Taxirova Feruza Abrarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet 2-turi va uning ayrim makro- va mikrotomir asoratlarini klinik-genetik xususiyatlari», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib449.
Ilmiy rahbar: Akbarov Zairxodja Sabirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori; Boboev Qodirjon To‘xtaboevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.M.Kirov nomidagi Harbiy-tibbiy akademiya (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek millatiga mansub qandli diabet 2-turi bemorlarida ASE, TCF7L2, eNOS va CRP genlari polimorfizmlarining klinik-bashoratlash ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek millatiga mansub sog‘lom shaxslarga taqqoslagan holda QD ikkinchi turi bemorlarida ASE, eNOS va CRP genlari polimorfizmlarining allel va genotiplarini taqsimlanish o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
ACE genlari genotiplarining anamnestik, antropometrik, gemodinamik, biokimyoviy va funksional ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
makroangiopatiyalar YuIK, miokard infarkti va mikroangiopatiyalar nefropatiya mavjudligi va og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda ACE va TCF7L2 genlari allel va genotiplarining taqsimlanishi isbotlangan;
o‘zbek o‘zbek millatiga mansub QD ikkinchi turi bemorlarida ASE va TCF7L2 genlari genotiplarining miokard infarkti va ACE genining SBE xavf omillari bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan;
QD ikkinchi turi bemorlarida miokard infarkti va SBE xavf omillarini integral baholash o‘tkazilib, ACE va TCF7L2 genlari polimorfizmlarini hisobga olgan holda miokard infarkti hisoblash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet 2-turi va uning ayrim makro- va mikrotomir asoratlarini klinik-genetik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qandli diabet 2-turi va uning yurak-qon tomir asoratlarini bashoratlashning ayrim genetik xususiyatlari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 martdagi 8n–r\\51-son ma’lumotnomasi). Bu uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish genetik tekshiruvlarni, qandli diabet 2-turi bemorlarida miokard infarkti va surunkali buyrak etishmovchiligining oldini olishda shaxsga qaratilgan yondashuvni qo‘llash aholi orasida qandli diabet 2-turi va uning ayrim asoratlarini erta bashoratlashga xizmat qilgan;
olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi maslahat poliklinikasi, Toshkent viloyati endokrinologiya dispanseri amaliy faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 30 iyundagi 8n–z\\152-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining turli qatlamlari orasida qandli diabetning ikkinchi turida tibbiy yordam ko‘rsatishning milliy standarti asosida asoratlarni oldini olish, bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish, nogironlikning oldini olish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini yaratgan.