Shamsudinova Ixbol Baxovadinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek tili milliy korpusida yordamchi so‘zlar bazasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.3.PhD/Fil1943 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azimov Inomjon Mamasodiqovich, filologiya fanlari doktori, dotsent, Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi filologiya fanlari doktori (DSc), professor,
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbek tili Milliy korpusi negizida yordamchi so‘zlarning onlayn platformasini yaratish, ularning chastotali statistikasini aniqlash va ushbu turkum so‘zlarni korpuslarga oid matnlarda markerlashning nazariy asoslarini tahlil qilish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilidagi matnli ma’lumotlardan inson fikrining hissiy tomonlarini aniqlaydigan avtomatik tizimni yaratishda yuklamalarni sentiment tahlilga tortish masalasi dalillangan;
o‘zbek tilida turli uslublarga oid 20000 so‘zli matnlardagi barcha yordamchi so‘zlarni tahlilga tortish orqali eng faol yordamchi so‘zlar aniqlangan va ularning chastotali statistikasi shakllantirilgan;
yordamchi so‘zlarning dasturiy ta’minotini til korpuslari va subkorpuslarga kiritish orqali mashina tarjimasi, ma’lumotlar qidiruvi sohalaridagi ayrim muammolarni bartaraf etishga ko‘mak beruvchi morfologik qonuniyatlar lingvistik modellar orqali ilmiy asoslanilgan hamda https://auxwords.uz/ qidiruv bazasida
434 ta yordamchi so‘zning uslubiy xoslanishi va mazmuniy ifodalari aniqlangan;
ona tilini o‘qitishda yordamchi so‘zlarning o‘rgatilishini samarali tashkil etish maqsadida hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud ko‘makchi, bogʻlovchi va yuklamalarning elektron https://auxwords.uz/ qidiruv bazasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
o‘zbek tilida yordamchi so‘zli lingvistik konstruksiyalarni formallashtirish algoritmiga doir nazariy va statistik ma’lumotlar yoritilgan ushbu dissertatsiya natijalaridan va https://auxwords.uz/ yordamchi so‘zlarning onlayn lugʻatidan “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli 2019-2022-yillarda amalga oshirilgan amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-fevraldagi №04/1-346-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, til korpuslari va turli ma’lumotlar bazasi uchun yordamchi so‘zlar bazasidan lingvistik ta’minot sifatida foydalanishning amaliy jihatlari asoslangan;
dissertatsiyaning yordamchi so‘zlardan nutqiy kommunikativ jarayonda foydalanish, uning uslubiy xoslanishi va chastotaviy tahlili haqidagi nazariy xulosalaridan “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PZ-2020042022 grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalarni bajarishda foydalanilganligi to‘gʻrisidagi 13.05. 2024-yildagi №04/1-1239 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyiha doirasidagi izlanishlar natijasida yozilgan ilmiy maqolalar mavzu yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek tilidagi matnli ma’lumotlardan inson fikrining hissiy tomonlarini aniqlaydigan avtomatik tizimni yaratishda yuklamalarni sentiment tahlilga tortish masalasi oid ilmiy xulosalardan Surxondaryo milliy teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Kun mavzusi” ruknidagi teleko‘rsatuv, davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifiy tok shou ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 20-iyundagi №01-01/43 sonli ma’lumotnomasi) Natijada, ko‘rsatuvlar orqali o‘zbek tili milliy korpusining axborotlashgan tizimdagi o‘rni, ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanishdagi mohiyati ochib berilgan.