Yuldasheva Gavxaroy O‘rinboy qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi (Pedagogika fanlari misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8388
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Baxtixon Qo’chqarbayevna pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Namangan davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha DSc Mo‘minova Dilafruz Akbaralievna;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Yakubjanova Dilobar Batirovna.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘laјak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘laјak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini o‘quv jarayonida tahlil qilish, tanqidiy baholash, adaptatsiyalash, muammolarni echish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish, emotsional turg‘unlik hamda metakognitiv, tajribaviy, sotsiomadaniy, refleksiv asoslarni uyg‘unlashtirish asosida aniqlangan;
pedagogika fanlarini o‘qitish va pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirishning pragmatik, tizimli-funksional modeli pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirishda uning komponentlari, ko‘nikmalari, pedagogik shart-sharoitlarini mazmun, shakl, metod va vositalari yordamida tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘laјak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirish metodi individual, jamoaviy, amaliy refleksiv, innovatsion metodlarning izchil bosqichli kompleksini pedagogika fanlari doirasidagi akademik o‘quv jarayonida optimal qo‘llash muhitini yaratish asosida takomillashtirilgan.
bo‘laјak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirish jarayonining samaradorligini aniqlash qiyosiy, tahliliy, chog‘ishtirma, fikrlashga yo‘llash, audio, video, VR texnika va animatsion didaktik vositalarni o‘quv jarayoniga singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘laјak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini o‘quv jarayonida tahlil qilish, tanqidiy baholash, adaptatsiyalash, muammolarni echish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish, emotsional turg‘unlik hamda metakognitiv, tajribaviy, sotsiomadaniy refleksiv asoslarni uyg‘unlashtirish asosida aniqlanganiga oid tavsiyalar O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120 raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25-fevraldagi 218-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv jarayonida tahlil qilish, tanqidiy baholash, adaptatsiyalash, muammolarni echish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
pedagogika fanlarini o‘qitish va pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirishning pragmatik, tizimli-funksional modeli pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirishda uning komponentlari, ko‘nikmalari, pedagogik shart-sharoitlarining mazmun, shakl, metod, vositalarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilganiga oid metodik tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25-fevraldagi 218-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirish uning komponentlari, ko‘nikmalari, pedagogik shart-sharoitlarining mazmun, shakl, metod, vositalaridan foydalanish samaradorligi oshgan;
bo‘laјak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirish metodi individual, jamoaviy, amaliy refleksiv, innovatsion metodlarning izchil bosqichli kompleksini pedagogika fanlari doirasidagi akademik o‘quv jarayonida optimal qo‘llash muhitini yaratish asosida takomillashtirilganiga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25-fevraldagi 218-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogika fanlari doirasidagi akademik o‘quv jarayonida optimal qo‘llash muhitini yaratish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘laјak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni qiyosiy, tahliliy, chog‘ishtirma, fikrlashga yo‘llash, audio, video, VR texnika va animatsion didaktik vositalarni o‘quv jarayoniga singdirish asosida takomillashtirilganiga oid tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25-fevraldagi 218-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda didaktik vositalarni o‘quv jarayoniga singdirish asosida tizimli qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan.