Gulamov Olimjon Mirzaxitovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy va tarqalgan qizilo‘ngach saratoni bilan xastalangan bemorlarda xirurgik taktika va hayot davomiyligini taxminlash omillari», 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2017.3.DSc/Tib240
Ilmiy maslahatchi: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Davidov Mixail Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DT
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DT va Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Bayramov Ramiz Baxtiyar ogli, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbekov Abror Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi «N.N. Petrov nomidagi Onkologiya milliy tibbiyot tadqiqot markazi» FDBM
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:davolash-tashxislash taktikasini standartlashtirish, yashab qolish va hayot sifati omillarini baholash orqali mahalliy tarqalgan va yoyilgan qizilo‘ngach saratoni bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning uzoq natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy tarqalgan qizilo‘ngach saratonida ezofagoanastomozni shakllantirish usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, u birlashtirilayotgan a’zolarning qon bilan ta’minlanishini kuchaytirib, operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishi aniqlangan;
mahalliy tarqalgan va yoyilgan qizilo‘ngach saratoni bo‘lgan bemorlar yashab qolish prognozi omillari stratifikatsiya qilingan;
mahalliy tarqalgan qizilo‘ngach saratoni bo‘lgan bemorlarda ikki zonali limfodisseksiyani bajargan holda operatsiya qilish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
ichki limfodisseksiya limfatik kollektorlarni, jumladan, paratraxeal, traxeobronxeal, bifurkatsion, paraezofageal va paraaortal limfa tugunlarni plevra bo‘shlig‘i qubbasidan diafragmagacha olib tashlashni o‘z ichiga olinishi isbotlangan;
mahalliy tarqalgan qizilo‘ngach saratoni bo‘lgan bemorlarda taloq, umumiy jigar arteriyalari va qorin ichi tarmog‘idagi qorin bo‘shlig‘i yuqori qavatidagi limfa kollektorlarining qorin ichi limfodisseksiyasini bajarishdagi ahamiyati aniqlangan;
qizilo‘ngach saratonining rezeksiya qilib bo‘lmaydigan va yoyilgan bosqichlarini palliativ davolashda endoskopik aralashuvlarni (diatermotunnellash va stentlash) bajarish ahamiyati aniqlashtirilgan;
EORTC-QLQ-30 so‘rovnomasi va qizilo‘ngach saratoniga xos OES-24 modulini birgalikda qo‘llash orqali operatsiya qilingan bemorlarning hayot sifati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
QS bo‘lgan bemorlarga yuqori texnologik jarrohlik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Qizilo‘ngach anastomozini shakllantirish usuli» ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 03944-son patent, 2009 yil). Mahalliy tarqalgan qizilo‘ngach saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolashda yangi usulni joriy etish birlashuv joyidagi oqilona qon aylanishini ta’minlash va operatsiyadan keyingi o‘ziga xos asoratlarrivojlanishi ehtimolini qisqartirish imkonini bergan;
«Mahalliy tarqalgan va yoyilgan qizilo‘ngach saratoni bo‘lgan bemorlar uchun jarrohlik taktikasini tanlash metodologiyasi» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 oktyabrdagi 8 n-d/214-son ma’lumotnomasi). Davolash dasturini joriy etish yaqin muddatlarda o‘ziga xos asoratlar miqdorini 39,2% dan 14,8% gacha qisqartirish va shunga mos ravishda o‘lim ko‘rsatkichini 17,5% dan 6,8% ga kamaytirish imkonini bergan;
qizilo‘ngach saratoni bo‘lgan bemorlarga yuqori texnologik jarrohlik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon v Toshkent viloyatlari filiallari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 oktyabrdagi 8 n-d/214-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Taklif etilgan kompleks davolash usulini QS bo‘lgan bemorlarda qo‘llash uzoq va yaqin natijalarini yaxshilash va ko‘rsatiladigan yordam sifatining ijobiy darajasini 50,0% dan 78,6%gacha ko‘tarish imkonini bergan.