Xusayinova Go‘zal Abdurasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘quvchilar xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini takomillashtirishda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasi (Texnologiya fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4599.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01.
Rasmiy opponentlar: Maqsudov Nabijon Boxodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent; Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnologiya fani mashg‘ulotlarida o‘quvchilar xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini takomillashtirishni ta’minlovchi raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologiya fani mashg‘ulotlarida o‘quvchilar xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini takomillashtirishning mazmuni, ta’limga elektron metodik ustivorlik berish, shaxsning bilish jarayonlarida nazariya va texnologiyalarning rivojlantirishga qaratilgan o‘zini o‘zi baholash, rivojlantirish kabi refleksiv ko‘nikma va bilimlarni intensiv rivojlantiruvchi kognitiv yondashuvlar asosida aniqlashtirilgan;
texnologiya fani mashg‘ulotlarida o‘quvchilar xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish, o‘z ustida ishlash, mustaqil tayyorgarlik bloklari bilan o‘quv natijalarini eksteriorizatsiya va texnologik-pedagogik interiorizatsiya tamoyillariga asoslangan o‘quv topshiriqlariga echimlar topish, amaliyotda qo‘llash mutanosibligini tizimli tahlil qilish asosida takomillashtirilgan;
texnologiya fani mashg‘ulotlari jarayonlarida o‘quvchilarning xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini loyihalashtirishga doir innovatsion-informatsion, metodik-texnologik kabi komponentlari ta’lim sifati indikatorlarining maqsadli, aniqlik, ishonchlilik, mukammallik, tizimlilik tamoyillari asosida yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi adaptiv aloqadorligining ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini takomillashganlik darajasining “5C” modeli egallangan bilimlarni texnologik eksperimentlarga taqqoslash yo‘li bilan ularni tekshirish, tajribaviy tasdiqlash, uyg‘unlashtirish kabi intellektual koeffisentni intensiv aniqlashtirishga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilar xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini takomillashtirishda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologiya fani mashg‘ulotlarida o‘quvchilar xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini takomillashtirishning mazmuni, ta’limga elektron metodik ustivorlik berish,shaxsning bilish jarayonlarida nazariya va texnologiyalarning rivojlantirishga qaratilgan o‘zini o‘zi baholash, rivojlantirish kabi refleksiv ko‘nikma va bilimlarni intensiv rivojlantiruvchi kognitiv yondashuvlar asosida aniqlashtirishga oid takliflar va tavsiyalar PZ-2014-0905173317 – raqamli “O‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusidagi fundamental loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 01/11-10-788-son ma’lumotnomasi). Natijada uzviylik va izchillik tamoyillari asosida oʻquv mashgʻulotlari hamda mustaqil taʼlim, nazorat jarayonlarida o‘quvchilar xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy asoslari va ilmiy-metodik usul hamda metodlarini asoslashga erishilgan;
texnologiya fani mashg‘ulotlarida o‘quvchilar xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning olgan bilimlarini tizimlashtirish, o‘z ustida ishlash, mustaqil tayyorgarlik bloklari bilan o‘quv natijalarini eksteriorizatsiya va texnologik-pedagogik interiorizatsiya tamoyillariga asoslangan o‘quv topshiriqlariga echimlar topish, amaliyotda qo‘llash mutanosibligini tizimli tahlil qilish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan 2023-2024 yillarda bajarilgan 85-08/66-raqamli Namangan viloyati “Qalb-Mehri” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy huquqiy qo‘llab quvvatlash markazining Oliy Majlis Jamoat fondining “Oila-vatan ichra vatandir” nomli grant loyihasi doirasida natijalar olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 01/11-10-788-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar faoliyatiga doir xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalari komponentlarini faoliyatga yo‘naltirilganlik tamoyillarining uzviyligi hamda CRAFT metodikasini amaliyotga samarali joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
texnologiya fani mashg‘ulotlari jarayonlarida o‘quvchilarning xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini loyihalashtirishga doir innovatsion-informatsion, metodik-texnologik kabi komponentlari ta’lim sifati indikatorlarining maqsadli, aniqlik, ishonchlilik, mukammallik, tizimlilik tamoyillari asosida yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi adaptiv aloqadorligining ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “5112100 – Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabalarining xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini takomillashtirishda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishga mo‘ljallangan “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” nomli darslik (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida 233-0261-raqami bilan ro‘yxatga olingan va nashrga tavsiya qilingan) mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 01/11-10-788-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiya va xalq hunarmandchiligiga oid kompetensiyaga doir bilim va malakalari ortgan hamda takomillashgan;
o‘quvchilar xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini takomillashganlik darajasining “5C” modeli egallangan bilimlarni texnologik eksperimentlarga taqqoslash yo‘li bilan ularni tekshirish, tajribaviy tasdiqlash, uyg‘unlashtirish kabi intellektual koeffisentni intensiv aniqlashtirishga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar va tavsiyalar G‘urumsaroy xalq hunarmandchiligi va kasb-hunarga o‘rgatish markazida 2023-2024-yillarda bajarilgan 82-08/134 – raqamli “Yangi O‘zbekistonda G‘urumsaroy kulolchiligi an’anasi” mavzusidagi loyihalar doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 01/11-10-788-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga oid kasb-hunarlarga yo‘naltirishni ta’minlashga sharoit yaratilgan; o‘quvchilarda xalq hunarmandchiligi ko‘nikmalarini takomillashtirishda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha baholash mezonlarini ishlab chiqishga erishilgan.