Ernazarova Gulnora  Oblaqulovnaning

fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarini akmeologik yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSs/Ped35.   

Ilmiy maslahatchi: Xalilova Shaxnoza Turg‘unovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash  instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash  instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukurulla Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor;Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik

II.Tadqiqotning maqsadi:kasb-hunar kollejio‘quvchilarini  akmeologik yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘quvchilarni akmeologik yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion, motivatsion, intellektual imkoniyatlari aniqlanib, akmeologik ta’lim muhitini yaratishning metodik ta’minoti (o‘quv-uslubiy manbalar, elektron ta’lim resurslari) takomillashtirilgan;

bo‘lajak mutaxassisni kognitiv, affektiv, psixomotor, kasbiy, kraetiv shakllantirish va intensiv kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishni,  akmeshaxs bo‘lib etishish texnologiyasining tashkiliy shakllari va akmeologik yondashuvli o‘qitish tizimi takomillashtirilgan;

kasbiy ta’limga akmeologik yondashuvni  joriy etishning innovatsion konseptual tuzilmasi, o‘quv-bilish faoliyatini akmeologik kasbiy yo‘naltirish usullari (o‘quvchining individual kasbiy rivojlanish dasturi, o‘quvchining akmeogrammasi, o‘quvchining elektron portfoliosi) orqali o‘quvchining kreativ qobiliyatni shakllantirish modeli takomillashtirilgan;

kasbiy ta’limda akmeologik yondashuv asosida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish (“SWOT”, “SMART”, “SCORE”, “Sinektika” kabi metodlarni qo‘llash) metodikasi ishlab chiqilgan, elektron o‘quv kontent va akmeologik texnologiyalarni uyg‘unlikda qo‘llash orqali o‘quvchilarda kasbiy kompetentlik va akmeologik yo‘nalganlik mazmuni takomillashtirilgan;

“Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanini o‘qitishda ta’limning pedagogik-psixologik-akmeologik vazifalari integratsiyasini ta’minlash asosida munozarali akmetexnologiya, rivojlantiruvchi akmetexnologiya, treningli akmetexnologiya va o‘yinli akmetexnologiyalarni qo‘llash metodikalari ishlab chiqilgan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kasbiy ta’limda akmeologik yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarlik jarayonini takomillashtirishda olingan ilmiy natijalar asosida:

akmeologik ta’lim muhitini yaratishning metodik ta’minoti, o‘quv-bilish faoliyatini akmeologik kasbiy yo‘naltirish, akmeologik yondashuv asosida kasbiy yo‘naltirilgan o‘qitish tizimini tashkil etish imkoniyatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan  yakka mualliflikda 5111000–Kasb ta’limi yunalishi uchun namunaviy o‘quv dasturlari: “Kasb ta’limi metodikasi”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Kasbiy pedagogika”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Kasb psixologiyasi” fan dasturlari ishlab chiqilgan  va uslubiy ta’minot  mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 fevraldagi 89-03-695-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot kasb-hunar ta’limini tashkil etish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan; 

akmeologik yondashuv asosida kasbiy yo‘naltirilgan o‘qitish tizimida intensiv kasbiy tayyorgarlik, kasbiy akmeshaxsni metodikasini takomillashtirish asosida o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 fevraldagi 89-03-695-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan o‘quv  ta’minoti akmeologik yondashuv asosida intensiv kasbiy ta’lim-tarbiyani amalga oshirish, kasbiy tayyorgarlikni modernizatsiyalashtirishga xizmat qilgan;

akmeologik yondashuv asosida kasbiy yo‘naltirilgan o‘qitish tizimini tashkil etish, elektron o‘quv kontent va akmeologik texnologiyalarni uyg‘unlikda qo‘llash, kasbiy ta’limda akmeologik yondashuv asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion konseptual tuzilmasi elementlaridan “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanidan elektron ta’lim resurslari (elektron o‘quv kontent) yaratilgan va ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Kasb-hunar ta’limi Markazining 2017 yil 20 dekabrdagi  FR-02/05-4677/m-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan o‘quv kontent akmeologik yondashuv asosida kasbiy yo‘naltirilgan o‘qitish tizimida bilimlarni integrativ taqdim etishga xizmat qilgan;

o‘qitishda ta’limning pedagogik-psixologik-akmeologik vazifalari integratsiyasini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonida akme-shaxs mutaxassisga qaratilgan pedagogik-psixologik shart-sharoitlarni joriy etish mexanizmi elementlaridan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli qarori qaroridagi  kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash vazifasini ta’minlash maqsadida yakka mualliflikda kasbiy ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar  o‘quv-uslubiy ta’minot mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 fevraldagi 89-03- 695-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy  ta’minot  kasb-hunar kollejida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga, o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 

ta’lim oluvchilarni akmeologik yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash konsepsiyasi, tamoyili, interfaol uslublar hamda elektron o‘quv kontent va akmeologik texnologiyalarni uyg‘unlikda qo‘llash orqali o‘quvchilarda kasbiy kompetentlik va akmeologik yo‘nalganlikni takomillashtirishga asoslangan metodik ta’minot  ishlab chiqilgan (Kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 20 dekabrdagi  FR-02/05-4677/m-son ma’lumotnomasi).  Mazkur metodik ta’minot o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligi, bilimlarni o‘zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajalarini oshirish, kasbiy kreativ qobiliyatni shakllantirish va  rivojlantirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish