Sabirova Nasiba Ergashevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm xalq lirik qo‘shiqlarida poetik ramzlar tizimi va ularning badiiy-estetik vazifalari», 10.00.08–Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil441.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.

Ilmiy rahbar: Ro‘zimboev Saparbay, filologiya fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.30.08.2018.Fil.46.02.

Rasmiy opponentlar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ro‘zieva Mohichehra Yoqubovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasi o‘zbek xalq qo‘shiqlaridagi poetik ramzlar tizimini tavsiflash, ramziy obraz va timsollarning mifopoetik asoslari, she’riy matndagi semantik talqinlari va badiiy-estetik vazifalarini aniqlash hamda o‘zbek xalq lirikasining poetik kontekstidagi badiiy tasvir vositalarning hududiy-lokal xususiyatlarini ochib berishdan iboratdir.

 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

poetik ramzlar ajdodlarimiz badiiy tafakkurining rivojlanib borishi jarayonida voqelikni sakral-ritual belgilar vositasida semiotik anglash an’anasi asosida kelib chiqqanligi isbotlangan;

o‘zbek xalq lirikasining poetik strukturasidagi ramzlar milliy mentalitet, voqelikni poetik idrok etish iqtidori va badiiy tafakkurning o‘ziga xosligini namoyish etuvchi adabiy-estetik vositalardan biri ekanligi aniqlangan;

lirik qo‘shiqlardagi mifopoetik tasavvurlar, etnomadaniy qadriyatlar va o‘g‘uz tip ijrochiligiga xos badiiy obrazlarning aks etishini areal fol`klorshunoslik aspektida tekshirish natijasida o‘zbek fol`kloridagi ramzlar tizimi hududiy-lokal xususiyatga egaligi dalillangan;

Xorazm lirik qo‘shiqlarining badiiy kontekstidagi ramzlar voha aholisining mifik qarashlari, hosildorlik kul`tlari, o‘simlik va hayvonot olami to‘g‘risidagi inonch-e’tiqodlari, osmon yoritqichlariga doir astral` qarashlar, animistik va totemistik tasavvurlar, raqamlar magiyasi, urf-odat va marosimlar bilan aloqador simvolik obrazlardan iboratligi jihatidan o‘ziga xoslik kasb etishi asoslab berilgan;

mintaqaga xos badiiy ko‘chimlarning lirik qo‘shiqlarda tutgan o‘rni va vazifalari, ramziy obrazlarda yashiringan ichki ma’nolar semantikasi, poetik simvollar genezisi va evolyusiyasi qonuniyatlari aniqlashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Xorazm xalq lirikasidagi poetik ramzlarning o‘ziga xos xususiyatlari va voha qo‘shiqchilik an’analariga xos lokal belgilarni aniqlashga qaratilgan mazkur dissertatsiya ishi natijalari asosida:

poetik ramzlarning tipologik xususiyatlari va badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni, shuningdek, xalq qo‘shiqlaridagi ramzlarning genezisi va evolyusiyasiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2012–2016 yillarda bajarilgan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” mavzusidagi loyihaning istiqlol davri adabiyotida yaratilgan badiiy asarlardagi poetik ramzlar tahliliga doir faslini yozishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi 89-03/3589-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalq qo‘shiqlaridagi an’anaviy timsollarning istiqlol davri adabiyotidagi poetik evolyusiyasi ko‘rsatib berilgan va Sharqu G‘arb adabiy an’analarining tadrijiy rivoji jarayonlari aniqlangan;

qadimgi davr fol`klori va mifologik tasavvurlarning xalq lirikasidagi poetik timsollarning yuzaga kelishidagi roli va vazifalariga oid nazariy xulosalar Navoiy davlat pedagogika institutida 2012–2016 yillarda bajarilgan “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihaning bajarilishida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi 89-03/3589-son ma’lumotnomasi). Natijada mifopoetik timsollarning ilk yozma adabiyotga diffuziyalanishi natijasida shakllangan poetik razmlarning fol`klordagi zaminini oydinlashtirishga erishilgan;

Xorazm xalq lirik qo‘shiqlaridagi poetik ramzlar tizimi va ularning badiiy-estetik vazifalariga doir ilmiy qarashlar Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining «Javohirnoma», «Adabiy muhit» radioeshittirishlari hamda «Munosabat», «Navozanda», «Xorazmnoma» nomli teleko‘rsatuvlarida ommalashtirilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 28 sentyabrdagi 1586-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, dissertantning o‘zbek xalq qo‘shiqlarining milliy o‘ziga xosligi va badiiy xususiyatlariga doir ilmiy qarashlari «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Tig‘iz payt», «Qadriyat» radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi davlat unitar korxonasining 2018 yil 26 avgustdagi O‘z.k/1-154-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida xalq qo‘shiqlarining o‘ziga xos janr xususiyatlari haqidagi ilmiy qarashlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilinib, yosh avlodni fol`klor asarlarida o‘z ifodasini topgan ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalashning yangi imkoniyatlari amaliyotga tatbiq etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish