Xudoyberdiev Fazlidin Isroilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Natriy va magniy xloratlari, 3-oksipiridazon-6 ning etanolaminli tuzlari asosida defoliantlar olish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T868.
Ilmiy rahbar: Umirov Farxod Ergashovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor; Tog‘asharov Axat Salimovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xlorat natriy, suyuq xlorat magniyli defoliant, asosiy ta’sir etuvchi modda natriy uchkarbamidxlorat, 3-oksi-piridazona-6 ning etanolaminli birikmalari asosida fiziologik faollikka ega bo‘lgan defoliantlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
3-oksipiridazon-6, mono-, di- va trietanolamin ishtirokidagi suvli tizimlardagi geterogen fazoviy muvozanat haqida yangi ma’lumotlar olingan, ularning politermik eruvchanlik diagrammalari tuzilgan;
uchta yangi birikmaning hosil bo‘lishi isbotlangan va ularning o‘ziga xosligi identifikatsiya qilingan;
natriy va magniy xloratlari, natriy uchkarbamidxlorat, xlorat-xlorid magniy, 3-oksipiridazon-6 mono- va trietanolammoniy birikmalarining murakkab suvli tizimlarda komponentlarning o‘zaro ta’siri bo‘yicha yangi ma’lumotlar, eruvchanlikning politermik diagrammalari, komponentlarning eruvchanlik xususiyatlari va yangi suyuq defoliantlar olingan;
3-oksipiridazon-6 va etanolaminlar asosida fiziologik faol modda olish jarayonining maqbul parametrlari aniqlangan;
natriy uchkarbamidxlorat va 3-oksipiridazon-6 trietanolammoniy, magniy xlorat-xlorid, 3-oksipiridazon-6 monoetanolammoniy asosida fiziologik faollikka ega bo‘lgan ikki turdagi suyuq defoliant olishning texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Natriy va magniy xloratlari, 3-oksipiridazon-6 ning etanolaminli birikmalari asosida fiziologik faollikka ega bo‘lgan yangi defoliantlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
natriy uchkarbamidoxlorat va magniy xlorat-xlorid asosida, tarkibida fiziologik faol modda-3-oksipiridazon-6 ning etanolaminli birikmalari bo‘lgan yangi suyuq defoliantlar olish texnologiyasi «Elektroximzavod» AJ QKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 5 oktyabrdagi 03-52Z/A-son ma’lumotnomasi). Natijada suyuq xlorat magniy defoliantiga nisbatan g‘o‘za barglarini 2–3% samaraliroq to‘kilishining imkonini bergan;
sintez qilib olingan defoliantlar Navoiy viloyatining fermer xo‘jaliklari paxta maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 oktyabrdagi 02/023-273-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu preparatlarning defoliatsiyalash va fiziologik aktivligini, barglar to‘kilishini 89,2%, g‘o‘za ko‘saklarining ochilishini 90,4%ga oshirish imkonini bergan.