Umarov Shavkat Isomiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitrat va fosfor kislotalari bilan boyitishning samarador texnologiyasini yaratish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T299.
Ilmiy rahbar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafaat Sattorovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Shamshidinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitrat va fosfor kislotalari bilan boyitishning samarador texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Markaziy Qizilqum yuvib kuydirilgan fosfokonsentratni (YuKFK) suv, nordon kislota oqovalar, nitrat va fosfat kislota eritmalari bilan boyitish jarayoniga ta’sir etuvchi texnologik omillarning o‘zaro bog‘liqlik jarayonlari isbotlangan;
YuKFK nitrat va fosfat kislota eritmalari bilan boyitilganda fosforning eritmaga o‘tmaydigan birikmalari hosil bo‘lishi aniqlangan;
qisman ftorsizlantirilgan va sul`fatsizlantirilgan tarkibida kal`siy tutgan ekstraksion fosfat kislota olishning maqbul texnologik sharoitlari aniqlangan;
ilk bor YuKFKning fosfat kislotali boyitish eritmalaridan yuqori sifatli ammofos va toza monoammoniyfosfat eritmasi olinishi mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitrat va fosfor kislotalari bilan boyitishning samarador texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori karbonatli fosforitlarni boyitish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№ IAP 05667, 2018 y.). Natijada fosfokonsentratdagi R2O5 bo‘yicha kal`siy moduli 1,6–1,7 bo‘lgan boyitilgan eritmalaridan azot-kal`siyli, fosforli o‘g‘itlar, ozuqabop tozalikdagi ammoniy va kal`siy fosfatlari ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
YuKFKni boyitish texnologiyasi «Ammofos-Maksam» AJning istiqbolli ishlanmalari ro‘yxatiga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 9 noyabrdagi 01/3-5054/A-son ma’lumotnomasi). Natijada fosfokonsentratning har bir tonnasiga 266 kg gacha sul`fat kislotani tejash, ekstraktor temperaturasini pasaytirish, ekstraksion fosfat kislotasini ishlab chiqarish texnologik ko‘rsatkichlarini yaxshilash va Markaziy Qizilqum fosforitlaridan birinchi navbatda yuqori navli ammofos olish imkoniyati yaratilgan.