Xudaynazarov Tursunali Alinazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rag‘batlantirish va jazolash fenomenlari talabalar o‘quv faoliyati samaradorligini ta’minlash omili sifatida” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P234
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdimumin Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Sirliev Baxtiyor Nazarovich, psixologiya fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rag‘batlantirish va jazolashning talabalar o‘quv faoliyati samaradorligini ta’minlashdagi yetakchi psixologik determinantlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning jazo va rag‘batga sezgirligidagi differensial farqlarga ko‘ra rag‘batlantirishni avfzal ko‘ruvchilarda rag‘’batsizlikning, jazoni afzal ko‘ruvchilarda xulq-atvorni tormozlash tizimining kuchli ifodalanganligi isbotlangan;
jazolash va rag‘batlantirishga sezgir a’lochi talabalar past akademik o‘zlashtirishdan qochishlari sababli o‘quv faoliyatida rag‘batga intilish va impulsivlikka ega ekanliklari, qoniqarli va quyi o‘zlashtirishga ega bo‘lgan talabalar esa jazolanishga moslashuvchanliklari oqibatida ularning o‘zlashtirishlarida xulq-atvorni tormozlash tizimining ustuvorlik qilishi dalillangan;
o‘quv jarayonidagi  rag‘batlantirish va jazolashga differensial munosabatga  ko‘ra  kommunikativ motivlar rag‘batlantirilishga intilishni, qochish kasbiy va nufuzga intilish motivlariga impulsivlikni kuchayishiga, ijodiy o‘z o‘zini anglash,  ijtimoiy motivlar sekin-asta to‘xtab qolishga kurashishi tuzilishini susaytirganligi  tufayli jazo va rag‘batlantirishga sezgirlik xususiyatlarini o‘quv motiviga ta’siri aniqlangan;
o‘zlashtirishga rag‘batlantirish va jazolashning ta’sirini ifodalanishiga ko‘ra a’lochi talabalarda   o‘quv motivlarini faollashtirish, rag‘batlantirishga moyillikning qoniqarli va qoniqarsiz o‘qiydigan talabalarda esa ijtimoiy motivlar, jazolashga teskari sezgirlik va rag‘batga intilishning ustuvorligi tufayli yetakchi psixologik determinantlar aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rag‘batlantirish va jazolash fenomenlari talabalar o‘quv faoliyati samaradorligini ta’minlash omillarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning jazo va rag‘batga sezgirligidagi differensial farqlarga ko‘ra rag‘batlantirishni avfzal ko‘ruvchilarda rag‘batsizlikning, jazoni afzal ko‘ruvchilarda xulq-atvorni tormozlash tizimining kuchli ifodalanganligiga  doir empirik isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 9-noyabrdagi PM–219-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM – 249-f-son ma’lumotnomasi). 
jazolash va rag‘batlantirishga sezgir a’lochi talabalar past akademik o‘zlashtirishdan qochishlari sababli o‘quv faoliyatida rag‘batga intilish va impulsivlikka ega ekanliklari, qoniqarli va quyi o‘zlashtirishga ega bo‘lgan talabalar esa jazolanishga moslashuvchanliklari oqibatida ularning o‘zlashtirishlarida xulq-atvorni tormozlash tizimining ustuvorlik qilishi dalillanganligiga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 9-noyabrdagi PM–219-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM–249-f-son ma’lumotnomasi). 
O‘quv jarayonidagi  rag‘batlantirish va jazolashga differensial munosabatga  ko‘ra  kommunikativ motivlar rag‘batlantirilishga intilishni, qochish kasbiy va nufuzga intilish motivlariga impulsivlikni kuchayishiga, ijodiy o‘z o‘zini anglash,  ijtimoiy motivlar sekin-asta to‘xtab qolishga kurashishi tuzilishini susaytirganligi  tufayli jazo va rag‘batlantirishga sezgirlik xususiyatlarini o‘quv motiviga ta’siri aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 9-noyabrdagi PM–219-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM–249-f-son ma’lumotnomasi). 
O‘zlashtirishga rag‘batlantirish va jazolashning ta’sirini ifodalanishiga ko‘ra a’lochi talabalarda   o‘quv motivlarini faollashtirish, rag‘batlantirishga moyillikning qoniqarli va qoniqarsiz o‘qiydigan talabalarda esa ijtimoiy motivlar, jazolashga teskari sezgirlik va rag‘batga intilishning ustuvorligi tufayli yetakchi psixologik determinantlar aniqlashtirilganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 9-noyabrdagi PM–219-sonli buyrug‘iga asosan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM–249-f-son ma’lumotnomasi). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish