Nodirov Bekzod Holiqjon o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali futbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7981.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Nurillaeva Nargiza Muxtorxonovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali futbolchi qizlarning sikllardagi tayyorgarlik turlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori malakali futbolchi qizlarning biologik ritmini e’tiborga olib, yurak qisqarish soni va tahlillari bo‘yicha mashqlar majmuasini transfarmatsiyalash hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini samarali rejalashtirish hisobiga sportchilarning maxsus tayyorgarligini oshirish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
futbolchi qizlarning regulyar sikl davrini operativ baholash maqsadida kichik shiddatda bajariladigan mashqlar kompleksi tabaqalashtirilish hisobiga sportchilarni yuqori sport formasini saqlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
yuqori malakali futbolchi qizlarning musobaqa faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida biologik gormonal o‘zgarishlarini hisobga olgan holda mushaklardagi spazm, charchoqqa va funksional muammolarini bartaraf qilishga qaratilgan mashqlar shiddati, xajmini ratsion taqsimlash orqali musobaqa oldi tayyorgarlik jarayonlari samaradorligi oshirilgan;
malakali futbolchi qizlarning reproduktiv jarayonini faol bosqichidan keyingi fazalarini inobatga olgan holda jismoniy imkoniyatlariga mos ravishda yuqori intensivdagi mashqlar saralab olinib, mashg‘ulot boshida va asosiy qismidagi streching takrorlanish xususiyatlarini optimallashtirilish natijasida, kalendar rejadagi musobaqalarga tayyorgarlik darajasi oshirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. yuqori malakali futbolchi qizlarning sikllardagi tayyorgarlik turlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda o‘tkazilgan tajribalar asosida:
yuqori malakali futbolchi qizlarning biologik ritmini e’tiborga olib, yurak qisqarish soni va tahlillari bo‘yicha mashqlar majmuasini transfarmatsiyalash hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini samarali rejalashtirish bo‘yicha takliflar “Malakali futbolchi qizlarning O‘zbekiston terma jamoasiga saralash tizimi bo‘yicha” EHM nomli dastur mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-01/04/20/13203-son ma’lumotnomasi). Natijada, tezkorlik sifati 10,12% ga, chaqqonlik sifati 11,17% ga, va chidamlilik sifati esa 12,17% ga yaxshilangan;
futbolchi qizlarning regulyar sikl davrini operativ baholash maqsadida kichik shiddatda bajariladigan mashqlar kompleksi tabaqalashtirilish bo‘yicha takliflar Lokomativ-W va Navbahor-W jamoasining mashgʻulot yigʻinlarini tashkil qilishda tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-01/04/20/13203-son ma’lumotnomasi). Natijada, futbolchilarining jismoniy sifat ko‘rsatkichlari kuch sifati 10,16% ga, portlovchi-kuch sifati 14,12%ga oshgan;
yuqori malakali futbolchi qizlarning musobaqa faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida biologik gormonal o‘zgarishlarini hisobga olgan holda mushaklardagi spazm, charchoqqa va funksional muammolarini bartaraf qilishga qaratilgan mashqlar shiddati, xajmini ratsion taqsimlash bo‘yicha tavsiyalar Farg‘ona women klubi futbolchi qizlarining mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-01/04/20/13203-son ma’lumotnomasi). Natijada, futbolchi qizlarning koordinatsiya harakati 16,11% ga, kuch sifati esa 14,13% ga oshirishga imkon bergan;
malakali futbolchi qizlarning reproduktiv jarayonini faol bosqichidan keyingi fazalarini inobatga olgan holda jismoniy imkoniyatlariga mos ravishda yuqori intensivdagi mashqlar saralab olinib, mashg‘ulot boshida va asosiy qismidagi streching takrorlanish xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar Lokomativ-W jamoasining mashgʻulot jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-01/04/20/13203-son ma’lumotnomasi). Natijada, futbolchi qizlarni tezkor-kuch sifati 13,10% ga yaxshilangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish