Alimov Shuxrat Ikramovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kislorod tarkibli qo‘shimchalardan foydalanib benzinli avtomobilning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4004 
Ilmiy rahbar: Bazarov Baxtiyor Imomovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor; Pulatov Tohirjon Rustambekovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi benzinga kislorod tarkibli qo‘shimchalar qo‘shib avtomobilning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki yonuv dvigatelining issiqlik hisobidagi havoning ortiqlik koeffisienti o‘zgarishini hisobga olib analitik usul bilan kislorod tarkibli qo‘shimchalar qo‘shilgan benzinda ishlaydigan engil avtomobilning ekspluatatsion (energo-ekologik) ko‘rsatkichlarini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
eksperimental statistik ma’lumotlar yordamida kislorod tarkibli turli spirtlar va efirlar qo‘shilgan benzinda ishlaydigan engil avtomobilning eksperimental (poligon) tadqiqot uslubiyoti dinamik va yonilg‘i tejamkorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash yuzasidan takomillashtirilgan;
benzinga spirtlar va efirlar qo‘shilganligini hisobga olib, grafoanalitik usulda yonilg‘i tarkibidagi vodorod va uglerod nisbatning (H/C) karbonat angidrid tashlanma gaziga bog‘liqlik hususiyati  aniqlangan;
eksperimental usullar yordamida kislorod tarkibli turli spirtlar va efirlar qo‘shilgan benzin aralashmasi komponentlarining quyi harorat turg‘unligidagi chegaraviy miqdorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kislorod tarkibli qo‘shimchalardan foydalanib benzinli engil avtomobillarning ekspluatatsion ko‘rsatgichlarini, energetik va ekologik ko‘rsatkichlarini yaxshilash ilmiy tadqiqoti b’yicha olingan natijalar asosida:
kislorod tarkibli turli spirtlar va efirlar qo‘shilgan benzinda ishlaydigan engil avtomobilning ekspluatatsion ko‘rsatgichlarini hisoblash usuli Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024 yil 26 noyabrdagi № 03-03/3-11623-son ma’lumotnomasi). Natijada yonilg‘ining sifati yaxshilandi, hamda ichki yonuv dvigatelida yonilg‘i to‘la yonishi uchun kerak bo‘ladigan havo miqdorini 8,62% gacha kamaytirishga erishilgan; 
kislorod tarkibli turli spirtlar va efirlar qo‘shilgan benzinda ishlaydigan engil avtomobilning eksperimental (poligon) tadqiqot usulubiyoti Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024 yil 26 noyabrdagi № 03-03/3-11623-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu usulubiyot bu turdagi tadqiqotlar uchun etalon vazifasini ham bajaradi, hamda kutilayotgan natijalarni prognozlash orqali qimmat eksperimental tadqiqot uchun harajatlarni kamaytirish imkonini bergan;
kislorod tarkibli benzin yonilg‘isidagi vodorod va uglerod (H/C) nisbatning karbonat angidrid gazi tashlanmasiga bog‘liqligi Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024 yil 26 noyabrdagi № 03-03/3-11623-son ma’lumotnomasi). Natijada kislorod tarkibli benzinning amaldagi ekologik standart K4 va undan yuqori sinflarga mos keladigan benzin yonilg‘isini olishga erishilgan; 
kislorod tarkibli turli spirtlar va efirlar qo‘shilgan benzin aralashmasi Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024 yil 26 noyabrdagi № 03-03/3-11623-son ma’lumotnomasi). Natijada kislorod tarkibli benzinning xiralashish harorati +5º C dan −25 º C gacha turg‘unligi yaxshilanganligi ushbu benzinning 29,5 % tashkil qiluvchi qo‘shimchalarni olinadigan qayta tiklanuvchi biomassalardan oqilona foydalanish imkonini bergan; 

Yangiliklarga obuna bo‘lish