Hojiev Azizjon Xolmurodovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushqoq-elastik yarim tekislikdagi  silindrik qobiqda sirt  to‘lqinlarining yuklanishi  (Nagrujeniya poverxnostnix voln na silindricheskoy obolochke naxodyashheysya v vyazkouprugoy poluploskosti)”, 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5207
Ilmiy rahbar: Boltaev Zafar Ixtiyorovich, fizika- matematika fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash  asosida tashkil qilingan bir martalik ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: Mavlanov To‘lqin Mavlanovich – texnika fanlari doktori, professor. Usmonov Botir Shukurillaevich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat texnika universiteti tavsiya etilsin
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi – qovuqshoq-elastik yarim fazoda  joylashgan silindrik qobiqda  sirt  to‘lqinlari yuklanishi masalasining matematik qo‘yilishi, echish metodikasi va algoritmlarini ishlab chiqishdan hamda sonli natijalar olib tahlil qilishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovushqoq-elastik yarim fazoda joylashgan silindrik qobiqqa sirt (Reley) to‘lqini va uni silindrik inshootlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlarning intensiv bo‘lishi samarasi topilgan. 
qovushqoq-elastik silindrik qobiqqa sirt to‘lqin yuklanishi natijasidagi kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatiga ko‘milish chuqurligining ta’siri tushuvchi to‘lqinning uzunligiga bog‘liqligi va chuqurlik oshishi bilan ko‘chishlarning eksponensial ravishda kamayib borishi topilgan; 
qovushqoq-elastik yarim tekislikdagi silindrik qobiqda garmonik davriy kuch ta’sirida tarqalgan to‘lqin natijasida hosil bo‘ladigan dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatining ko‘milish chuqurligi, majburiy kuch chastotasi va garmonik kuch amplitudasiga bog‘liqligi aniqlangan;
silindrik qobiqning kontur kuchlanganliklari uzun toʼlqinlar sohasida, qisqa to‘lqinlar sohasiga qaraganda 20% gacha ko‘p bo‘lishi to‘lqin dinamikasi usullariga asoslanib topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi qovushqoq-elastik yarim tekislikdagi  silindrik qobiqda sirt to‘lqinlarning yuklanishi holatini hisoblash usullari va algoritmi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
disserasiyada ishlab chiqilgan to‘lqin funksiyasining xos formalar bo‘yicha yoyish usulidan Buxoro muhandislik–texnologiya institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F-4-14 raqamli “Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurning tashqi kuchlari ta’siridagi kuchlanish-deformatsiyalar holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2025-yil 6-yanvardagi № 1-1-01/04-70-son ma’lumotnomasi). Natijada qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompazit sayyoz ko‘milgan quvurlar liniyasining ta’sir omillari formalarini aniqlashga imkon bergan;
birinchi tartibli bir jinsli xususiy hosilali differensial tenglamalarni echish metodikasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutda 2016-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalinilgan (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2024 yil 27- avgustdagi № 1/01-2247-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qovushqoq-elastik silindrik qobiqqa hajmiy  to‘lqin yuklanishidagi kuchlanish-deformatsiya holatini va so‘nishini xarakterlovchi dispersion munosabatlar aniqlangan;
dissertatsiyada aniqlangan  R to‘lqinni er sirtida ta’siri natijasida, silindrik qobiqdagi o‘q bo‘yicha siljish va egilish kuchlanishi   oralig‘da o‘zining eng katta qiymatiga erishish samarasidan hamda inshootlarning tutash muhandislik quvurlarining seysmik bardoshliligini ta’minlash usullaridan “Uzjamoaloyiha” va “Qurilishloyiha” MChJlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Seysmik xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘limining 2024-yil 10-dekabrdagi №25/1-1114-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rezonans hodisasi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sohalarni oldindan aniqlash darajasi 20% gacha oshgan va materiallar reologik parametrlarini tanlash hisobidan konstruksiyalarning engil, tejamkor va xizmat qilish bardavomligini 30% gacha  oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish