Xomitov Sherzod Asatillo o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkinchi 3d - metallar asosidagi qotishmalarning elektr, magnit va issiqlik xossalarini o‘rganish”, 01.04.09 – Magnit hodisalar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM1203
Ilmiy rahbar: Rajabov Rustam Mustafoevich, fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Sharipov Mirzo Zakirovich fizika-matematika fanlari doktori, professor; O‘sarov O‘ktam Turatovich fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: amorf holatdagi o‘tkinchi 3d-metallari asosidagi qotishmalarning elektr, magnit, galvanomagnit va issiqlik xossalari bo‘yicha tajriba natijalarini olish va bu xususiyatlarni ferromagnit va paramagnit sohada tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Fe-Ni-Si-C va Fe-Cr-B sistemasi amorf qotishmalarining solishtirma elektr qarshiligi, Xoll koeffisienti va solishtirma issiqlik sig‘imi namunalarning amorf holatidan kristall holatga o‘tish nuqtasigacha bo‘lgan temperatura oralig‘ida kompleks eksperimental natijalar olingan;
Fe-Ni-Si-C va Fe-Cr-B sistemasi amorf qotishmalarining solishtirma elektr qarshiligi, Xoll koeffisienti va solishtirma issiqlik sig‘imining temperaturaga bog‘liqligi o‘rganilib, ikkinchi tur ferromagnit-paramagnit fazaviy o‘tish aniqlangan;
ilk bor (Si+C) metaloidlarning Fe-Ni-Si-C sistemasi namunalarining tuzilishi, issiqlik barqarorligi va kinetik xususiyatlariga ta’siri o‘rganilgan. O‘rganilgan amorf qotishmalarda metalloidlar konsentratsiyasining ortishi bilan Xoll koeffisientining qiymati va kristallanish temperaturasi ortishi, Kyuri temperaturasi esa kamayishi aniqlangan;
anomal Xoll koeffisienti va solishtirma elektr qarshiligi o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek, metalloidlar konsentratsiyasining amorf qotishmalarda qarshilikning mutlaq qiymati va termik koeffisientiga ta’siri amorf holatda Vedyaev-Granovskiy nazariyasi bilan Muidji koorrelyasining muvofiqligi ko‘rsatilgan;
Fe-Ni-Si-C va Fe-Cr-B sistemasiga kiruvchi amorf qotishmalarda solishtirma issiqlik sig‘imining temperaturaga bog‘liqligining eksperimental ravishda topilgan natijalari asosida amorf holatdan kristall holatga o‘tishda nanokristall sohalarning hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Fe-Ni-Si-C sistemasiga kiruvchi amorf qotishmalarning tuzilishi, morfologiyasi va elektr xossalarining tajriba natijalari FZGM-2023-0006-sonli loyiha doirasida olib borilgan tadqiqotlarda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Voronej davlat texnika universiteti. 2025 yil 20-yanvardagi dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi temir guruhi elementlari asosidagi yupqa plyonkali nanokompozit materiallarning termik stabilligini tushuntirish imkonini bergan;
Dissertatsiya ishidagi amorf ferromagnit qotishmalarning issiqlik sig‘imining temperaturaga bog‘liqlik natijalari organik moddalarning issiqlik xossalarini tushuntirishda foydalanilgan (M.S.Osimiy nomidagi Tojikiston texnika universiteti. 2025-yil 14-fevraldagi dalolatnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ushbu moddalarda issiqlik effektlarni aniqlash imkonini bergan;