Xodjimuratova Dilshoda Sunnatillaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Islom inqilobidan keyin Eron siyosiy tizimi evolyusiyasi va transformatsiyasi”, 07.00.03 – Jahon tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tar487.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Nodir Abdulxaevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03 Rasmiy opponentlar:
Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Ziyodov Shovosil Yunusovich, tarix fanlari doktori, professor.
Zohidov Qobiljon Toirjonovich, tarix fanlari doktori, professor v.b.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1979-yilda Eronda amalga oshirilgan islom inqilobidan so‘ng mamlakat siyosiy tizimi shakllanishi, evolyusion rivojlanishi, diniy-siyosiy transformatsiyasi jarayonlarining institutsional va mafkuraviy xususiyatlari hamda amaliy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Eronning diniy-siyosiy tizimi evolyusion rivojlanish jarayonida shakllangan o‘ziga xos teokratik davlat boshqaruv modeli Islom inqilobi posbonlari korpusining institutsional rolini izchil kuchaytirib, XXI asr sharoitida barqaror siyosiy-iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlagani, davlat va jamiyat munosabatlari mexanizmining muloqotga intilish va ijtimoiy konsensusni izlash xususiyatlariga asoslanganligi ilmiy dalillangan.
“Veloyate faqih” konsepsiyasi Eron siyosiy tizimining institutsional negizi sifatida an’anaviy shia doktrinasidan diniy-siyosiy boshqaruv modeliga o‘zgarishi jarayoni, davlat institutlari diniy tizim bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash mexanizmlari teokratik davlatlar siyosiy tizimi transformatsiyasini o‘rganishning institutsional va tarixiy-qiyosiy yondashuvlari mahalliy va xorijiy tadqiqotlarning nazariy xulosalari asosida ko‘rsatib berilgan.
Eronning diniy-siyosiy boshqaruvi Oliy rahbar institutiga tayanishi natijasida ruhoniyatning moliyaviy, iqtisodiy va siyosiy faoliyatni nazorat qilish vakolatlari kengaygani, teokratik tizimning dual xarakteri saylov orqali shakllantiriladigan respublika va diniy-ma’muriy institutlarning parallel faoliyatida namoyon bo‘lishi hamda davlatning diniy-siyosiy tizimi modernizatsiyasiga qaramay teokratik normalar konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlardan ustunligi isbotlangan.
Hokimiyat legitimligi diniy tamoyillar bilan birga, davlat tomonidan olib boriladigan tizimli indoktrinatsiya orqali ta’minlanishi, Eron saylov tizimida demokratik jarayonlar va konservativ nazorat o‘rtasida murakkab munosabat mavjudligi Konstitutsiyani qo‘riqlash kengashi nomzodlarni saralash orqali faqat Oliy rahbarga sodiq shaxslarning saylanishini ta’minlab kelishi ko‘rsatib berilgan.
Islom inqilobini eksport qilish g‘oyasining pragmatik siyosatga transformatsiyasi Eronga xalqaro maydonda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish, mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish, geografik joylashuv omilini qo‘llashga imkoniyat yaratgani Tehronga Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni rivojlantirib, milliy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘p vektorli strategiyani amalga oshirgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eron siyosiy tizimida “islom boshqaruvi” konsepsiyasining mazmun-mohiyati, teokratik davlat tuzumida xalq boshqaruvi mexanizmlari hamda davlat mafkurasi va uning diniy-siyosiy modernizm shakllanishiga ta’sir etgan ijtimoiy-siyosiy omillari hamda ushbu davlat boshqaruvida yuz bergan transformatsiya boshqaruvning teokratik va dunyoviy elementlarini birlashtirishning yangicha mexanizmini vujudga keltirgani borasidagi ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markaziining axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazining 2025-yil 13-martdagi 01/32-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Eronning ichki va tashqi siyosatini belgilashda Oliy rahbarning roli, mamlakatda mavjud siyosiy institutlar va guruhlarning faoliyati borasidagi xulosalarni ilmiy asoslashga, shuningdek, muayyan muammolar bo‘yicha tavsiya va takliflar tayyorlashga xizmat qilgan.
Teokratik boshqaruvning “Veloyate faqih” konsepsiyasi zamonaviy Eron siyosiy tizimining institutsional asosi sifatida an’anaviy shia doktrinasining teokratik boshqaruv modeliga transformatsiya bo‘lib, respublika boshqaruvi institutlarining diniy tizim bilan uyg‘unlashuvini ta’minlagani borasidagi ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 24-martdagi
02-02/02/1/758-sonli dalolatnomasi). Natijada tashqi siyosiy jarayonlarni o‘rganishning axborot-tahlil bazasining takomillashishiga, mazkur sohada olib boriladigan ilmiy-tahliliy ishlarning samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.
Islom inqilobidan keyin Eron siyosiy tizimi “Veloyate faqih” konsepsiyasi ushbu davlat boshqaruvining asosi sifatida markaziy o‘ringa egaligi hamda Eron siyosiy tizimi hokimiyatning ikki xil – teologik (yashirin imom konsepsiyasi) va siyosiy (umumxalq saylovlari) legitimligiga tayanishi borasidagi ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 7-martdagi 02/103-sonli dalolatnomasi). Natijada tashqi siyosiy jarayonlarni o‘rganishning axborot-tahlil bazasining takomillashishiga, mazkur sohada olib boriladigan ilmiy-tahliliy ishlarning samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.
Eron saylov tizimida demokratik protsessual shakllar va konservativ institutsional nazorat o‘rtasida murakkab munosabat mavjudligi, Konstitutsiyani qo‘riqlash kengashi saylovlarda nomzodlarni saralash va siyosiy o‘zgarishlarni nazorat qilish orqali faqat Oliy rahbarga sodiq nomzodlarning saylanishini ta’minlashi, 1989-2005-yillarda parlamentda an’anaviy aristokratik elementlardan ijtimoiy tabaqa vakillariga o‘tish kuzatilgan bo‘lsa-da, konservatorlar institutsional mexanizmlarni saqlab qolishga erishgani borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holda qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarga oid axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 7-martdagi 01-27/109-sonli ma’lumotnomasi). Natijada partiya faoliyatini tizimli tashkil etish, jamiyatda siyosiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, davlat organlari o‘z faoliyatida inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan boshqaruv mexanizmiga tayanish zaruriyati bo‘yicha takliflar tayyorlashga xizmat qilgan.