G‘affarov Feruz Hasanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Maxsus fanlar bo‘yicha elektron ta’lim resurslari bazasini yaratish va ularning masofadan foydalanish metodikasi”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped328.

Ilmiy rahbar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: Abduqodirov Abduqaxxor Abduvakilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kasb‑hunar kollejlarida maxsus fanlardan elektron ta’lim resurslarini yaratish va ulardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kasb­‑hunar kollejlarida mustaqil ta’limni rivojlantirishga qaratilgan elektron ta’lim resurslar bazasini ishlab chiqish orqali o‘quvchilarning kasbiy mobil bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari (refleksivlik, hamkorlikda ishlash va innovatsionlik) takomillashtirilgan;

maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini (tahliliy, jarayonli va baholash) amalda  qo‘llashga imkon beruvchi elektron ta’lim resurslari bazasidan masofaviy  foydalanishning komponentlari (maqsadli, vazifali va natijaviy) ishlab chiqilgan;

kasb­‑hunar kollejlarida o‘quv jarayonlarini individuallashtirish asosida o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini (kognitiv, produktiv va ijodiy) faollashtirish orqali elektron ta’lim resurslar bazasidan foydalanib o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;

maxsus fanlarni o‘qitishda elektron ta’lim resurslarning kontentlari va usulubiy-dasturiy ta’minotini o‘z-o‘zini boshqarish (self- management) va baholash (self-assessment) texnologiyalari asosida ishlab chiqish orqali o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyasini kompleks baholash mezonlari (motivatsion, faoliyatli va axborotli) ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Maxsus fanlar bo‘yicha elektron ta’lim resurslari bazasini yaratish va ularning masofadan foydalanish metodikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar va  ilmiy natijalari asosida:

umumiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va ularni qo‘llash tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan maxsus fanlarni o‘qitishda elektron ta’lim resurslari bazasidan masofaviy foydalanishning integrativ modeli asosida “Avtomobil` va dvigatellar nazariyasi” maxsus fanini elektron ta’lim resurslardan foydalanib o‘qitish bo‘yicha elektron ta’lim resurslar bazasi ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 dekabrdagi 01-06-4824-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron baza kasb‑hunar kollejlarining o‘quvchilariga maxsus fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

kasb­‑hunar kollejlarida maxsus fanlarni o‘qitishda elektron ta’lim resurslar bazasidan foydalanib o‘quv jarayonlarini individuallashtirish orqali o‘quvchilarning kasbiy komponentligini shakllantirish bo‘yicha “O‘qitishda elektron ta’lim resurslarning o‘rni” mavzusidagi axborot ta’minoti ishlab chiqilgan va kasb‑hunar kollejlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 dekabrdagi 89-03-4218-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv materiallari kasb‑hunar kollejlari maxsus fanlarini o‘qitish jarayoni o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qiladi;

kasb‑hunar ta’limini samarali tashkil etishda maxsus fanlarni o‘qitishda elektron axborot resurslarning mazmuni, tarkibi va uning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish orqali o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyasini kompleks baholashga mo‘ljallangan zamonaviy elektron ta’lim resurslarni yaratish bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish asosida “Avtomobil` va dvigatellar nazariyasi” fanini o‘qitish va nazorat qilish bo‘yicha test topshiriqlari tizimi ishlab chiqilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 dekabrdagi 89-03-4218-son ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik ta’minot kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining kasbiy tayyorgarligini ob’ektiv baholashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish