Xolbo‘taev Abdug‘ani Abduraximovichning
yuridik fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “DXX Chegara qo‘shinlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyatini takomillashtirish”, 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Yu264
Ilmiy maslahatchi: Yuldashev Djaxongir Xayitovich yuridik fanlar dοktοri, prοfessοr
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jamoat xavfsizligi universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Tursunov Axtam Salomovich yuridik fanlar doktori, professor; Turg‘unov Oybek Karimovich yuridik fanlar doktori, professor; Ro‘ziev Zafar Raimovich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi DXX Chegara qo‘shinlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari hamda ularga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash zarurati asoslantirilgan;
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining qonuniy talablarini bajarmaganlik va ularning o‘z xizmat burchini bajarishiga qarshilik ko‘rsatganlik uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jazo choralarini kuchaytirish orqali ushbu turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish mumkinligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini qo‘riqlash uchun barpo etilgan (o‘rnatilgan) muhandislik-texnika inshootlari va to‘siqlardan tashqari qo‘riqlashning boshqa texnik vositalarini yo‘q qilganlik yoki ularga shikast etkazganlik bilan bog‘liq g‘ayrihuquqiy qilmishlarni ma’muriy javobgarlik doirasiga kiritish zarurati isbotlangan;
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ularga nisbatan jarima tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llash vakolatini ichki ishlar organlari bilan bir qatorda DXX Chegara qo‘shinlariga ham berish lozimligi asoslantirilgan;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda davlat chegarasini qo‘riqlash sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarni to‘g‘ri malakalash uchun davlat chegarasi rejimi va chegara rejimi buzilishi sifatida baholanadigan tartib va qoidalarning aniq chegarasini qonunchilikda belgilab qo‘yilishi lozimligi isbotlangan;
davlat chegarasini qo‘riqlash sohasidagi huquqbuzarliklarning profilaktikasi, davlat chegarasi va chegara mintaqasida sodir etilgan huquqbuzarliklarni aniqlash borasidagi samarali xalqaro hamkorlikni ta’minlashga chegaradosh davlatlar bilan Hukumatlararo bitimlarni rasmiylashtirish orqali erishish mumkinligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o’z ifodasini topgan:
huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan DXX organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘RQ-832-son Qonunining 1-moddasi ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 19-iyundagi 04/5-10-28-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi davlat chegarasini qo‘riqlash sohasidagi huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari hamda ularga imkon bergan shart-sharoitlarning bartaraf etilishiga xizmat qilgan;
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining qonuniy talablarini bajarmaganlik va ularning o‘z xizmat burchini bajarishiga qarshilik ko‘rsatganlik uchun ma’muriy jazo choralarini kuchaytirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘RQ-832-son Qonunining 1-moddasi uchinchi va to‘rtinchi bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 19-iyundagi 04/5-10-28-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi mazkur turdagi huquqbuzarliklar uchun tayinlanadigan jazo choralarining ta’sirchanligi oshishiga va bunday huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligiga xizmat qilgan;
davlat chegarasini qo‘riqlash uchun barpo etilgan qo‘riqlashning texnik vositalarini yo‘q qilganlik yoki ularga shikast etkazganlik uchun qonun hujjatlarida javobgarlikni belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘RQ-832-son Qonunining 1-moddasi beshinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 19-iyundagi 04/5-10-28-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida davlat chegarasini qo‘riqlash uchun barpo etilgan qo‘riqlashning texnik vositalarini yo‘q qilganlik yoki ularga shikast etkazganlik bilan bog‘liq qilmishlar ma’muriy javobgarlik doirasiga kiritilgan;
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish (MJtKning 225-moddasi) bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini DXX Chegara qo‘shinlariga ham berish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘RQ-832-son Qonunining 1-moddasi sakkizinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 19-iyundagi 04/5-10-28-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari mustahkamlanib, ularning ovoragarchiliklariga chek qo‘yilgan, shuningdek ular tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi ta’minlangan;
davlat chegarasi rejimi va chegara rejimi buzilishi sifatida baholanadigan tartib-qoidalarning qonun hujjati bilan belgilanishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-868-son Qonunining 46, 52-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 28-dekabrdagi 04/5-10-2047-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi davlat chegarasi rejimi va chegara rejimi buzilishini belgilovchi qoidalarning aniq mezonlari ishlab chiqilishiga hamda huquqni qo‘llash amaliyotiga tatbiq etilishiga xizmat qilgan;
davlat chegarasini qo‘riqlash sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish, davlat chegarasi va chegara mintaqasida sodir etilgan huquqbuzarliklarni aniqlashda samarali hamkorlikni tashkillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2024-yil 8-avgustda imzolangan «O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi rejimi to‘g‘risida»gi Bitimning 2-moddasi 7-bandi, 20, 21, 25-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 2024-yil 10-sentyabrdagi 30/6-13391-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan davlat chegarasi va chegara mintaqasida sodir etilgan huquqbuzarliklarni aniqlash va unga qarshi kurash borasidagi hamkorlikning samarali yoʻlga qoʻyilishiga xizmat qilgan.