Asadov Rustam Muminovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tili sodda gap qurilmalarida monovalentli va polivalentli komponentlarning sintaksem tahlili», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil.228.

Ilmiy rahbar: Usmonov O‘ral Usmonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FiI.21.01.

Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sintaktik sathda valentlik nazariyasiga aniqlik kiritib, ingliz tili sodda gap tarkibidagi monovalentli va polivalentli komponentlarni sintaktik aloqalar bazasida yunksion modellar yordamida aniqlash, komponentlarga va sintaksemalarga ajratish hamda ular ifodalagan sintaksemalarni jadvallarda yoritib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

monovalentli va polivalentli komponentlarning sodda gap sintaktik sathidagi o‘rni aniqlangan va bu pozisiyaga ko‘ra ularning boshqa komponentlar bilan sintaktik aloqalari yunksion model yordamida ochib berilgan;

ingliz tili sodda gap qurilmalarida sintaktik sathdagi valentlik tushunchasiga aniqlik kiritilib, sintaktik valentlikni aniqlash tamoyillari ishlab chiqilgan;

sodda gap tarkibida ishtirok etgan sintaktik birliklarning differensial sintaktik-semantik belgilari substansiallik, protsesuallik, kvalifikativlik kabi kategorial va nokategorial belgilar asosida gaplarning sintaksem tarkibini ochib berish orqali aniqlangan;

sodda gap tarkibida monovalentli va polivalentli komponentlarning sintaktik o‘rniga ko‘ra ifodalagan sintaksemalarining har biri sintaktik sathda alohida til materiali sifatida tadqiqot ob’ekti bo‘lishi mumkinligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ingliz tili sodda gap qurilmalarida monovalentli va polivalentli komponentlarni sintaksem tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:

ingliz tili sodda gap qurilmalarini modellashtirish va sintaksemalarga ajratib tahlil qilish usullaridan olingan natijalaridan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 fevraldagi 89-03-633-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish mazkur loyiha doirasida nashr etilgan «Struktur sintaksis asoslari» monografiyasida sintaktik birliklarning kategorial va nokategorial belgilarini aniqlashga xizmat qilgan;

sintaktik valentlikni aniqlashda qo‘llanilgan yunksion va komponent modellardan QAPD 530786-TEMPUS-1-2012-1-NL-TEMPUS-SMHES raqamli TuCAHEA – «Markaziy Osiyo oliy ta’lim kengligini yaratish yo‘lida struktural adaptatsiya va ta’lim sifatini oshirish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 fevraldagi 89-03-633-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv dasturlar yaratishga xizmat qilgan;

tadqiqotda ishlab chiqilgan kategorial va nokategorial belgilar va sintaksemalardan olingan natijalardan O‘zbekiston Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2010-2012 yillarda amalga oshirilgan USDA CRDF UZB-2-31021-TA-09 raqamli «Identifikatsiya vozbuditeley pasterellyoza krupnogo rogatogo skota, sozdanie vaksini protiv pasterellyoza i ispitanie eyo effektivnosti v usloviyax proizvodstva» nomli xorijiy grantida hamda 2015-2017 yillarda olib borilgan KOIKA Uzbekistan project «Hayvonlar va odamlarda exinokokkoz kasalligining oldini olish va qarshi kurashish» mavzusidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat veterinariya qo‘mitasining 2018 yil, 26 martdagi 02/13-260-son ma’lumotnomasi). Natijada rasmiy va norasmiy matnlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishda to‘liq muqobillikka erishishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish