Tursunova Malika Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (tarbiya fani misolida), 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.3.PhD/Ped8316.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ruziqulova Nigora Shuxratovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Azizova Qizlarxon Mashrabovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsaf doktori 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari tasavvurlarni izchillik, mobillik, kasbga yo‘naltirilganlik, uzviylik, uzlyuksizlik tamoyillariga mos yangilash, ta’lim berish jarayonini uzlyuksiz modellashtirish hamda ta’lim jarayonlarining obektiv va subektiv omillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan. 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli motivatsion, kognitiv-xulqiy, hissiy-ixtiyoriy, refleksiv komponentalarini hamda baholash topshiriqlar va nazorat, baholashga doir pedagogik shart-sharoitlarni rivojlanish bosqichlariga muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasi talabalardagi bilimlarni o‘zlashtirish darajasini har bir talaba uchun individual vaqt, metod va o‘zlashtirish imkoniyatlariga moslashtirish, differensial va profil o‘qitish variantlarini hamda bilim, ko‘nikmaga erishish vazifasiga adekvat uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarning rivojlanganlik samaradorligi kognitiv, motivatsion, faoliyatli, ijodiy umummadaniy, kommunikativ, ijtimoiy, refleksiv omillarni uyg‘unlashtirish hamda motivatsion, kognitiv-xulqiy, hissiy-irodaviy, refleksiv baholash bosqichlarini funksional yaxlitligini boskichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari tasavvurlarni izchillik, mobillik, kasbga yo‘naltirilganlik, uzviylik, uzlyuksizlik tamoyillariga mos yangilash hamda ta’lim berish jarayonini modellashtirish, yuksak darajadagi pedagogik mahorat orqali ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalanishning obektiv va subektiv omillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining  2025-yil 24-yanvardagi 11-05-439/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish komponentlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli motivatsion, kognitiv-xulqiy, hissiy-ixtiyoriy, refleksiv-baholashdan iborat tarkibiy tuzilmani kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning moddiy-texnik ta’minotini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy ta’minotni mazmunan rivojlantirish, topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, nazorat, baholashga doir pedagogik shart-sharoitlarga muvofiqlashtirish orqali takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining  2025-yil 24-yanvardagi 11-05-439/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga doir innovatsion ta’lim texnologiyalari va uni amalga oshirish metodikasi talabalardagi bilimni o‘zlashtirish darajasini har bir talaba uchun individual vaqt, metod va o‘zlashtirish shakli sharoitida differensial va profil o‘qitish variantlarini yagona belgilangan darajadagi bilim, o‘quv va malakaga erishish vazifasiga intensiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining  2025-yil 24-yanvardagi 11-05-439/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning innovatsion ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish ko‘lami kengaytirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarning rivojlanganligi kognitiv, motivatsion, faoliyatli, ijodiy mezonlarni kasbiy kompetensiyalarning axborotlar bilan ishlash, umummadaniy, kommunikativ, ijtimoiy, refleksiv, maxsus turlari hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning motivatsion, kognitiv-xulqiy, hissiy-irodaviy, refleksiv baholash bosqichlariga funksional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar asosida Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining  2025-yil 24-yanvardagi 11-05-439/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarining rivojlanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ilmiy-pedagogik jihatdan aniqlash imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish