi orasida muay’yan aloqadorlik mavjudligi tufayli ularning ushbu holatlari xar xil bo‘lishi aniqlangan;
gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorlarning davo jarayoniga moyilligi va komplaentligi tarkibiy qismlarini turlicha bo‘lishining irsiy asosi DRD2 geni S>T S2137T rs 1800497 va SOMT geni A/G (Val158 Met) rs 4680 genlari genotiplariga bog‘liqligini aniqlanishi, ularni ushbu genlar bo‘yicha genotiplash va shifokor tavsiyalarini bajarishga moyilligini aniqlash uchun yangi yondashuv bo‘lishi mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bemorlarning davo jarayoniga moyillik –komplaentlik darajasini va unga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha olingan amaliy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorlarning komplaentligi etarli darajada emasligi, uning ijtimoiy, hissiy va fe’l-atvoriy tarkibiy qismlarining turli darajada buzilganligi, ularning davo jarayoniga moyilligini deyarli yo‘qligi va qoniqarsiz bo‘lishida aks etib, aksariyat hollarda shifokorlar tavsiyasini butkul yoki to‘liq bajarilmasligi hamda inkor qilinishida namoyon bo‘lishi va davo samaradorligini pasayib ketishi bilan kechish aniqlanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.12.2024 yildagi №124-sonli), Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi №455-sonli) va Toshkent shahar Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasi (05.12.2024 yildagi №204-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning komplaentligi etarli darajada emasligi, uning ijtimoiy, hissiy hamda fe’l-atvoriy tarkibiy qismlarining turli darajada buzilganligi, bemorlarning davo jarayoniga moyilligini deyarli yo‘qligi va qoniqarsiz bo‘lishida aks etib, aksariyat hollarda shifokorlar tavsiyasini butkul yoki to‘liq bajarilmasligi hamda inkor qilinishida namoyon bo‘lishi va davo samaradorligini pasayib ketishini aniqlash orqali yuzaga keladigan asoratlar hamda nogironlikni oldi olinadi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning komplaentligi etarli darajada emasligi, uning ijtimoiy, hissiy va fe’l-atvoriy tarkibiy qismlarining turli darajada buzilganligi, ularning davo jarayoniga moyilligini deyarli yo‘qligi hamda qoniqarsiz bo‘lishida aks etib, aksariyat hollarda shifokorlar tavsiyasini butkul yoki to‘liq bajarilmasligi va inkor qilinishida namoyon bo‘lishi hamda davo samaradorligini pasayib ketishini oldini olish kasallikni erta asoratlanishini kamayishiga olib keladi. Xulosa: gipertoniya kasalligi mavjud bemorlarning komplaentligi etarli darajada emasligi, uning ijtimoiy, hissiy va fe’l-atvoriy tarkibiy qismlarining turli darajada buzilganligi, ularning davo jarayoniga moyilligini deyarli yo‘qligi hamda qoniqarsiz bo‘lishida aks etib, aksariyat hollarda shifokorlar tavsiyasini butkul yoki to‘liq bajarilmasligi va inkor qilinishida namoyon bo‘lishi hamda davo samaradorligini pasayib ketishi oldini olish orqali erta asoratlanish va nogironlikni oldi olinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorlarning fe’l-atvoriy, xarakter xususiyatlarining namoyon bo‘lish darajalari turlicha bo‘lishi va ular bilan davo jarayonlariga moyilligi hamda komplaentlilik tarkibiy qismlari orasida aloqadorlik mavjud bo‘lib, muay’yan fe’l-atvor va xarakter turlarini namoyon bo‘lishi darajasiga mos ravishda moyillik hamda komplaentlilik ko‘rsatgichlari turlicha bo‘lishi isbotlanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.12.2024 yildagi №124-sonli), Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi №455-sonli) va Toshkent shahar Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasi (05.12.2024 yildagi №204-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning fe’l-atvoriy, xarakter xususiyatlarining namoyon bo‘lish darajalari turlicha bo‘lishi va ular bilan davo jarayonlariga moyilligi hamda komplaentlilik tarkibiy qismlari orasida aloqadorlik mavjud bo‘lib, muay’yan fe’l-atvor va xarakter turlarini namoyon bo‘lishi darajasiga mos ravishda ushbu holatlarni turlicha bo‘lishini aniqlash orqali ruhiy to‘siqlarni barataraf etish imkoniyati yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning fe’l-atvoriy, xarakter xususiyatlarining namoyon bo‘lish darajalari turlicha bo‘lishi va ular bilan davo jarayonlariga moyilligi hamda komplaentlilik tarkibiy qismlari orasida aloqadorlik mavjud bo‘lib, muay’yan fe’l-atvor va xarakter turlarini namoyon bo‘lishi darajasiga mos ravishda moyillik hamda komplaentlilik ko‘rsatgichlari turlicha bo‘lishini aniqlash orqali davo samaradorligi oshiriladi. Xulosa: gipertoniya kasalligi mavjud bemorlarning fe’l-atvoriy, xarakter xususiyatlarining namoyon bo‘lish darajalari turlicha bo‘lishi va ular bilan davo jarayonlariga moyilligi va komplaentlilik tarkibiy qismlari orasida aloqadorlik mavjud bo‘lib, muay’yan fe’l-atvor va xarakter turlarini namoyon bo‘lishi darajasiga mos ravishda ushbu holatlarni turlicha bo‘lishini aniqlash orqali ruhiy to‘siqlar bartaraf etiladi va davo samaradorligi oshadi.
uchinchi ilmiy yangilik: gipertoniya kasalligi mavjud bemorlarda asab tizimining simpatik va parasimpatik turlari uchrashi hamda ular bilan fe’l-atvor va xarakter turlari orasida bog‘liqlik kuzatilib, mos ravishda davo jarayoniga moyillik hamda komplaentlik holatida farqlanishi aniqlanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.12.2024 yildagi №124-sonli), Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi №455-sonli) va Toshkent shahar Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasi (05.12.2024 yildagi №204-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda asab tizimining simpatik hamda parasimpatik turlari uchrashi va ular bilan fe’l-atvor hamda xarakter turlari orasida bog‘liqlik kuzatilib, mos ravishda davo jarayoniga moyillik va komplaentlilik holatida farqlarni aniqlash orqali bemor individual shaxs portreti ko‘rsatkichlarini baholash imkoniyati yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda asab tizimining simpatik va parasimpatik turlari uchrashi hamda ular bilan fe’l-atvor hamda xarakter turlari orasida bog‘liqlik kuzatilib, mos ravishda davo jarayoniga moyillik va komplaentlilik holatida farqlarni aniqlash orqali farmakoterapiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa: gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorlarda asab tizimining simpatik va parasimpatik turlari uchrashi hamda ular bilan fe’l-atvor va xarakter turlari orasida bog‘liqlik kuzatilib, mos ravishda davo jarayoniga moyillik va komplaentlilik holatida farqlarni aniqlash orqali ularni individual shaxs portreti ko‘rsatkichlarini baholash farmakoterapiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorlarda neyromediator tizimi nazoratini ta’minlovchi DRD2 geni S>T S2137T rs 1800497 va SOMT geni A/G (Val158 Met) rs 4680 genlarining genotiplarini turlicha uchrashi va bemorlarning fe’l-atvor va xarakter turlarini yuqori va quyi darajada namoyon bo‘lishini ta’minlashi va davo jarayoniga moyilligi va komplaentligi orasida muay’yan aloqadorlik mavjudligi tufayli ularning ushbu holatlari xar xil bo‘lishi aniqlanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.12.2024 yildagi №124-sonli), Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi №455-sonli) va Toshkent shahar Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasi (05.12.2024 yildagi №204-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda neyromediator tizimi nazoratini ta’minlovchi DRD2 geni S>T S2137T rs 1800497 va SOMT geni A/G (Val158 Met) rs 4680 genlarining genotiplarini turlicha uchrashi hamda bemorlarning fe’l-atvor va xarakter turlarini yuqori va quyi darajada namoyon bo‘lishini ta’minlashi asoslanganligi orqali davo jarayoniga moyillikni bashorat qilish imkoniyati yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda neyromediator tizimi nazoratini ta’minlovchi DRD2 geni S>T S2137T rs 1800497 va SOMT geni A/G (Val158 Met) rs 4680 genlarining genotiplarini turlicha uchrashi va bemorlarning fe’l-atvor va xarakter turlarini yuqori va quyi darajada namoyon bo‘lishini ta’minlashi asoslanganligi orqali farmakoterapiya samaradorligi oshiriladi. Xulosa: gipertoniya kasalligi mavjud bemorlarda neyromediator tizimi nazoratini ta’minlovchi DRD2 geni S>T S2137T rs 1800497 va SOMT geni A/G (Val158 Met) rs 4680 genlarining genotiplarini turlicha uchrashi va bemorlarning fe’l-atvor hamda xarakter turlarini yuqori va quyi darajada namoyon bo‘lishini ta’minlashi asoslanganligi orqali davo jarayoniga moyillikni bashorat qilish, farmakoterapiya samaradorligi oshirilishi mumkin.
beshinchi ilmiy yangilik: gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorlarning davo jarayoniga moyilligi va komplaentliligi tarkibiy qismlarini turlicha bo‘lishining irsiy asosi DRD2 geni S>T S2137T rs 1800497 va SOMT geni A/G (Val158 Met) rs 4680 genlari genotiplariga bog‘liqligini aniqlanishi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.12.2024 yildagi №124-sonli), Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi №455-sonli) va Toshkent shahar Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasi (05.12.2024 yildagi №204-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning davo jarayoniga moyilligi va komplaentliligi tarkibiy qismlarini turlicha bo‘lishining irsiy asosi DRD2 geni S>T S2137T rs 1800497 va SOMT geni A/G (Val158 Met) rs 4680 genlari genotiplariga bog‘liqligini aniqlanishi orqali ushbu genlar bo‘yicha genotiplash va shifokor tavsiyalarini bajarishga moyilligini aniqlash uchun yangi yondashuvlar ishlab chiqish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning davo jarayoniga moyilligi va komplaentliligi tarkibiy qismlarini turlicha bo‘lishining irsiy asosi DRD2 geni S>T S2137T rs 1800497 va SOMT geni A/G (Val158 Met) rs 4680 genlari genotiplariga bog‘liqligini aniqlanishi orqali bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqarishini hisoblash orqali bir yilda bitta tibbiyot muassasasida 10733063 so‘m mablag‘ tejab qolinishi bilan davolash usuli samarasi aniqlangan. Xulosa: gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorlarning davo jarayoniga moyilligi va komplaentligi tarkibiy qismlarini turlicha bo‘lishining irsiy asosi DRD2 geni S>T S2137T rs 1800497 va SOMT geni A/G (Val158 Met) rs 4680 genlari genotiplariga bog‘liqligini aniqlanishi orqali bemorlarning davo jarayoniga moyilligini oshishiga va mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqarishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish