Abdumadjidova Dildora Raxmatullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport yutuqlariga erishishning samaradorligini oshirishda sportchilarning psixologik tayyorgarligi mexanizmlarini ishlab chiqish”, 19.00.04 – «Tibbiy psixologiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/R54.
Ilmiy maslahatchi: Soliev A’zamjon Baxodirovich, biologiya fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nishonova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor; Farfieva Kamola Atxamdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: sportchilar faoliyatida psixologik tayyorgarlikning nazariy-metodologik va empirik jihatdan asoslash hamda sport yutuqlariga erishish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport takomillashuvi bosqichidagi sportchilarning musobaqa oldi va o‘tish davri samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan sxema yordamida sportchining psixologik holatini nazorat qilish jarayonini turli bosqichlarida oqilona qo‘llash orqali sportchilarni musobaqalarga tayyorlash jarayonidagi psixologik barqarorligi hamda jismoniy tayyorgarligi takomillashtirilgan;
psixodiagnostika usullarining individual-psixologik xususiyatlariga qarab tanlash asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulot jarayonida psixologik tayyorgarlikni oshiruvchi, musobaqa jarayonida psixologik tayyorgarlikni boshqarish kabi usullarni o‘zida mujassam etuvchi “Psixologik tayyorgarlikning qo‘llab-quvvatlash” nomli model` yordamida sportchilarda musobaqa jarayonida kechadigan frustratsiya, regidlik va havotirlanish kabi holatlaridan sportchilarni olib chiqish samaradorligi oshirilgan;
sportchilarda psixologik texnikalarni qo‘llash yordamida o‘z psixik holatini boshqarishda ideomotor trenirovka, autoregulyasiya va geteroregulyasiyadan foydalanish orqali apatiya holatidan chiqish, harakatlarni faollashtirish hamda hissiy barqarorlikni shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sport faoliyatida psixotexnologiyalarning ahamiyati va psixodiagnostika usullaridan foydalanishning samaradorligini psixologik konsul`tatsiya va psixologik trening dasturining umumlashtirilgan vosita va usullari ketma-ketligini ifoda etuvchi sxema yordamida psixokorreksiya usullariningni tizimli qo‘llash samaradorligi oshirilgan;
sportchini musobaqa oldi hamda musobaqa jarayonida psixologik va pedagogik yondoshuvni takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan konstruktiv ta’sir etadigan psixologik tayyorgarlikning umumiy va maxsus kompleks shakli hamda psixologik tayyorgarlikni korreksiyalash orqali musobaqa jarayonida o‘z-o‘zini boshqara olish qobiliyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
sportchilarni psixologik tayyorgarligi samaradorligiga ta’sir qiluvchi psixologik vositalar va usullarni qo‘llash yordamida sport faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik treninglardan foydalanish, sportchilarni tayyorlashda ishlatiladigan asosiy psixoregulyasiya usullari haqida murabbiy va sportchilarga ta’limiy ma’lumotlarni berish hamda individual psixologik konsul`tatsiyalar olib borish orqali emotsional holatlar, kognitiv jarayonlar psixokorreksiyasi, maqsadlarni tizimlashtirishni to‘g‘ri yo‘naltirish va shaxslararo munosabatlarda jipslashishga doir ilmiy takliflar Nizomiy nomidagi TDPUhuzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-305-sonli buyrug‘iga asosan “Tibbiy psixologiya” va “Psixogigiena” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-305-sonli sonli ma’lumotnomasi). Natijada, psixologik tayyorgarlikni oshiruvchi metodlarni ishlab chiqish, sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda to‘g‘ri usul va vositalarni tanlash hamda ularni maqsadli qo‘llash tomonlarini tahlil qilish va ilmiy-amaliy jihatdan talqin qilishga yordam bergan;
zamonaviy professional sportda oliy yutuqlarga jismoniy, taktik, texnik tayyorgarlik bilan birgalikda psixologik tayyorgarlikning metodlaridan foydalanish sportchining kelajakdagi musobaqalarda ishtirok etishi uchun qo‘shimcha zahiralarini ochishga yordam berishi sifatida aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatida tatbiq qilingan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2024 yil 16 oktyabr` 87-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sportchining psixomotor qobiliyatlari, shaxsiy-individual xususiyatlari, motivlari, irodaviy sifatlar, emotsional xususiyatlari bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarning kengayishiga sharoit yaratgan;
sportchilarni psixologik tayyorgarligini oshirish uchun olib borilgan emotsional, motivatsion-irodaviy, psixologik salomatlik xususiyatlarni aniqlash ko‘rsatkichlari ularda psixologik, taktik va texnik tayyorgarlikka ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti “Taekvondo va sport faoliyati” fakul`tetining sportchilari va murabbiylari sport faoliyatida tadbiq qilingan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti “Taekvondo va sport faoliyati” fakul`tetining sportchilari va murabbiylari sport faoliyatida tadbiq qilingan 2024 yil 22 oktyabr` 59-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sportchining diqqat-e’tibori o‘z xatti-harakatlarini texnik jihatdan to‘g‘ri bajarishga qaratilishi, psixoemotsional holati va irodaviy xususiyatlarini rivojlantirish sportchida psixologik bilim-ko‘nikmalar psixologik tayorgarlikni samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
sportchilarda psixologik tayyorgarlikni psixodiagnostika usullarining sportchi individual-psixologik xususiyatlariga qarab tanlash orqali mashg‘ulot va musobaqa jarayonida psixologik tayyorgarlikning qo‘llab-quvvatlashga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi sportchilari va murabbiylari sport faoliyatida tadbiq qilingan (O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasining 2024 yil 15 oktyabr` 44-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilar guruhida psixologik konsul`tatsiya va psixologik trening dasturining umumlashtirilgan psixokorreksiya usullarini amaliyotda qo‘llash imkoni kengaytirilgan;
umumiy sport tayyorgarligining muhim omili sifatida sportchilar hamda murabbiylar sport psixologik tayyorgarlikni oshirishga yo‘naltirilgan muayyan sportchi psixikasiga ta’sir etuvchi maqsadli metodlardan foydalanish orqali, sport turiga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniq vositalar asosida shakllantirish, psixologik tayyorlash jarayoni ishtirokchilarining faoliyatiga ijodiy yondoshuvi sportchining salohiyati hamda yuqori darajadagi yutuqlarining davomiyligini saqlab qolishga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasi sportchilari va murabbiylari sport faoliyatida tadbiq qilingan (O‘zbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasining 2024 yil 21 oktyabr` 29- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilar jamoasini jipslashish va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining samaradorligini oshirishga yordam bergan.